Intellektual mexatronika modullari Reja


-rasm. Taqsimlangan boshqarish tizimi arxitekturasi


Download 0.53 Mb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1013911
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 7-3

16.3-rasm. Taqsimlangan boshqarish tizimi arxitekturasi

Taqsimlangan tizim arxitekturasi quyidagi afzalliklarga ega:



  • bog’lovchi kabel va o`tkazuvchi simlarning minimal miqdori, bu mexatronika tizimlarni sozlash va ishlatishni qulay va ishonchli qiladi;

  • harakatni boshqarishning zamonaviy hisoblash algoritmlari va usullarini (aniq bo`lmagan mantiq, neyron tarmog’i) qo`llash imkoniyati;

  • ochiq arxitektura printsiplarini qo`llash, bu konfiguratsiyalarni o`zgartirish va yangi funktsiyalarni yechish uchun tizimni kengaytirish imkonini yaratadi;

  • tizimning ishonchliligi, ishlash vaqtida diagnostika ishlarini o`tkazish imkoniyati.

Misol tariqasida «MilanDriveAUMA» intellektual mexatron modulini ko`rib chiqamiz. Modul texnologik jarayonlarni markazlashmagan avtomatlashtirilgan tizimlar uchun ishlatiladi. Yaxlit korpusda sinxron dvigatel, elektron va axborot qurilmalar hamda taqsimlangan mexatron tizimni yaratish uchun interfeys bloklar konstruktiv ravishda birlashtirilgan (16.4- rasm).



16.4-rasm. «MilanDriveAUMA» intellektual mexatron moduli

Elektr bog’lanish bloklari modulni is`temol manbasiga, umumiy kompyuter shinasiga, kirish/chiqish bloklariga va RS-232 tipidagi interfeysga ulanish imkoniyatini beradi. Profibus-DP yoki CAN-Open interfeyslariga ulanish ham mumkin. Kontrollerning dasturiy ta`minoti yuritmalarni boshqarish, shu jumladan elektravtomatikani interpolyatsiyalash va boshqarishni amalga oshiradi. Holat bo`yicha teskari aloqa datchigi sifatida aylanuvchi transformator qo`llaniladi. Ba`zi bir modifikatsiyalarida o`rnatilgan tormoz qurilmasi ham mavjud.


Aylanuvchi transformа́tor — o`zgaruvchan tok elektrik mikromashinasi, rezol’ver, u aylanish burchagini amplitudasi aylanish burchagiga proportsional yoki burchakning funktsiyasi bo`lgan elektr kuchlanishga o`zgartiradi.
16.5-rasmda SIEMENS firmasiining SIMODRIVE POSMO A (16.5-rasm, a) va SIMODRIVE POSMO SI (16.5-rasm, b) IMM lari keltirilgan.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling