1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


-modda. Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun qarzdorning javobgarligi


Download 1.87 Mb.
bet169/190
Sana04.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1325141
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   190
Bog'liq
21.12.1995

334-modda. Uchinchi shaxslarning harakatlari uchun qarzdorning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Basharti, qonunchilik yoki shartnomada bevosita ijrochi bo‘lgan uchinchi shaxsning javobgarligi belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa, zimmasiga majburiyatni bajarish vazifasi yuklatilgan uchinchi shaxslarning majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun qarzdor javob beradi.
(334-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14, 236 — 258, 324 — 333, 335 — 339-moddalari.
335-modda. Kreditorning aybi
Agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli majburiyatni bajarish mumkin bo‘lmasligi yuz berishiga yoki bajarmaslik tufayli yetkazilgan zarar miqdorining ko‘payishiga ko‘maklashgan bo‘lsa, shuningdek kreditor majburiyatni bajarmaslikdan yetkazilgan zararni kamaytirish choralarini qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli ko‘rmagan bo‘lsa, sud ishning holatlariga qarab to‘lanadigan haq miqdorini kamaytirishga yoki kreditorga haq to‘lashni batamom rad etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14, 236 — 258, 324 — 334, 336 — 339, 349-moddalari.
336-modda. Ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibatlari
Agar ikki taraflama shartnomada bir taraf o‘zi javobgar bo‘lgan vaziyat tufayli uni bajarishi mumkin bo‘lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 14, 236 — 258, 324 — 335, 337 — 339-moddalari.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling