Ijara to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Korxonani ijaraga olish shartnomasini tuzish tartibi
Download 32.17 Kb.
|
ijara qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-modda. Ijara korxonasining maqomi
21-modda. Korxonani ijaraga olish shartnomasini tuzish tartibi
Ijarachilar jamoasi ijara shartnomasi loyihasini ishlab chiqadi va uni korxonani ijaraga berish uchun vakolat olgan idoraga yuboradi. Bu idora shartnoma loyihasini olgach, o‘ttiz kunlik muddat ichida uni ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishi shart. 22-modda. Ijara korxonasining maqomi Oldingi tahrirga qarang. Korxona ijara shartnomasi imzolanganidan, umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ustav tasdiqlanganidan keyin ijara korxonasi maqomiga ega bo‘ladi. Ijara korxonasining ustavida Davlat mulkiga asoslangan ijara korxonalaridan tashqari korxonaning qarzlari bo‘yicha ijara jamoasi a’zolarining mulkiy javobgarligi ko‘zda tutilishi kerak. (22-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 922-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 329-modda) Ijara korxonasini tashkil etish, uning faoliyati va uni tugatish “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ijara korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan va korxona mulkini belgilangan tartibda qabul qilib olgandan boshlab yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat korxonasi ijaraga berilganida u O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi. Ijaraga olingan korxonaning xo‘jalik faoliyatini ijaraga oluvchi mustaqil yuritadi. Ijara shartnomasi bo‘yicha olgan majburiyatlarini bajarish doirasidan tashqarida ijarachi boshqaruvda va o‘z xo‘jalik faoliyatida batamom erkindir. Ijaraga beruvchining ijaraga olingan korxona faoliyatiga aralashishiga, rejalarni, hisobotlarni va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda shartnomada ko‘zda tutilmagan boshqa ma’lumotlarni o‘ziga berishni talab qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. (22-moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ijara korxonasini boshqarish “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va ustavga muvofiq amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Download 32.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling