1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


-BOB DAVLAT FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR IShTIROKChISI SIFATIDA


Download 1.87 Mb.
bet49/190
Sana04.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1325141
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   190
Bog'liq
21.12.1995

5-BOB
DAVLAT FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR IShTIROKChISI SIFATIDA

79-modda. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda ularning boshqa ishtirokchilari bilan baravar asoslarda ishtirok etadi.
Fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarda davlat nomidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular maxsus vakil qilgan boshqa organlar ishtirok etadilar.
(79-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat o‘zining fuqarolik-huquqiy majburiyatlari bo‘yicha o‘z mulki bo‘lgan mablag‘lari bilan javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 2-moddasi ikkinchi qismi, 3-moddasi uchinchi qismi, 12, 15, 80-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi Nizom.
80-modda. Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qo‘yilishi
Davlat tomonidan tuzilgan yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat o‘zi tuzgan yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Ushbu moddaning qoidalari davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 2-moddasi ikkinchi qismi, 3-moddasi uchinchi qismi, 12, 15, 70 — 72, 80-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi Nizom.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling