10-mavzu: Elektromexanik o’lchash asboblariga doir masalalar yechish. Elektromexanik analog o‘lchash asboblari
Download 0.52 Mb.
|
10-mavzu. o\'lchashlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm.
- O‘lchash mexanizmi
- Qayd etish qurilmasi
- 2-rasm. Yechish.
10-mavzu: Elektromexanik o’lchash asboblariga doir masalalar yechish. Elektromexanik analog o‘lchash asboblari deb, o‘lchanayotgan fizik kattalikning uzluksiz funksiyasi bo‘lgan kuzatuvchi uchun qulay shakldagi informatsion o‘lchash signalini hosil qiluvchi elektr o‘lchash vositasiga aytiladi. Bunday o‘lchash asboblarida qo‘zg‘aluvchan qismning holati o‘lchanayotgan kattalikning qiymatiga bog‘liq. Ularning vazifasi va ishlash prinsipidan qat’i nazar elektromexanik asboblar o‘lchash zanjiri (O‘Z), o‘lchash mexanizmi (O‘M) va qayd etish qurilmasi (QEQ) dan tashkil topadi. 1-rasmda elektromexanik o‘lchash asboblarining umumlashgan struktura sxemasi keltirilgan. 1-rasm. Elektromexanik analog asboblarning struktura sxemasi. O‘lchash zanjiri asbobning bir necha qismidan iborat bo‘lib, o‘lchanayotgan kattalik x ni o‘lchash mexanizmiga bevosita ta’sir etuvchi elektr kattalik y ga o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. O‘lchash mexanizmi asbobning asosiy qismlaridan biri bo‘lib, unda elektr yoki magnit energiya qo‘zg‘aluvchan qismni siljituvchi mexanik energiyaga o‘zgartiriladi. Aksariyat o‘lchash mexanizmlarida qo‘zg‘aluvchan qismning siljishi ma’lum o‘q atrofida burchakka burilishdan iborat bo‘ladi. Qayd etish qurilmasi asbob konstruksiyasining bir qismi bo‘lib, ko‘rsatgich va shkaladan tuzilgan. U qo‘zg‘aluvchan qismning burchak siljishini ko‘rsatgich siljishiga o‘zgartirib beradi. Masalalar. 1-masala. Qarshiligi RpA= 0,08 Om ampermetrga uzunligi l = 0,01 m, ko‘ndalang kesim yuzi S = 0,05 mm2 bo‘lgan mis sim parallel, ya’ni shunt ko‘rinishida ulangan (2-rasm). Agar ampermetr IpA= 0,05A ni ko‘rsatsa, zanjirdagi tok kuchi I qanday bo‘ladi? Misning solishtirma qarshiligi p = 1,7 · 10–8 Om · m. Rsh 2-rasm. Yechish.O‘zaro parallel ulangan ampermetr va shuntdan o‘tayotgan tok IpA va Ish larning nisbati RpA va Rsh qarshiliklar nisbatiga teskari proporsionaldir, ya’ni: IpA/Ish=Rsh/RpA bunda: Rsh =p(l/S) – shuntning qarshiligi; Ish= (I –IpA) shuntdan o‘tuvchi tok; I – zanjirdagi tok. Binobarin: I pA/I-IpA=p(l/S)/RpA bunda zanjirdan o‘tuvchi tok I ni topamiz: 2-masala. O’zgarmas tok zanjirida I = 100 A tokni o`lchash chegarasi IA =5 A, ichki qarshiligi RA = 0,015 Om bo’lgan ampermetr bilan o`lchash uchun shunt qarshiligi hisoblansin. Ye ch i sh. Ampemetr ishlash chegarasini oshiruvchi koeffitsiyent n = I / IA =100/5 =20. Shunt qarshiligi Rsh = RA/ (n - 1) =0,015/(20 - 1) =0,0007894 Om. 3-masala. O’zgarmas tok zanjirida I = 200 A tokni o`lchash chegarasi IA =5 A, ichki qarshiligi RA = 0,015 Om bo’lgan ampermetr bilan o`lchash uchun shunt qarshiligi hisoblansin. Ye ch i sh. Ampemetr ishlash chegarasini oshiruvchi koeffitsiyent n = I / IA =200/5 =40. Shunt qarshiligi Rsh = RA/ (n - 1) =0,015/(40 - 1) =0,0585 Om. 4-masala. Ichki qarshiligi RpV = 2,5 kOm, nominal kuchlanishi 150 V ASTV turdagi voltmetrning o‘lchash chegarasini 600 V gacha kengaytirish uchun unga qanday kattalikdagi qo‘shimcha qarshilik ulash kerak? Yechish.O‘lchash chegarasini kengaytirish koeffitsiyenti n=600/150=4 . Qo‘shimcha qarshilik kattaligi: Rq =RpV (n-1) =2,5 *(4-1) =7,5 kOm . 5-masala. Ichki qarshiligi RpV = 5 kOm, nominal kuchlanishi 300 V ASTV turdagi voltmetrning o‘lchash chegarasini 600 V gacha kengaytirish uchun unga qanday kattalikdagi qo‘shimcha qarshilik ulash kerak? Yechish.O‘lchash chegarasini kengaytirish koeffitsiyenti n=600/300=2 . Qo‘shimcha qarshilik kattaligi: Rq =RpV (n-1) =5 *(2-1) =5 kOm . Savollar 1. Elektromexanik asboblar konstruksiyalarining asosiy qismlarini aytib bering. 2. Elektromexanik asboblarning qo‘zg‘aluvchan qismiga qanday momentlar ta’sir etadi va ular nima hisobiga yuzaga keladi? 3. Elektromexanik asboblarning o‘zgartirish funksiyasi qanday shart asosida topiladi? 4. Elektromexanik asboblarning asosiy xarakteristikalariga nimalar kiradi? Ularga ta’rif bering. 5. O‘ziyozar asboblarning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirib bering. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling