Ijara to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Ijarachining hisoblaridan pul mablag‘larini chiqarib tashlash


Download 32.17 Kb.
bet4/11
Sana13.02.2023
Hajmi32.17 Kb.
#1195144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ijara qonuni

10-modda. Ijarachining hisoblaridan pul mablag‘larini chiqarib tashlash
Ijarachining hisoblaridan pul mablag‘larini chiqarib tashlash uning ko‘rsatmasiga yoki tegishli sudning qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Ijarachining hisoblaridan pul mablag‘larini muqarrar chiqarib tashlashga faqat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 2465, 03.06.2013-y.) 56-bandi.
11-modda. Ijaraga olingan mulkni yaxshilash
Ijarachi, basharti shartnomada o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ijaraga olingan mol-mulk tarkibiga uning qiymatini oshiradigan o‘zgartishlarni mustaqil ravishda kiritish, mol-mulkni rekonstruksiyalash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirishga haqlidir.
Ijaraga olingan mol-mulk, basharti, ijaraga beruvchining ijozati bilan yaxshilangan bo‘lib, ijara shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng yoki shartnoma bekor qilingach, ijarachi ana shu maqsad yo‘lida sarflagan barcha xarajatlari qaytarilishini talab qilish huquqiga egadir.
Ijaraga beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan yaxshilashlar, agar ularni ijaraga berilgan mol-mulkka zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lmasa, shartnomaning amal qilish muddati tugagach yoki shartnoma bekor qilingach, ijaraga beruvchiga tekinga o‘tadi.
Ijaraga beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan yaxshilashlarni ijaraga berilgan mol-mulkka zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin bo‘lsa, ijaraga beruvchi ularning tannarxini to‘lashga rozi bo‘lmasa, bunday holda ijarachi ularni o‘ziga olishi mumkin.
12-modda. Ijara haqi
Oldingi tahrirga qarang.
Ijara haqi ijara shartnomasida tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan belgilanadi, bunda yer va tabiiy resurslar uchun ijara haqi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan tartibda va doirada belgilanadi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 28-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (“Yer solig‘i”).
Oldingi tahrirga qarang.
Ijara haqi ijaraga olingan mol-mulkning egasiga to‘lanadi. Bunda, basharti davlat mol-mulk ijaraga berilgan bo‘lsa, ijara haqi qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanishi lozim.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Ijara haqi ijaraga olingan butun mol-mulk uchun yaxlit yoki har bir obyekt bo‘yicha alohida-alohida natura, pul yoki aralash shakllarda belgilab qo‘yilishi mumkin. Ijara haqini to‘lash shartlari va muddatlari shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Ijara haqi miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq shartnomada ko‘zda tutilgan muddatlarda o‘zgartirilishi mumkin. Ijara haqining miqdori markazlashtirilgan tartibda belgilab qo‘yiladigan narx-navo va tariflar o‘zgargan taqdirda hamda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda tomonlardan birining talabiga muvofiq muddatidan oldin qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Download 32.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling