45-modda. Chet el investitsiyalari boʻyicha davlatning majburiyatlari
Davlat faqat chet ellik investorlar bilan tuzilgan, vakolatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan shaxslar tomonidan imzolangan tegishli shartnomalarda oʻz zimmasiga olgan majburiyatlar yuzasidangina javobgar boʻladi.
Davlat chet el investitsiyalarini jalb etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, bundan ushbu majburiyatlar davlat tomonidan kafolatlangan hollar mustasno.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, banklar tomonidan chet ellik investorlarning va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha talablar
va cheklovlar belgilash taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |