Mustaqil ish mavzu: Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari


Download 297.89 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi297.89 Kb.
#1594664
  1   2   3

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Kompyuterga ma’lumotlarni
kiritish-chiqarish tizimlari.

Topshirdi:Xo’jayazov.Sh


Tekshirdi: Axmadova.K


MAVZU: Kompyuterga ma’lumotlarni
kiritish-chiqarish tizimlari.


REJA:

1.Kiritish-chiqarish tizimlarining tashkil etilishi.


2.Kiritish-chiqarish boshqarish vositalari, kiritish-chiqarish kanallari va protsessorlari.
3.Kiritish-chiqarish modullari, portlar va ularning vazifalari.
Kiritish-chiqarish tizimlarining tashkil etilishi

Kiritish-chiqarishning asosiy tizimi. Shaxsiy kompyuterning ona platadagi DXQ (doimiy xotira qurilmasi) yoki QDDXQ (qayta dasturlanadigan doimiy xotira qurilmasi) mikrosxemasiga yozilgan dastur BIOS dir. BIOS kompyuterning operatsion tizimdan kelayotgan kirish-chiqish, qurilmalarni boshqarish so‘rovlariga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, kompyuter yoqilganda uskunalarni boshlang‘ich tekshirish (POST tartiboti), MBRni yuklash va operatsion tizimga boshqaruvni uzatish ham BIOS vazifasiga kiradi, BIOSda shaxsiy kompyuterning ona plata konfiguratsiyasining asosiy ko‘rsatkichlarini qo‘lda sozlash uchun interaktiv nimdasturi ham mavjud.


POST-Power-On Self-Test Yoqilgandan so‘ng o‘z-o‘zini testlash. Ona plataning BIOS dasturi vazifalaridan biri bo‘lib, u kompyuter tarkibiy qismlarini(apparat ta’minotini) ketma-ket testlab chiqadi.
MBR Master Boot Record - Bosh yuklovchi yozuv. Qattiq disk yoki boshqa axborotni saqlash qurilmasidagi mantiqiy disklarga (bo‘limlarga) bo‘linadigan birinchi fizik sektor. MBR bo‘limlar jadvalini (partition table) va bajarilayotgan kodning katta bo‘lmagan bo‘lagini o‘z ichiga oladi. MBRning maqsadi - operatsion tizimni yuklash emas, shunchaki qattiq diskning qaysi bo‘limidan OTni yuklash kerakligini tanlash. MBR bosqichida faqat disk bo‘limi tanlanadi.

Download 297.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling