Ijara to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar


-modda. Ijara shartnomasi shartlarini o‘zgartirish, uni bekor qilish va to‘xtatish


Download 32.17 Kb.
bet5/11
Sana13.02.2023
Hajmi32.17 Kb.
#1195144
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ijara qonuni

13-modda. Ijara shartnomasi shartlarini o‘zgartirish, uni bekor qilish va to‘xtatish
Ijara shartnomasi shartlarining o‘zgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va to‘xtatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Tomonlarning biri shartnoma shartlarini buzgan taqdirda ikkinchisining talabiga ko‘ra ijara shartnomasi tegishli sudning qarori bilan bekor qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382-moddasiga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijarachi nogiron bo‘lib qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan hollarda shartnomaning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va shartlarda to‘xtatiladi. Bunday hollarda ijarachining oila a’zolaridan biri ijara shartnomasi tuzishda ustun huquqqa ega bo‘ladi. Ijarachi sodir etgan jinoyati uchun kelgusida shartnomani bajara olishiga imkon bo‘lmaydigan usulda jazolangan hollarda ham ijara shartnomasi to‘xtatiladi.
(13-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
14-modda. Ijara shartnomasini davom ettirish
Ijara shartnomasi muddati tugaganidan keyin ham ijarachi ijaraga olingan mulkdan amalda foydalanishni davom ettiraversa hamda ijaraga beruvchi ijara shartnomasi muddati tugaguniga qadar bunga hech qanday e’tiroz bildirmagan va shartnomada o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, u holda shartnoma xuddi shu muddatga davom ettirilgan hisoblanadi.
Shartnoma muddati tugagach, shartnomadagi o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijarachi shartnomani qayta tiklashda boshqa shaxslarga nisbatan ustun huquqka ega bo‘ladi.
15-modda. Ijarachi vafot etgan taqdirda ijara shartnomasi kuchining saqlanib qolishi
Ijarachi vafot etgan taqdirda uning merosxo‘rlaridan biri amal qilib turgan ijara shartnomasi va uning shartlari asosida o‘zini ijarachi deb e’tirof etishni talab qilish huquqiga egadir.
Amaldagi ijara shartnomasining tuzilishiga vafot etgan ijarachining shaxsiy fazilatlari asos qilib olingan bo‘lsa, u holda ijaraga beruvchi merosxo‘rni ijarachi deb e’tirof etishdan bosh tortishga haqlidir.

Download 32.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling