1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
Download 1.87 Mb.
|
21.12.1995
- Bu sahifa navigatsiya:
- 167-modda. Mulk shakllari
- OKOZ: 1.
166-modda. Mulkning daxlsizligi
Mulk daxlsizdir va qonun bilan qo‘riqlanadi. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60, 61-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining 10-bobi, 172, 173, 295, 296-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 31.10.1990-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining 32, 33-moddalari. Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini buzishdan o‘zlarini saqlashlaridan iboratdir. Oldingi tahrirga qarang. Mulkdorning mol-mulkini olib qo‘yishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. (166-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-801-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2022-y., 03/22/801/0998-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi ikkinchi qismi, mazkur Kodeksning 199, 203, 204-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 29-moddasi, 36-moddasining uchinchi qismi, 42-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211, 289-moddalari, “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasi 2-bandi, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 16, 17-moddalari. 167-modda. Mulk shakllari O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida bo‘ladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 6 — 17-boblari. 168-modda. Mulk huquqining subyektlari Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 16, 39, 79-moddalari. Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxslarga qarashli bo‘lishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 18-bobi. Oldingi tahrirga qarang. Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki bo‘lishiga qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi. (168-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 210-moddasi, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 83, 84-moddalari, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 43, 44-moddalari. [OKOZ: 1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.01.00 Umumiy masalalar; 2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.07.00.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanish / 11.07.01.00 Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va foydalanishning umumiy masalalari] Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling