Intellektual mexatronika modullari Reja


Download 0.53 Mb.
bet7/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1013911
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 7-3

16.5-rasm. SIEMENS firmasining intellektual mexatronika modullari
a- SIMODRIVE POSMO A; b-SIMODRIVE POSMO SI

Yana bir misol tariqasida "Animatics Corp." (AQSh) va "Siemens" (Germaniya) firmalarining harakatlar ketma-ketligi erkin dasturlanadigan bir koordinata bo`yicha boshqariladigan harakatlarni amalga oshiradigan mexatron modullarni aytish mumkin.





16.6-rasm. "Siemens" kompaniyasining intellektual mexatron moduli

16.6-rasmda "Siemens" kompaniyasining intellektual mexatron moduli ko`rsatilgan. Bu modulda kuchli o`zgartirgich va boshqaruv qurilmasi dvigatel bilan bir korpusda konstruktiv birlashtirilgan. Shteker texnikasi yordamida raqamli kirish va diagnostik signallar beriladi, hamda dvigatel va kuchli o`zgartirgichlar bilan elektrik aloqani amalga oshiriladi. Markaziy boshqarish qurilmasi va boshqa modullar bilan aloqa standart shina "Profibus" orqali amalga oshiriladi.


16.7-rasmda valtsovkali birikmalarni bajarish uchun mo`ljallangan IMMning kinematik sxemasi ko`rsatilgan. Valtsovkali birikmalar avtomobillarning zamonaviy elektrjihozli qurilmalarni (elektrbenzonasos, benzinni sepuvchi forsunkalar, o`t oldirish katushkalari)ni yig’ishda qo`llaniladi.



16.7-rasm.Intellektual mexatron modul kinematik sxemasi
1-shar-vintli uzatma; 2-3- silindrik to’g’ri tishliuzatma; 4- shpindel; 5- qattiq kulachokli mufta; 6-7 - silindrik to’g’ri tishli uzatma; 8- qo’zg’aluvchan shlitsali yig’ma birlashma; 9-korpus; 10-quloqchalar; 11-holat datchiklari blokining harakatchan elementi

Modulning chiqish zvenosi bo`lib shar-vintli uzatma xizmat qiladi. Modul ikkita kinematik zanjirdan tarkib topgan: M1 elektrdvigatel va 2-3 to`g’ri tishli silindrik uzatmali gaykani aylantirish zanjiri hamda M2 elektrdvigatel va to`g’ri tishli silindrik uzatmali 6-7 kulachokli mufta va shpindel orqali aylanadigan yuruvchi vint zanjiri. Shesternya 7 ning ichi bo`sh bo`lib, undan shpindelga aylanishlar harakatchan shlitsali birikma 8 orqali uzatiladi. Korpus 9da modulni texnologik jihozga mahkamlash uchun quloqchalar 10 bor. Yuritma elektrdvigatellari vallarining aylanish chastotasini o`lchash uchun BR1 va BR2 taxogeneratorlar ishlatiladi. Yuruvchi vintning o`q bo`yicha holatini hamda shpindelning korpusga nisbatan holatini aniqlash uchun holat datchiklari bloki qo`llaniladi. Bu blokning harakatchan elementi 11 yuruvchi vint uchida joylashtirilgan.


Modul yig’ish uchun kerakli harakatlarni amalga oshiradi:

  • valtsovka kallakchali shpindelni detal bilan kontaktlashishgacha ilgarilanma harakat;

  • valtsovkalash vintli va aylanma harakati;

  • shpindelning ilgarilanma yuqoriga birlamchi holatiga harakati.

Bu harakatlar gayka va vintning aylanish chastotalarini moslashtirish orqali amalga oshiriladi. Harakatning har qaysi bosqichida bu chastotalarni o`zgartirish qonuniyatini aniqlash jarayonni boshqarishning algoritmik ta`minoti vazifasidir.


Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar

1.Intellektual mexatron modullarning boshqalardan farqi?


2. Mexatron harakatlarni boshqarish masalasini nechta asosiy qismlarga ajratish mumkin?
3. Harakat kontrolleri blok-sxemasini tushuntiring.
4. Intellektual kuch modullariga misollar keltiring.
5. Intellektual sensorlar qanaqa vazifalarni bajaradi?
6. IMMlarni qo`llashdan ijobiy natijalar qanaqa?
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling