1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


Download 1.87 Mb.
bet89/190
Sana04.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1325141
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   190
Bog'liq
21.12.1995

166-modda. Mulkning daxlsizligi
Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo‘riqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60, 61-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 10-bobi, 172, 173, 295, 296-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining 32, 33-moddalari.
Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini buzishdan o‘zlarini saqlashlaridan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
(166-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-801-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi ikkinchi qismi, mazkur Kodeksning 199, 203, 204-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 29-moddasi, 36-moddasining uchinchi qismi, 42-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211, 289-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasi 2-bandi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 16, 17-moddalari.
167-modda. Mulk shakllari
O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6 — 17-boblari.
168-modda. Mulk huquqining subyektlari
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16, 39, 79-moddalari.
Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxslarga qarashli bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 18-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki bo‘lishiga qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(168-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 210-moddasi, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 83, 84-moddalari, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 43, 44-moddalari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari]

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling