1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish boʻyicha takliflar kiritish tashabbusi
Download 44.12 Kb.
|
investitsiya
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish boʻyicha takliflar kiritish tashabbusi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish boʻyicha taklif kiritish tashabbusi chet ellik investor tomonidan mustaqil ravishda yoki davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish uchun chet ellik investor mustaqil ravishda yoki loyihaning tegishli tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organiga yoki uning tasarrufidagi chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi tashkilotga quyidagilarni taqdim etadi: investitsiya shartnomasini tuzish va investitsiya faoliyati obyektiga investitsiyalarni amalga oshirish maqsadi, shuningdek investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha mavjud tajriba (agar mavjud boʻlsa) toʻgʻrisidagi axborot koʻrsatilgan ariza; investitsiya shartnomasining loyihasi; vakolatli organlarda qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ekspertizadan oʻtgan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) asosida bajarilgan biznes-reja loyihasi. Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi yoki uning tasarrufidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ijobiy xulosasi yakunlariga koʻra investitsiya shartnomasi chet ellik investor va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi orqali yozma shaklda tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan imzolangan investitsiya shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ushbu shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran, agar ushbu qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kuchga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomalari ijrosining monitoringi hamda nazoratini investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi amalga oshiradi. Download 44.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling