Ma’ruza №14 Mexatronik modullar strukturasi va kvalifikatsiyasi. Harakat modullari Reja


Download 1.12 Mb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1481790
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза14-1


Modul 3. Mexatronikada harakat modullari
Ma’ruza №14
Mexatronik modullar strukturasi va kvalifikatsiyasi. Harakat modullari


Reja:
1. Mexatronik modullarining strukturasi va kvalifikatsiyasi (tasnifi).
2. Harakat modullari.


1. Harakat modullarining strukturasi va kvalifikatsiyasi (tasnifi).
Mexatronik modullar strukturasi. Mexatronik modullarni ularni tashkil qilgan elementlariga qarab 3 ta guruhga ajratish mumkin (14.1-rasm).

  • Harakat moduli (HM);

  • Mexatronik harakat moduli (MHM);

  • Intellektual mexatronik modul (IMM)




14.1-rasm. Mexatron modullarning strukturasi



  • Harakat moduli (HM) — konstruktiv va funksional mustaqil mahsulot bo’lib, unda boshqariladigan dvigatel va mexanik qurilma konstruktiv birlashtirilgan.

Umumsanoat yuritmasilan HMning asosiy farqi shundaki, HMda dvigatel vali harakatni mexanik o`zgartirish elemneti bo`lib xizmat qiladi. Zamonaviy HMlarda elektrik dvigatellar – asinxron va sinxron, o`zgarmas tokli, qadamli, p’ezoelektrik va b. ishlatiladi. Lekin amaliy masalalarni yechishda elektrogidravlik yoki elektropnevmatik dvigatellar qo`llaniladi.
Mexanik qurilma tarkibiga har xil reduktorlar, harakat o`zgartirgichlari, variatorlar, chegaralovchi va himoya qiluvchi elementlar kiradi.



14.2-rasm. Mexatron harakat modullarining rivojlanish sxemasi

  • Mexatronik harakat moduli (MHM) - — konstruktiv va funksional mustaqil mahsulot bo’lib, unda boshqariladigan dvigatel, mexanik qurilma va axborot qurilmasi konstruktiv birlashtirilgan. Ta`rifga asosan HMga ko`ra bu yerga axborot qurilmasi joylashtirilgan (14.1-rasmga qarang).

Axborot qurilmasi tarkibiga teskari aloqa va axborot datchiklari, hamda signallarni qayta ishlovchi va o`zgartiruvchi elektron bloklar kiradi. Bularga misol bo`lib, harakat tezligi va burchak bo`yicha harakat haqidagi axborotni beruvchi fotoimpulsli datchiklar (inkoderlar), optik lineykalar, aylanuvchi transformatorlar va b. xizmat qiladi.
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling