Ijara to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Sotib olish shartnomasi
Download 32.17 Kb.
|
ijara qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BO‘LIM. KORXONALARNI IJARAGA OLISh 20-modda. Ijarachilar jamoasini tuzish
19-modda. Sotib olish shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang. Mol-mulkni sotib olish yuzasidan tomonlarning munosabatlari qonunchilik va shartnoma bilan tartibga solinadi. Sotib olish shartnomasida: (19-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) — sotib olinayotgan mol-mulkning tarkibi va pul (qiymat) bahosi; — sotib olish shakllari va manbalari; — sotib olish tartibi va muddatlari; — sotib olishda uchinchi shaxslarning, jumladan kreditorlarning qatnashuvi; — kafolatlar va sotib olinayotgan mol-mulkning sifati; Oldingi tahrirga qarang. — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar belgilab qo‘yiladi. (19-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Sotib olish shartnomasi majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, shu jumladan shartnomani bir tomonlama o‘zgartirganlik va bekor qilganlik uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va sotib olish shartnomasida belgilab qo‘yilgan tarzda javobgar bo‘ladilar. (19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Sotib olish shartnomasini tuzish va uni bajarish chog‘ida kelib chiqadigan nizolar tegishli sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. II BO‘LIM. KORXONALARNI IJARAGA OLISh 20-modda. Ijarachilar jamoasini tuzish Korxona yoki uning tarkibiy birligi (bundan buyon korxona deb yuritiladi) mehnat jamoasi uning asosida ijara korxonasini barpo etish uchun ijarachilar jamoasini tuzishga haqlidir. Ijarachilar jamoasi va uning boshqaruv idoralarini tuzish to‘g‘risidagi qaror mehnat jamoasining qaror qabul qilishga vakolati bo‘lgan umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi)da hozir bo‘lganlarning uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi. Download 32.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling