Ijara to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Mol-mulkni ijarachiga berish
Download 32.17 Kb.
|
ijara qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-modda. Ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga topshirish
- 9-modda. Ijaraga berish chog‘ida mulkchilik
7-modda. Mol-mulkni ijarachiga berish
Ijaraga beruvchi ijarachiga mol-mulkni u qaysi maqsadga mo‘ljallagan bo‘lsa, shunga mos holatda yoki shartnomada ko‘zda tutilgan holatda topshirishi shart. Ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mulkdan foydalanishga xalaqit berayotgan undagi nuqsonlar uchun, shu jumladan shartnoma tuzish chog‘ida aniqlanmagan nuqsonlar uchun ham javobgardir. Agar ijaraga beruvchi ijaraga berilgan mulkni ijarachiga foydalanish uchun o‘z vaqtida bermagan bo‘lsa, ijarachi undan bu mulkni talab qilib olish xamda ijroni kechiktirib yuborganligi oqibatida yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashni talab qilishga yoxud shartnomadan voz kechib, shartnomani bajarmaganlik oqibatida o‘ziga yetkazilgan zararni undirib olishga haqli. 8-modda. Ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga topshirish Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ijara shartnomasida o‘zga shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijarachi ijaraga olingan mol-mulkni, yer va boshqa tabiiy resurslardan tashqari, ijaraga beruvchining ruxsati bilan ikkilamchi ijaraga topshirishga haqlidir. Bunda ijaraga oluvchi shartnomaga muvofiq ijaraga beruvchi oldida javobgar bo‘lib qolaveradi. (8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonuni 14-moddasiga asosan qishloq xo‘jalik kooperativining (shirkat xo‘jaligining) foydalanilmayotgan yerlari boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ikkilamchi ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga uch yilgacha bo‘lgan muddatga yerdan foydalanishni yangi muddatga uzaytirish huquqi bilan berilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: Yer kodeksining 39-moddasi birinchi qismi 8-bandi. 9-modda. Ijaraga berish chog‘ida mulkchilik Mol-mulkni ijaraga berish ana shu mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa kishiga o‘tkazilishiga olib kelmaydi. Oldingi tahrirga qarang. Basharti, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga olingan mulkdan foydalanib tayyorlangan mahsulot va olingan daromad, shuningdek ijaraga olingan mol-mulk orqasidan orttirilgan foyda (daromad) evaziga sotib olingan mol-mulk ijarachiga tegishlidir. (9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ijarachining ijaraga olingan yer uchastkasida o‘z mablag‘lari va qarzga olgan mablag‘lari hisobidan qurilishning umumiy qoidalariga rioya qilgan holda zarur ishlab chiqarish va noishlab chiqarish binolari, shu jumladan uy-joy qurish huquqi shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Ayni paytda ijara shartnomasining amal qilishi to‘xtatilgach, mazkur binolar va inshootlar kimga tegishli bo‘lishi qayd etib qo‘yilishi kerak. Ijaraga olingan hududda ijaraga beruvchining ijozati bilan ijarachining mablag‘lariga qurilgan, boshqa joyga ko‘chirish mumkin bo‘lmagan binolar va inshootlar, ijara shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga beruvchiga tegishli bo‘ladi. Shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng yoki shartnoma bekor qilinganda ijarachi ularning qiymatini ijaraga beruvchidan qaytarib olishga haqlidir. Ijaraga olingan hududda ijaraga beruvchining ruxsatisiz ijarachi mablag‘iga qurilgan binolar va inshootlar, basharti ularni ko‘chirish mumkin bo‘lmasa, ijaraga beruvchiga tegishlidir. Agar ijaraga beruvchi ularni buzib tashlashni talab qilsa, ijarachi ularni o‘z hisobidan buzib tashlashga yoki ularni buzib tashlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga majburdir. Ijaraga olingan korxonaning mol-mulkida korxona mehnat jamoasining a’zolari, shu mol-mulkni vujudga keltirish uchun o‘z shaxsiy mehnati bilan, shuningdek pul va boshqa mulkiy badallar bilan qo‘shadigan ulushning miqdori korxona ustavida ko‘zda tutilgan shartlar va tartib asosida belgilab qo‘yiladi. Ijaraga olingan korxona mol-mulkiga mehnat jamoasining a’zosi qo‘shgan ulushning qiymati bo‘yicha korxonaning ustaviga muvofiq qimmatli qog‘ozlar berilishi mumkin. Mazkur qimmatli qog‘ozlarga mehnat jamoasi ishlab chiqarishning pirovard natijalariga va korxonani rivojlantirish vazifalariga qarab belgilaydigan miqdorda dividendlar to‘lanadi. Qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy qiymati qog‘oz egalariga korxona ustavida nazarda tutilgan hollarda to‘lanadi. Korxona ustavida u bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatgan mehnat jamoasi a’zolariga dividendlar to‘lash tartibi va shartlari belgilab qo‘yiladi. Ijaraga olingan korxona ixtiyorida qoladigan foyda (daromad) ijaraga berilgan korxona jamoasining qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Download 32.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling