1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


Download 1.87 Mb.
bet86/190
Sana04.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1325141
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   190
Bog'liq
21.12.1995

159-modda. Da’vo muddatini tiklash
Basharti, sud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerak. Da’vo muddatini o‘tkazib yuborish sabablari da’vo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatida yuz bergan bo‘lsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 150 — 158-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 16, 16.3-bandlari.
160-modda. Maxsus da’vo muddatining to‘xtatilishi, uzilishi va tiklanishi
Da’vo muddatining to‘xtatilishi, uzilishi va tiklanishi haqidagi qoidalar (ushbu Kodeksning 156, 157 va 159-moddalari), agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, maxsus da’vo muddatiga nisbatan ham qo‘llanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 145 — 150, 156 — 159-moddalari, 724-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 24-moddasining ikkinchi qismi, 63-moddasining ikkinchi qismi, 117, 118-moddalari, Uy-joy kodeksi 114-moddasining ikkinchi qismi, Mehnat kodeksi 270-moddasining birinchi qismi, Soliq kodeksining 88-moddasi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunning 62-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 23.10.2008-yildagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavi.
161-modda. Da’vo muddati o‘tganidan keyin majburiyatni bajarish
Da’vo muddati o‘tganidan keyin majburiyatini bajargan shaxs ijro etish paytida da’vo muddatining o‘tib ketganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganligidan qat’i nazar, bajargan narsasini qaytarishni talab qilishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 145 — 148, 150 — 160-moddalari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 17-bandi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling