Ijara to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar


Download 32.17 Kb.
bet1/11
Sana13.02.2023
Hajmi32.17 Kb.
#1195144
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ijara qonuni


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
IJARA TO‘G‘RISIDA
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ijara
Ijara shartnoma asosida yerga, boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek xo‘jalik faoliyatini va o‘zga faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga zarur bo‘lgan mol-mulkka haq evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdan iboratdir.
Ijara O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilmagan faoliyatning hamma sohasida mulkchilikning barcha shakl va turidagi mol-mulkiga nisbatan qo‘llanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Ijara to‘g‘risidagi qonunchilik
Ijara munosabatlari ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ijara munosabatlarining obyekti
Quyidagilar ijara munosabatlarining obyektlari bo‘lishi mumkin, chunonchi:
korxonalar, ayrim ishlab chiqarishlar, sexlar, fermalar, boshqa bo‘linmalar, tashkilotlar;
ayrim binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari, inventarlar, asboblar, boshqa moddiy boyliklar;
er (qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan yerlar ijaraga faqatgina qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi) va boshqa tabiiy resurslar.
Ijaraga topshirishga yo‘l qo‘yilmaydigan korxonalar, tashkilotlarning turlari (guruhlari), mulk va tabiiy resurslarning turlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
4-modda. Ijara munosabatlarining subyektlari
Ijaraga beruvchi va ijarachi ijara munosabatlarining subyektlari hisoblanadilar.
Mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan idora, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslari mol-mulkni ijaraga berish huquqiga ega bo‘lgan ijara beruvchi hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan sovet va chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qo‘shma korxonalar, xalqaro uyushmalar va tashkilotlar, shuningdek xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar ijarachi bo‘lishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el yuridik va jismoniy shaxslarining davlat mulkini ijaraga olishdagi ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(4-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 32.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling