8-mavzu: Hakamlik sudlari. Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar. Hakamlik muhokamasi taraflari. Reja


Download 18.92 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi18.92 Kb.
#1643956
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu Hakamlik sudlari. Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar. Hakamlik muhokamasi taraflari.


8-MAVZU: Hakamlik sudlari. Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar. Hakamlik muhokamasi taraflari.
Reja:
1. Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar tushunchasi va turlari
2. Hakamlik muhokamasi taraflari
3. Nizolar hal etilayotganda va hal qiluv qarorlari qabul qilinayotganda hakamlik sudi tomonidan qo‘llaniladigan normalar


Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Shoraxmetov Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga sharhlar. – Toshkent: TDYUI, 2010.
2. Sh.Ro‘zinazarov, M.Mamasiddiqov, Sh.Masadikov. Hakamlik muhokamasi haqida nimalarni bilish kerak? Amaliy qo‘llanma. infoCOM.uz MCHJ nashriyoti. Toshkent, 2010.
3. Treteyskie sudы v Uzbekistane: analiz i tendensii razvitiya. Nauchno-prakticheskoe posobie. / Otv. red. Asyanov Sh.M. – T.: Shark, 2004. – 608 s.
4. O‘zbekiston Respublikasining "Hakamlik sudlari to‘g‘risida"gi Qonuniga sharh.
5. Inoyatova S.F. Protsessualnыe mexanizmы otmenы i vыdachi ispolnitelnыx listov na prinuditelnoe ispolnenie resheniy treteyskix sudov. Monografiya. –Toshkent: De-Haus-Print, 2011.
6. Sh.M.Masadikov. Problemы pravovogo regulirovaniya mediatsii. Monografiya. – Tashkent: TGYuU, 2014. – 150 s.
7. Sh.M.Masadikov. Mediatsiya-alternativnыy sposob razresheniya grajdansko-pravovыx sporov. Uchebnoe posobie. – Tashkent: TDYuI, 2010. – 100 s.
8. M.M.Mamasiddiqov, Sh.M.Masadikov, D.Y.Xabibullayev N.A.Azizov, I.M.Salimova Hakamlik muhokamasi (o‘quv qo‘llanma) TOSHKENT – 2018
9. Nizolarni xal qilishning mukobil usullari / O‘quv qo‘llanma. Yuridik fanlari buyicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. I.M.Salimova. - Toshkent. TDYuU, 2022. - 208 bet.


1-§. Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar tushunchasi va turlari
Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar deganda bevosita hakamlik sudlari tomonidan hal etilishi mumkin bo‘lgan, qonun bilan ularning vakolat doirasida hal etiladigan nizolar tushuniladi.
Hakamlik sudlari vakolatida fuqarolik va iqtisodiy nizolarini hal etish belgilangan.
Hakamlik sudlari ma’muriy, oila va mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolarni hal etmaydi.
Jumladan, oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan quyidagi nizolar hakamlik sudlari tomonidan hal etilishi mumkin emas:
 aliment undirish to‘g‘risidagi ishlar;
 nikohning tugatilishi bilan bog‘liq ishlar;
 nikohni haqiqiy emas deb topish;
ota-onalik huquqini cheklash, mahrum qilish va tiklash to‘g‘risidagi ishlar;
 nikoh shartnomasidan kelib chiqadigan nizolar;
farzandlikka olish;
 qon-qarindoshlik, bolalarning nasl-nasabini belgilash bilan bog‘liq nizolar.
Shuningdek, mehnat nizolari hakamlik sudlari tomonidan hal etilishi mumkin emas. Mehnat nizolari mehnat nizolari komissiyalari yoki sud tomonidan ko‘rib hal etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 269-moddasiga asosan quyidagi mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rilishi lozim:

Download 18.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling