1. Qo‘ziqorinning meva tanasi yer yuzasiga qaysi faslda chiqadi?


Download 18.28 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi18.28 Kb.
#1520103
Bog'liq
4-5-6-7 mavzular B variyant


1. Qo‘ziqorinning meva tanasi yer yuzasiga qaysi faslda chiqadi?
A) kuzda B) bahorda C) qishda D) yozda

2. 0 ‘pka sili kasalligini qo‘zg‘atuvchi bakteriya shakli jihatdan qanday guruhga mansub?


A) spirilla B) batsilla C) vibrion D) kokklar

3. Viruslar hujayradan chiqishining qaysi usulida or- ganizmning hujayralari saqlanib qolishi mumkin?


A) «kurtaklanish» B) membrana teshikchalaridan chiqish C) membrananing qisman yemirilishi D) «portlash»

4. Xlorella (a) va nostok (b) xos belgilar:


1) prokariot; 2) eukariot; 3) DNK sitoplazmada joylashgan; 4) DNK yadroda joylashgan; 5) geterotrof; 6) genlardan «to‘xtovsiz» irsiy axborot ko‘chiriladi; 7) mitoxondriya va endoplazmatik to‘r mavjud; 8) erkin azotni o‘zlashtiradi; 9) erkin azotni o4zlashtira olmaydi; 10) avtotrof.
A) a-2,4,5,7,9; b-1,3,6,8,10 B) a-2,4,7,9,10; b-1,3,6,8,10 C) a-1,5,7,9 b-2,3,4,6,10 D) a-1,3,6,8,10; b-2,4,7,9,10

5. Zang zamburugl bug‘doy o‘simligini qaysi qismini zararlaydi?


A) guli va boshog‘ini B) gul o’rni va boshog‘ini
C) poya, va gulini D) poya va barglarini

6. Batsidiyaga xos belgilarni toping.


1) tayoqchasimon bakteriya; 2) yopishqoq lishaynik; 3) bargsimon lishaynik; 4) tarkibida mezosoma bor; 5) tarkibida lixenin bor; 6) qobigl murein moddasidan iborat; 7) tarkibida xitin moddasi bor
A) 1,4,6 B) 2,5,7 C) 3,5,7 D) 3,4,6

7. Bir hujayrali zamburug‘(lar) ni belgilang.


1) achitqi; 2) oq pupanak; 3) penitsill
A) 1,2 В) 1 С) 2,3 D)3

8. Quyidagi o‘simliklardan fikotsian va xlorofill pig- mentiga ega bolgan suvo‘tlarni belgilang.


1) xrokokk; 2) xlorella; 3) ossillatoriya; 4) nostok; 5) spirogira
A) 2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 3,4,5

9. Prokariotlarni aniqlang.


1) pichan tayoqchasi; 2) xrokokk; 3) bakteriofag; 4) ossilatoriya; 5) pnevmokokk; 6) qutirishning qo‘zg‘atuvchisi; 7) gommozning qo^zg^atuvchisi; 8) achitqi; 9) xlorella; 10) sianobakteriyalar.
A) 2,4,5,7 B) 1,2,3,4,6 C) 2,4,6,9,10 D) 1,3,7,8,10

10. Quyidagilardan oq po‘panak zamburug‘ining xusu- siyatlarini belgilang.


1) vegetativ tanasi bitta hujayradan iborat; 2) mitselisi to‘siqsiz, ko;p hujayrali; 3) vegetativ tanasi to‘siqsiz; 4) spora hosil qiluvchi organi sharsimon; 5) sporangiy bandi shoxlanmagan; 6) spora hosil qiluvchi bandi shoxlangan; 7) jinsiy ko‘payish kuzatilmaydi; 8) zigota o‘sib sporangiy hosil qiladi; 9) namlik, issiqlik, yorug‘lik, oziq yetarli bo‘lsagina yashay oladi
A) 2,4,7,9 B) 1,3,4,5,8 C) 3,4,5,9 D) 1,3,4,6,8

11. Bakteriyalarni prokariotlar guruhiga kirishini sa- bablarini ko‘rsating.


1) endoplazmatikto‘rning mavjud emasligi 2) sitoplazmaga ega 3) sitoplazmasida DNK mavjudligi sababli 4) plazmatik membranag egaligi uchun 5) genenik axborotini tinimsiz ishlab turishi 6) oqsil sintezi ribasomalarda kechganligi uchun
A) 2,4,6 B) 1,3,5 C) 1,3,6 D) 2,4,5

12. Oraliq xo‘jayinga ega bo‘lgan organizmlarni aniqlang.


1) jigar qurti; 2) vertisillium; 3) zang, zambui;ug‘i; 4) nematoda; 5) exinokokk
A) 1,3,4,5 B) 1,3,5 C) 1,2,5 D) 1,3,4

13. Quyidagi organizmlarni ularga xos bo‘lgan xususi- yatlar bilan mos ravishda juftlanganjavobni aniqlang.


1) pnevmokokk; 2) oq po‘panak; 3) nostok; 4) kalmar; a) qalin hujayra qobig‘iga ega emas; b) avtotroforganizm; c) saprofit holda oziqlanadi; d) parazit holda hayot kechiradi
A) 1-a; 2-c; 3-d; 4-b B) 1-d; 2-c; 3-b; 4-a
C) 1-a; 2-d; 3-b; 4-c D) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a

14. Zamburug‘lar (a) va lishayniklar (b) faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlang.


1) transduksiya jarayonining sodir bo‘lishi; 2) yem-xashak o‘simliklaridan silos bostirish; 3) fotosintezni amalga oshirishi; 4) g‘o‘zada vilt kasalligining yuzaga kelishi
A) a-1; b-2 B) a-3; b-1 C) a-4; b-3 D) a-1; b-4

15. Quyidagilardan penitsill zamburug4ining belgilari- ni ko‘rsating.


1) tuban zamburug‘; 2) yuksak zamburug‘; 3) zigota hosil qilmaydi; 4) jinsiy ko‘paya oladi; 5) vegetativ tanasi to‘siqli; 6) mitseliysida spora hosil qiluvchi organlar hosil bo‘ladi; 7) mitseliysi to‘siqli, vegetativ tanasi bir hujayrali; 8) mog4or zamburug‘lariga mansub; 9) vegetativ tanasi ko‘p hujayrali; 10) hujayrasi ko‘p yadroli A) 4,5,6,8,10 B) 2,3,5,7 C) 1,4,5,8,10 D) 4,6,8,9

16. Tirik organizmlar dunyosi va ular ning xususiyatlari o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang


1) zamburuglar dunyosi 2) bakteriyalar dunyosi a) yadrosi shakllangan b) mitoxondriyaga ega c) xemosintez xususiyatiga ega d) avtotrof va geterotrof organizmlar e) spora orqalo ko‘payadi f) mikoriza hosil qiladi
A) l-a,b,e; 2-d B) l-a,b,d,f; 2-c,d,e
C) l-a,c,e; 2-c,d,e D) l-b,d,e; 2-c

17. Prokariot organizmlariga xos bolgan xususiyatlarni aniqlang.


1) atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtiradi; 2) xlorofill pigmentiga ega; 3) aerob holda hayot kechiradi; 4) mitoxondriya organoidi mavjud; 5) mezosomaga ega; 6) yadrosi ikki qavat membrana bilan o‘ralgan
A) 2,3,5 B) 1,3,6 C) 1,4,5 B) 2,4,6

18. Kalamit (a), ustritsa (b) va leyshmaniya (c) ga te- gishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang.


1) avtotrof organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) eukariot organizm; 5) geterotrof organizm; 6) umurtqasiz hayvon.
A) a-4; b-6; c-5 B) a-2; b-1; c-5
C) a-3; b-4; c-1 D) a-4; b-5; c-2

19. Eukariot hujayrasining qaysi qismida ribosoma shakllanadi?


A) Golji majmuasida B) Donador ept
C) silliq ept D) yadrochada

20. Achitqi zamburuglarida glukoza glikoliz jarayonida qaysi moddalargacha parchalanadi?


A) karbonat angidrid, etil spirt


B) atsetat kislota, karbonat angidrid
C) suv, etil spin, karbonat angidrid
D) shakar, karbonat angidrid

21. Ossilatoriya haqidagi noto‘g‘ri fikrni aniqlang


A) Sitoplazma rangsiz sentroplazma va uni ocrab olgan rangli xromatoplazmalarga ajraladi
B) Hujayrasini membrane va pektindan iborat qobiq o(rab turadi
C) Tashqi muhitning noqulay sharoitlariga moslashuvchan, atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtiradi D) Ko‘k fikotsian va yashil xlorofill pigmentlarga ega bo(lib, fotosintez jarayoni xloroplastlarda kechadi

22. Quyidagi organizmlarga mos ta’riflar to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.


a) parmeliya; b) batsidiya.
A) a -avtotrof organizm; b-prokariot organizm
B) a-bargsimon lishaynik; b-eukariot organizm
C) a-prokariot organizm; b-bargsimon lishaynik
D) a-eukariot organizm; b-parazit prokariot

23. Dengiz suvo‘ti (a), prokariot (b), lishaynik (c) berilgan javobni aniqlang.


A) a-kladofora; b-qizilcha qo‘zg‘atuvchisi; c-gripp qo(zg‘atu- vchisi
B) a-yapon laminariyasi; b-nostok; c-parmeliya
C) a-ulotriks; b-qoqshol qo‘zg‘atuvchisi; c-nemalion
D) a-porfira; b-gerpes; c-kladoniya

24. Quyidagi organizmlarga xos ta’riflar to‘g‘ri berilgan javobni belgilang.


a-achitqi zamburugl; b-mog‘or zamburugl
A) a-hujayra bir yadroli oval shaklida sitosklet mavjud; b- saprofit oziqlanadi mitselisida to‘siqlar mavjud
B) a-mitseliysi ko(p hujayrali sitosklet mavjud; b-sporalar orqali jinsiy kocpayadi prakariot organizm
C) a-kurtaklanish yo6li bilan ko'payadi avtotrof organizm; b-mitsiliysi bir hujayrali sitosklet mavjud
D) a -xemotrof organizm sitosklet mavjud ; b-yuksak zam- burug‘ saprofit oziqlanadi.

25. Nima sababdan bakteriyalarmng genlari uto'xtovsiz” ishlaydi?


A) ribosomalarining bo'lmasligi
B) DNK oqsillar bilan komplekslar hosil qilmasligi
C) yadro membranasining bo'lmasligi
D) DNK oqsillar bilan komplekslar hosil qilganligi

26. Qaysi organizmlarda tanasi to‘qima va organlarga ajralmagan?


a) meduza; b) aktiniya; c) ulva; d) nitella; e) plaun; f) yo‘sin
A) a,b,e,f B) a,b,c,d C) c,d,e,f D) a,b,c,d,e,f

27. Barcha tirik organizmlar energiya olish turiga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi?


A) fototrof, genenotrof B) avtotrof, geterotrof
C) avtotrof, saprofit, parazit D) fototrof, xemotrof

28. Qaysi javobda achitqi zamburug‘iga xos xususiyat- lar keltirilgan.


A) Hujayrasi ko'p yadroli va tuproq yuzasiga sporalari- ni sochadi
B) Har xil spora hosil qiladi, xematrof organizm
C) Mevatanaga ega fatotrof organizm
D) Haqiqiy mitsileyga ega emas tanasi alohida alohida hu- j ayralar dan iborat

29. Xantoria haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni toping.


A) tarkibida lixenin uchraydi
B) poya va barglari yordamida ko‘payadi
C) xitin qobiqli hujayralari bor
D) avtotrof oziqlanadi

30. Eukariot organizmlariga xos bolgan xususiyatlarni aniqlang.


1) atmosferadagi erkin azotni o‘zlashtiradi; 2) geterotrof organizmlarga ega; 3) avtotrof organizmlarga ega; 4) endoplazmatik tor organoidi mavjud; 5) tashqi membrana zaxirasiga ega; 6) sitoplazmaning o‘zidan o‘zi ko‘payadigan organoidi hisoblangan organoidiga ega
A) 2,3,5 B) 1,3,6 C) 2,4,6 B) 3,4,5

Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling