1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar


-bob. Professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlariga oid talablar


Download 30.02 Kb.
bet8/14
Sana19.03.2023
Hajmi30.02 Kb.
#1283830
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
d53846358028cf20796c97b7a18026a7

6-bob. Professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlariga oid talablar
18-modda. Professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlari
Professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlari milliy qadriyat va an’analar, yagona jamoaviy muhit, o‘zaro hurmat va e’tibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga asoslanishi lozim.
Professor-o‘qituvchi, mustaqil izlanuvchi, xodim, talaba va doktorantlarning o‘zaro munosabatlarida inson qadr-qimmatrga hurmatsizlik, shaxsiyatni kamsitish, o‘zganing intellektual mulkini ozlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish qat’iyan man etiladi.
Professor-o‘qituvchi, xodimlar tomonidan talabalarga nisbatan o‘quv va tarbiya jarayonidagi yuqori talabchanlik ularning shaxsini hurmat qilish bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak.
19-modda. Professor-o‘qituvchi, xodim, mustaqil izlanuvchi, doktorantlar vatalabalarning auditoriyadagi va undan tashqaridagi ozaro munosabatlari
Professor-o‘qituvchi, xodim auditoriyaga kirganida, barcha talabalar o‘rinlaridan turib hurmatlarini bildirgan holda kutib olishlari, so‘ngra professor-o‘qituvchi, xodim salomlashib, o‘tirishga ruxsat bergach, o‘z joylarini egallashlari kerak.
Professor-o‘qituvchi, xodim darsini tugatib, auditoriyadan chiqib ketayotganda ham talabalar o‘rinlaridan turib, kuzatib qo‘yishlari lozim. Pedagog xodimlar o‘quv jarayoni va boshqa holatlarda ham talabalarning shaxsini hurmat qilishi, ular bilan munosabatda ochiqlik va xayrixohlik tamoyillariga amal qilish, talabalarga ta’lim berish jarayonida o‘z vazifalarini beg‘araz amalga oshirishi, talabaga munosabatda ularni kamsitish, qo‘pol so‘z ishlatish, o‘zini yuqori tutish va tanish bilishchilik kabi yondashuv shakllarini mutlaqo qo‘llamaslik, ularga nisbatan doimo haqqoniy munosabatda va xolis bo‘lishlari shart. Professor-o‘qituvchi, xodimlar talabalarga ularni qiziqtirgan fan yoki o‘quv kursiga oid masalalar yuzasidan dars jarayonidan tashqari vaqtlarda bergan savollariga ham axloq me’yorlariga amal qilgan holda javob qaytarishlari va ularni fanga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqlarini oshirish choralarini ko‘rishlari zarur.

Download 30.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling