1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.01 Neustoyka]
1-§. Neustoyka
260-modda. Neustoyka tushunchasi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.
(260-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Neustoyka to‘lash haqidagi talab bo‘yicha kreditor o‘ziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbur emas.
Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab ta’minlanadi.
Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar bo‘lmasa, kreditor neustoyka to‘lashni talab qilishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 162, 260 — 263, 325 — 326, 330, 436, 454-moddalari, 720-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 99-moddasi oltinchi qismi, 104-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 142-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasining 26.04.1996-yildagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 14-moddasi, 19-moddasi to‘qqizinchi — o‘n birinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.1998-yildagi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining 14, 34-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 24.09.2012-yildagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 17.04.1998-yildagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi qarorining 7 — 9-bandlari, 11-bandi yettinchi xatboshisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |