Intellektual mexatronika modullari Reja
Download 0,53 Mb.
|
Маъруза 7-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tayang so`z va iboralar
- KONTROLLER + KUCH O`ZGARTIRGICH + DVIGATEL + MEXANIZM + DATCHIK
Ma`ruza №7-3 Intellektual mexatronika modullari Reja:
Asosiy tayang so`z va iboralar Harakat kontrollerlari, intellektual kuch modullari, intellektual sensorlar, enkoderlar, intellektual mexatronika modullari.
Intellektual mexatron modullar (IMM)ning yaratilishi mexatronika rivojlanishining zamonaviy bosqichi asosiy xususiyati hisoblanadi. Mexatron harakat modullaridan farqi ularda qo`shimcha ravishda mikroprotsesssorli hisoblash qurilmalari va kuchli elektron o`zgartirgichlar o`rnatilgan bo`ladi. Bu esa IMMlarga intellektuallik xossalarini beradi. Intellektual mexatron modullar uchun modullik printsipi xos bo`lib hisoblanadi. KONTROLLER + KUCH O`ZGARTIRGICH + DVIGATEL + MEXANIZM + DATCHIK modullarining birlashmasi va kontrollerning belgilangan DASTURIY TA`MINOTI bo`lgan taqdirda intellektual mexatron ijro etuvchi mexanizm bo`lib hisoblanadi. Ammo bu elementar modullar asosida yasalgan ijro etuvchi mexanizmlar berilgan talablarga hamma vaqt ham javob bera olmaydi. Zamonaviy yuqori texnologik intellektual modul (IM)larni yaratishga mexatron yondoshish mexanik, elektromexanik, elektron, elektrotexnik, kompyuter va interfeys elementlarining o`zaro hamkorligi, oraliq energiya va ma`lumotlar hosil bo`lishini minimallashtirish, hamda elektr va mexanik interfeyslarning alohida blok sifatida ishlashini talab qiladi. Bu talablar ijrochi mexanizmlarining ixchamligi, aniqligi va tannarxi kabi ko`rsatgichlarni yaxshilashga olib keladi. Intellektual mexatron modul (IMM)larda zamonaviy mexatron modullarning 3 ta komponentlari birlashtirilgan – elektromexanik, elektron va kompyuterli. Mexatron modullarning zamonaviy rivojlanishi ularning ta`sirini ko`p funktsional harakatlarining intellektuallashtirish bo`lib hisoblanadi: yangi avlod modullari o`z tashkil etuvchilari – elektromexanik, elektron va kompyuter yo`nalishlarini birlashtirilgan. Texnik jihatdan intellektual mexatronik modullarini rivojlantirish mikroprotsessor tizimlarining jadal rivojlanishi bilan bog’liqdir. Ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanib borishi mikroprotsessorlar narxining pasayishiga va rentabelligining oshirishga va shu sababli uni amaliyotga keng qo`llashga olib keladi. Harakatlanish mexatron modullarning intellektuallashuvi interfeysli birlashish nuqtasiga qarab 3 yo`nalishga bo`linadi:
Kompyuterli boshqarish qurilmalari (KBQ)ning mexatron modullarda texnik qo`llash usullarining ko`rib chiqamiz. Download 0,53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling