1-bob. YaRimo’tkazgichlar va ular asosidagi quyoSh fotoelementlari to’G’risida umumiy tushunchalar
Download 0.81 Mb.
|
portal.guldu.uz-YaRIMO’TKAZGIChLI FOTOELEMENTLARDAN MUQOBIL ENERGIYa MANBALARI SIFATIDA FOYDALANISh
Rasm 2. Yarimo’tkazgichli ayrim materiallar uchun yutilish ko’rsatkichining foton energiyasiga bog’liqligi.. 1- Si, 2-CdTe, 3-GaAs, 4-InP.
Materialning yutilish koeffitsienti α yutilish ko’rsatkichi K bilan α q 4πKG’λ munosabat orqali bog’langan. Shunday qilib, ma’lum va aniq qalinlikka ega bulgan YaO’ material namunalaridan O’taetgan optik nurlanish intensivligini O’zgartirib K va λ ning shu modda uchun qiymatlarini topish mumkin. Quyosh elementlari tayyorlanadigan ayrim YaO’ materiallar uchun 2-rasmda α ning energiyaga bog’liq holda o’garishi keltirilgan. Rasmdan kO’rinadiki, yutilish kO’rsatkichi α ning spektral xarakteristikasi keltirilgan YaO’ materiallarda bir-biridan katta farq qiladi va bu farq asosan ularning sohali tuzilmasi va optik O’tishlar xarakteriga bog’likdir. GaAs, InP, CdTe YaO’ materiallarda tO’g’ridan-tO’g’ri soha-soha xarakterdagi optik O’tishlar mavjud bo’lib, nurlanish spektrida Eg dan ortiq energiyali fotonlar paydo bo’lishi bilan α tezda 104 – 105 smˉ¹ darajasiga kO’tariladi. Kremniy materialida esa yutilish jarayoni 1,1 eV dan boshlab tug’ri bo’lmagan energetik O’tishlar orqali bo’ladi va buning uchun xam yorug’lik kvanti, hamda panjara tebranishlari kvanti-fononlar ishtiroki talab qilinadi. Shuning uchun, yutilish kursatkichi α asta-sekin ortib boradi. Faqat fotonlar energiyasi 2,5 eV ga etgandan keyingina soha-sohali O’tishlar tO’g’ridan-tO’g’ri O’tishlarga aylanadi va yutilish keskin orta boshlaydi. Yutilish koeffitsientining spektral xarakteristikasi shuni kO’rsatadiki, kremniy materialidan foydalanib Quyosh spektrining juda katta qismini elektr tokiga aylantirish mumkin. Masalan, atmosferadan tashqaridagi quyosh nurlanishi uchun (AM O) bu 74% ni tashkil qiladi. Holbuki, agar material sifatida GaAs YaO’ olinsa faqat 63 % quyosh nurlanishini elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Ammo, «to’g’rimas» optik o’tishlarning asosiy yutilish chegarasida λ ning qiymati katta bo’lmaganligi sababli, butun keltirilgan quyosh spektri yutilishi uchun kremniyli QE ning qalinligi 250 mkm dan kam bo’lmasligi kerak. Holbuki xuddi shunday sharoit uchun GaAs materialining qalinligi 2-5 mkm bo’lishi kifoyadir. Shuning uchun, spektral xarakteristikaning bu xususiyatlarini yuqori samarali va yupqa qatlamli QE ishlab chiqishda ahamiyati katta ekanligini doimo hisobga olish zarur. Agar YaO’ sirtga tushayotgan fotonlar energiyasi kam bo’lib, yutilish natijasida elektronlarni valent sohasidan O’tkazuvchanlik sohasiga chiqara olmasa, nurlanish ta’sirida elektron kristall ichida ruxsat etilmagan sohalarga o’tishi mumkin. Bunday holat uchun yutilishning spektral xarakteristikasining asosiy yutilish chegarasidan keyingi uzun tO’lqinli qismida sezilishi mumkin. Bunday yutilish erkin zaryad tashuvchilar yutilishi deyiladi va bu jarayon shunday zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasiga bog’lik bo’ladi. Erkin zaryad tashuvchilar engil ionizatsiya bo’la oladigan kirishmalar kontsentratsiyasiga bog’lik bo’lgani uchun, yutilish ham unga tO’g’ridan –tO’g’ri bog’lik buladi. YaO’ materiallarda bunday uzun tO’lqinli yutilish xususiyatlarini O’rganish natijasida yutilishning bir necha turi mavjudligi aniqlangan. Jumladan, fazoviy panjara tebranishlarida yutilish, kirishmalarda yutilish, eksitonlarda yutilish. Eksiton – bog’langan elektron-kovak juftligi bo’lib zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasini O’zgartirmaydi. Chunki kristall ichida alohida elektron yoki kovak xarakatlari emas, balki bog’langan holat xarakatidir. Yutilish spektrlari kristall tuzilishi xususida kerakli va har tomonlama foydali ma’lumot beradi, jumladan, legirlanish darajasi, kirishmalarning aktivlanish energiyasini va ularning man qilingan sohada joylashgan energetik sathlarini aniqlashga imkon beradi. Masalan, yutilish spektrlari asosida kremniyda kislorodning bor yuqligini aniqlash mumkin (9 mkm). Spektrning uzun tO’lqinli sohasida akslanish koeffitsienti R, bunday kirishmalar ortishi bilan keskin O’sishi kuzatiladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling