Ijara to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar
-modda. Ijara shartnomasi
Download 32.17 Kb.
|
ijara qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-modda. Ijaraga olingan mulkning qiymati
5-modda. Ijara shartnomasi
Tomonlarning ixtiyoriyligi va to‘la teng huquqliligi asosida ma’lum muddatga tuziladigan ijara shartnomasi ijara munosabatlarining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Bunda qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanish uchun yerni, boshqa tabiiy resurslarni ijaraga olish uzoq muddatga — kamida 5 yilga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Ijara shartnomasi tanlov asosida tuzilishi mumkin. Ijara shartnomasida: ijaraga berilayotgan mol-mulkning tarkibi va qiymati, uni ijaraga berish tartibi; ijara muddati; ijara haqi shartlari va miqdori, uni to‘lash muddatlari; ijaraga beruvchi ijarachiga berishi kerak bo‘lgan mol-mulkning holati; ijarachining mol-mulkdan foydalanish shartlari; shartnomaning amal qilishi to‘xtatilganidan keyin ijarachining mol-mulkni ijaraga beruvchiga qanday holatda va qay tartibda qaytarishi; ijaraga berilgan mol-mulkni tiklash va ta’mirlash yuzasidan tomonning majburiyati; to‘la amortizatsiyadan so‘ng mol-mulk kimga qarashli bo‘lish shartlari; agar ijaraga olingan mol-mulk keyinchalik sotib olish sharti bilan topshirilayotgan bo‘lsa, uni sotib olish shartlari, tartibi va muddati; ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berish sharti, tartibi va imkoniyati; ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga taqdim etadigan axborotning ko‘lami va axborotni berish muddatlari; tomonlarning mas’uliyati ko‘zda tutiladi. Yerni va boshqa tabiiy resurslarni ijaraga olish shartnomasiga tabiiy obyektdan mo‘ljallangan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalanish yuzasidan ijarachining majburiyatlari ko‘zda tutilgan qoidalar ham kiritiladi. Ijara shartnomasida ijaraga beruvchining noishlab chiqarish sohasiga taalluqli mol-mulk obyektlari va ularning qiymati alohida ajratib ko‘rsatiladi, tomonlarning ushbu obyektlarga nisbatan majburiyatlari (ularni asrash va saqlab turish) ham aytib o‘tiladi. Ijara shartnomasiga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. 6-modda. Ijaraga olingan mulkning qiymati Oldingi tahrirga qarang. Ijaraga berilayotgan davlat mulkining qiymati — O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq belgilanadi. (6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ijaraga berilayotgan davlatga qarashli bo‘lmagan mulkning qiymatini mulkdor belgilaydi. Download 32.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling