Kirish: Reja: Mulk va ularning turlari tushunchasi
Download 117.8 Kb. Pdf ko'rish
|
113385 (1)
Mavzu: Mulkchilikning asosiy shakllari. Kirish: Reja: 1. Mulk va ularning turlari tushunchasi. 2. Mulk, uning turlari va shakllari. 3.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. 4.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari. Mulk bu daromad olish ishlab chiqarish obeyktlarini o’z ichiga olish ishlatish va ularning tasarruf etish foydalanish va ularni tasarruf etish maqsadida ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan munosabat. Iqtisodiy aloqalar- ishlab chiqarish vositalari bilan mulkiy munosabatlar. Mulkning huquqiy toifasi – mulk to’g’risidagi tayinlanishning mol-ulkiga bog’liqligi (qonun normalarda belgilngan). Mulkning huquqiga toifasi sifatida mulkiy munosabat. Bu mol-mulkning mol – mulki yoki narsalarga bo’lgan munosabatidir. Mulkchikik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib insoniyat taraqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari – bu mulkga egalik qilish foydalanish tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol – mulkning misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol – mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol – mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojini qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish bu mol –mulk taqdirining taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol – mulkni sotish meros qoldirish hadya etish ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali namoyon bo’ladi. Mulkchilik munosabatlari uning obektlari va subektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obektlaridir. Mulk obekti bo’lib inson yaratgan moddiy va manaviy boyliklar tabiiy boyliklar aqliy mehnat mahsuli insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk obektiga asosiy bo’g’in – bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi. Mulkchilik munosabatlari uning obyektlari va subyektlari bo'lishini shart qilib qo'yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obyektlaridir. Mulk obyekti boʻlib, inson yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy bo'g'in bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki boʻlsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo'ladi. Mulk subyekti jamiyatda maʼlum ijtimoiy iqtisodiy mavqeiga ega bo'lgan, mulk obyektini Oʻzlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari boʻlib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan boʻladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyekti boʻlib chiqadi. MULK, M i l k (koʻpligi - amlok) - ma’nodosh boʻlgan va koʻpincha aralash holda qoʻllaniladigan istiloxdar (MLK oʻzagidan -"ega boʻlmoq"). Mulk ham cheklanmagan hokimiyat (jumladan, podsho hokimiyatini) va shak-shubhasiz xususiy egalikni, ham mana shu xususiy egalik ob’ektini, milk esa - faqat xususiy egalik ob’ektini anglatadi. Xususiy egalik huquqi meros, sotib olish, in’om, xususiy egalik ob’ektini yaratish (buyumlar yasash, unumsiz yerni oʻzlashtirish, foydali qazilmalar qazib chiqarish va b.) va harbiy oʻlja sifatida bosib olish yoʻli bilan vujudga keladi. M. muddatga ega emas,shuning uchun topib olingan buyumning egasi noma’lum boʻlsa, topgan kishining xususiy mulki boʻla olmaydi - uni xayriya maqsadlariga berish yoki sarflash lozim boʻladi (bundan qad. xazinalar mustasno). Tashlandiq egasiz yer, uni qayta ishlagan shaxsning xususiy yeriga aylanadi - bu holda yer oʻz mohiyatini yoʻqotgan, foydasiz boʻlib qolgan va shuning uchun xususiy egalik ob’ekti boʻla olmaydi deb hisoblanadi. Biroq, amalda tashlandiq yer koʻpincha oldi-sotdi ob’ektiga aylangan, demak uning egasi hayotligida yerga ishlov berilmagan hodda ham xususiy egalik huquqi bekor qilinmagan. Soliq belgilashdagi farqlar, soliq maqomining oʻzgarishlari yerga xususiy egalik huquqiga ta’sir qilmagan. Butun oʻrta asrlar tsavrida katta-katta mulk yerlari davlat boshliqlari ixtiyorida boʻlib kelgan. Musulmon huquqiga koʻra, M. nafaqat moddiy ob’ektlar, balki turli huquqlar (mas., kanaldagi suvdan olinadigan ulushga boʻlgan huquq) ham boʻlishi mumkin, ularni ham sotib olish va sotish, garovga berish ham mumkin boʻlgan. Faqat musulmon kishi uchun foydasiz yoki man etilgan narsalargana (vino, choʻchqa va b.) xususiy egalik ob’ekti boʻlishi mumkin emas. Mulk — moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan oʻzlashtirilishi; mulkka egalik huquqi hamda mulk obʼyektlariga egalik, ularni boʻlish, taqsimlash boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer osti boyliklari, korxona, bino, inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor mahsulot, pul, qimmatli qogʻozlar, sanʼat va adabiyot asarlari, ilmiy va texnikaviy ishlanmalar va boshqalar boʻlishi mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk subʼyektlari, yaʼni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, oilalar, jamoalar va, nihoyat, davlat kiradi. Mulkdan amalda foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi. Kishilarning moddiy neʼmatlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va isteʼmol etishdagi oʻrni, siyosiy hayotda tutgan mavqei, asosan, ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishlariga bogʻliq. Jamiyat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga koʻra mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar gʻoyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh boʻlib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari jamoaning umumiy mulki boʻlgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan boʻldi. Bu oʻzgarish tufayli jamoa mulki parchalanib, xususiy mulkka aylangan. Xususiy mulk — bu mulkni oʻzlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U 2 xil boʻladi: 1) individual — yakka xususiy mulk, yaʼni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk; 2) korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar jamiyatidagi umumiy mulkning bir qismi sifatida mavjud boʻlgan mulk. Korporativ mulk dividend keltiruvchi mulkdir. Jamoa mulki — bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki boʻlib, bu mulkning egalari shu jamoada mehnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi. Davlat mulki — davlat ixtiyorida boʻlgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan monopollashgan mulkdir. Bunday mulk obʼyekti — yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va maʼnaviy boyliklar boʻlishi mumkin. Bu mulk ijtimoiy neʼmatlarni yaratishga xizmat qiladi. Davlat bor yerda uning mulki mavjud, lekin ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli mamlakatlarda farqlanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeliga bogʻliq. Fuqarolik jamiyati doirasida davlat mulki tobora ijtimoiy yoʻnalish olmoqda, yaʼni umummilliy manfaatlarni himoya qilishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoiy mulk — tarixan sobiq sotsialistik mamlakatlarda mavjud boʻlgan. Bunda kishilar mulk egasi sifatida teng boʻladi, shuning uchun har bir kishining jamiyatdagi mavqei, turmush darajasi uning mehnati bilan belgilangan. Mulkga egalik va uni tasarruf etish muayyan iqtisodiy munosabatlarni paydo etadi va u mulkchilik munosabatlari deb ataladi. Mulk paydo boʻlishi uchun mulkka aylanadigan narsalar naf keltira olishi zarur. Mulkchilik munosabatlari mulkni kishilarning oʻziniki yoki oʻzganiki ekanligini bildiradi. Bunday munosabatlarning 3 jihati bor: 1) mulkka egalik qilish, yaʼni mulkdorlik huquqining mulk egasida saqlanib turishi; 2) mulkdan foydalanish va uni amalda ishlatish. Mulkdan foydalanilganda shaxsiy ehtiyojlarni qondirish yoki daromad topish yuz beradi. Mulkdor oʻz mulkini ishlatganda egalik qilish va mulkdan foydalanish bir qoʻlda toʻplanadi, mulk keltirgan nafni uning egasi tanho oʻzlashtiradi. Mulk oʻzgalar qoʻlida ishlatilganda bundan olingan daromadni mulkdor mulkni amalda ishlatuvchi bilan baham koʻradi; 3) mulkni tasarruf etish — bu mulk taqdirini mustaqil hal qilish, yaʼni mulkni sotish, merosga qoldirish, hadya etish, garovga qoʻyish kabi xatti-harakatlarni erkin amalga oshirilishidir. Mulkiy munosabatlarda mulkni ijaraga berish muhim oʻrin tutadi. Yer, suv havzalari, bino va inshoot kabi koʻchmas mulklar oddiy ijaraga beriladi. Qimmatbaho mashina va uskunalar (traktor, kombayn, samolyot, teplovoz, paroxod, yuk avtomashinalari va vagonlar) ijarasi lizing shaklida amalga oshiriladi. Mulk boʻlgan pul mablagʻlarni oʻz egasi tomonidan, oʻzgalarga foydalanib turish uchun berish kredit shakliga kiradi. Mulk milliy boylikni hosil etadi Mulk –ishlab chiqarishning zarur sharti va ishlab chiqarilgan boyliklarning ozlashtirilishi natijasi hisoblanadi. Insonlar buyumlarni, ne'matlarni oziniki qilib olgandagina ozlashtirishlari mumkin, chunki jamiyatda ozganiki bolgan ne'matlarni ozlashtirib bolmaydi.Har bir shaxs mulkdor bolish huquqiga ega bolib,oz mulkidan ixtiyoriy ravishda va istalgan vaqtda foydalanadi. Mulk sohibi oz mulkiga mustaqil tayanib ish koradi. Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni egallash, foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida boladigan ijtimoiy munosabatlarning majmui sifatida ta'riflanishi ham mumkin. Jamiyatning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish bilan chambarchas bogliq bolib, zero, hech qaysi bir mamlakatni mulkchilik munosabatlarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Ozbekiston Respublikasi Mulkchilik togrisidagi qonuniga kora, mulkdor oziga tegishli mol-mulkka oz ixtiyoriga kora egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Bunga asosan mulkdor oz mulkiga bolgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda oz xohishiga kora amalga oshiradi. Mulkdorning oz xohishi deyilganda, uning oz erki, irodasi bilan ozining, shuningdek boshqalarning yoki ijtimoiy manfaatlarini kozlab birovning tazyiqisiz, zorlashsiz harakat qilishi nazarda tutiladi. Mamlakatimizda kichik va orta biznes, xususiy tadbirkorlik yetakchi rol oynaydigan kop ukladli iqtisodiyot jadal shakllanmoqda. Kichik biznesni rivojlantirishni ragbatlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boyicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega bolgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini berdi5. Ozbekiston Respublikasi “Mulkchilik togrisida”gi qonuniga kora, mulkdor oziga tegishli bolgan mulkka egalik qiladi, foydalanadi hamda tasarruf etadi. Mulkni egallash huquqi –Mulkni qolda yoki unga nisbatan oz huquqlarini amalga oshiradiga imkon beruvchi biron joyda saqlab turishga aytiladi. Birovning ogirlatgan yoki yoqotggan mulkini qolda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi. Mulkdan foydalanish huquqi-Mulkning foydali xususiyatlarini olishga, mulkdan iqtisodiy maqsadlarda foydalanishga tushunamiz. Mulkdan foydalanish huquqi, mulkni egalik qilish huquqi bilan uzviy ravishda bogliqdir.Negaki mulkka egalik qilmay turib, undan foydalanib bolmaydi. Ya'ni xalq ta'biri bilan aytganda, yoq narsadan bor qilib bolmaydi. Ozganinig mulkidan kelishuvsiz, qonunda korsatilmagan tartibda foydalanilsa, noqonuniy foydalanish deb topiladi. Mulkni tasarruf etish huquqi – Mulkning taqdirini belgilashga, mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan boladigan huquqiy munosabatni belgilash, ozgartirish, yoki bekor qilishga qaratilgan huquqga aytiladi.Agar shaxs qonuniy ravishda tasarruf etgan bolsa, boshqa shaxslar bilan mulk yuzasidan bitimlar , shartnomalar shuningdek , mulkni sotish, hadya qilish, ijaraga qoyishi mumkin. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 17-moddasida korsatilishicha: Har bir inson yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqiga ega. Hech kim zoravonlik bilan oz mulkidan mahrum etilishi mumkin emas. Mulkdorlar ozlariga tegishli bolgan mol-mulkdan qonunga zid holda foydalanishga, birovlarning mulkiy huquqlarini kamsitishlariga yol qoyilmaydi. Oddiy misol qilib, agar shaxs biron-bir kop qavatli uy qurmoqchi bolsa, albatta qoshnisining roziligini olib, keyingina uy qurishligi mumkin. Agar ozboshimchalik bilan bu harakatni amalga oshirsa , tegishli tartibda harakati asossiz deb topiladi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida shunday deyiladi: Mulkdor mulkdan foydalanishda ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar , yuridik shaxslar va davlatntng huquqlarini hamda qonuniy bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Fuqarolik Kodeksining 192- moddasiga kora , yoqolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yoqotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bolgan ozga ma'lum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga topshirishi shart. Fuqarolik Kodeksining 193- moddasiga asosan, agar olti oy mobaynida topilmaning egasi aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini qolga kiritadi. Mulk shakli deganda- Moddiy ne'matlarni muayn subyektlarga tegishli bolishini mustahkamlovchi va tegishli mulkning huquqiy rejimini belgtlovchi huquqiy me'yorlar yigindisidan iborat.6 Ozbekiston Respublikasi FK ning 167-moddasiga Ozbekiston Respublikasi quyidagi mulk shakllari mavjud: 1. Xususiy mulk. 2. Ommaviy mulk. Shu bilan birga xususiy mulk ham bir necha turlarga bolinadi: a) yakka shaxsga tegishli mulk.b)nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk esa: a) Ozbekiston Respublikasi mulki. b) ma'muriy tuzilmalar mulki.(munitsipal mulk). Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Demak davlat barcha mulk shakllarini himoyalaydi, ularga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Agar mulkdor qonundan chetga chiqqan holda faoliyat olib borsa, oziga tegishli bolgan mulkdan mahrum bolishi mumkin. Fuqaro mulki xususiy mulkning oziga xos korinishi bolib, mulkning boshqa turlariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega: 1. Mulkdor har doim konkret shaxs boladi. 2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin boladi. 3. Bunday mulk tashmachilik, ogrilik, xojasizlikning qurboni bolish ehtimolidan uzoq boladi. Ozbekiston Respublikasi FK ning 209-moddasiga asosan xususiy mulkning subyektlariga quyidagilar kiradi: -uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-rozgor buyumlari; - aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qogozlar; -ishlab chiqarish; xizmat korsatish , savdo va boshqa xojalik faoliyati sohasidagi korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshooatlar, uskuna, transport va boshqa ishlab chiqarish vositalari; -ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatining boshqa natijalari; - iste'mol qilishga va ishlab chiqarishga moljallangan har qanday boshqa mol-mulk qonunlarga muvofiq xususiy mulk bolishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan mustasno. Ozbekiston Respublikasida ommaviy mulkning, xususiy mulk singari bir qancha turlari mavjud. Bularga: a) Ozbekiston Respublikasi mulki. b) ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulki ( munitsipal mulk) Ozbekiston Respublikasi mulkiga quyidagilar kiradi: davlatga tegishli bolgan mol- mulk, yer, yer osti boyliklari, suv, havo boshligi, osimlik va hayvonat dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar. Ozbekiston Respublikasi ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulkiga esa quyidagilar kiradi: mahalliy budjet mablaglari, munitsipal uy-joy fondi va komunal xojalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sogliqni saqlash massasalari. Ozbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning mulk turlari quyidagicha turlanadi: a) mahalla mulki. b) ijara korxonasining mulki.v) xojalik shirkati mulki.g) diniy tashkilotlarining mulki.ye) jamoat birlashmalarining mulki. Chet el fuqarolariga Ozbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik qilish huquqi beriladi. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin otkazilishini kafolatlaydi. Ozbekiston iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan keng miqiyosdagi islohatlar shu kafolatlar mavjud ekanligidan kelib chiqib olib borilmoqda. Mulkchilik turi va shakli bevosita bog'liq bo'lib, ijtimoiy hayotning aniq tarixiy shartlari bilan oldindan belgilab qo'yilgan. Shu bilan birga, mulk turi ma'lum bir ijtimoiy-iqtisodiy tizimning mavjudligi bilan belgilanadi. Ma'lumki, mulkturlarining bunday tasnifi u bilan to'liq mos kelmasa ham, shakllanish deb ataladi. Mulkchilikning har xil shakllari mulkchilik turlariga mos keladi. Xususiy mulk ishlab chiqarish vositalari va natijalari jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan joyda sodir bo'ladi. Kollektiv (guruhli) mulk mehnat va mulkning jamoaviy birligini, ya'ni jamoaning har bir a'zosi ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlarning egasi bo'lgan ularning holatini ifodalaydi. Jamoat mulki - bu umumiy narsadir, ayrim ob'ektlarning butun jamiyatga tegishli bo'lishi. Ushbu mulk shakli, qoida tariqasida, davlat mulki shaklida harakat qiladi. Xususiy mulk ustun bo'lgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat mulki quyidagilnatijasida vujudga kelishi mumkin. MULKCHILIK SHAKLLARI SHaxsiy mulk-fuqarolarning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mulk Aralash mulk turli mulk shakllari sintezidan tashkil topib, shunga muvofiq tarzda o'zlashtiriluvchi vosita va ne'matlar Davlat mulki - o'z vazifalarini bajarish maqsadida davlat tomonidan o'zlashti chi turli vosita va ne'matlarga aytilad. Yakka tartibdagi xususiy mulk - alohida olingan mulkdor tomonidan o'zlashtiriluvchi vosita va ne'matlar Korporativ xususiy mulk - ma'lum maqsad yo'lida o'zaro birlashgan mulkdorlar mablag'iga asoslangan korxonalar tashkil etish orqali o'zlashtiriluvchi vosita va ne'matlar Xususiy mulk - ayrim kishilar va guruhlarga tegishli bo'lib, yollanma mehnatdan foydalanib daromad topishga qaratilgan Affiliatsion mulk umumiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulkning bir shaklida, bir nechta yuridik yoki shaxslarning kapitalini o'z ichiga oladi. Biz o'zaro hissasi (ishlab chiqarish, er, pullar, moddiy qiymatlar, innovatsion g'oyalar) asosida tashkil etilgan korxonalar haqida gapiramiz. Korporativ mulk kapitalning mulkiy sarlavhalari - aktsiyalarning bepul sarlavhalari tomonidan shakllangan kapitalning ishlashiga asoslanadi. Harakatning har bir egasi aktsiyadorlik jamiyatining egasi hisoblanadi. Doirasida Davlat mulki Jamoat, davlat va milliy mulki ajratilishi kerak. Kollektiv mulk U jamoa xodimlari orasida ushbu korxonada band bo'lgan jamoa xodimlari orasida shakllantiriladi (bunday yopiq aktsiyadorlik jamiyati). Davlat mulki Bu jamiyatning barcha a'zolarining mulkiy vazifasini bajaradi. Biroq, mulkchilik munosabatlari orqali tayinlash munosabatlarini amalga oshirish davlatning barcha qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, jamiyatning barcha qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini aniqlash uchun mo'ljallangan. Umumiy mulk U butun jamoat domenining o'ng tomoniga (to'g'ridan-to'g'ri) va bir vaqtning o'zida hamma va har bir kishiga tegishli ekanligini taxmin qiladi. "Rossiya Federatsiyasida xususiy, davlat, munitsipal va boshqa mulkchilik shakllari tan olingan va himoyalangan (Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 8-moddasi). Ga mulkchilikning boshqa shakllari Mamlakatimiz quyidagilarni o'z ichiga oladi. Individual mulk. Ushbu shakl bitta mavzuda kontsentratsiya qiladi: mehnat, menejment, daromad va mulkni yo'q qilish. Zamonaviy iqtisodiyotda, ular deb atalmagan mulkdorlar deb nomlanish uchun bu erda hisobga olinishi mumkin. Rossiyada bu bo'lishi mumkin: dehqonlar, etakchi fermer xo'jaligi; individual savdogarlar (shu jumladan "transport vositalarida"); Himoya shifokorlari; Advokatlar, mehnat, menejment, daromad va mulkni yo'q qiladiganlar. Kooperativ mulk. Ushbu shakl individual egalarning ittifoqiga asoslanadi. Hamkorlikning kooperativida o'z mehnat va mol-mulkida qatnashadi, dona daromadlarni taqsimlashda teng huquqlarga ega. Aktsiyadorlik. Bu qimmatli qog'ozlar - aktsiyalar va obligatsiyalarni amalga oshirish va amalga oshirish natijasida yaratilgan guruhli xususiy mulk. Qimmatli qog'ozlar mavjudligi aktsiyadorlik mulkchilikning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi. Aralash mulk. Bu ish turli shakllar va mulkiy munosabatlarning tarqalishi natijasida, individual shakllarning ichki miqdori murakkablashadi. Masalan, davlat korxonalarida xususiy tavsiyalar va kooperatsion xarakterga ega bo'lishi mumkin. Rossiyaning o'tish davri iqtisodiyotida bu jarayon muhim miqyosda amalga oshirildi. Birlashtirilgan shakllar. Zamonaviy iqtisodiyotni samarali ishlash va amalga oshirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish turli xiLda bo’ladi. Jamoa mulki - muayyan maqsad yo‘lida o‘zlarida bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga kooperativlaming, ijara va jamoa korxonalarining, aksiyadorlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlar-ning mulki kiradi. Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning oilaviy faoliyat yuritishida shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishiga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati va undan kelgan daromadlari asosida ko‘payadi va rivoj topadi. Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga ham asoslanadi. Shaxsiy mulk ob’yektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin. «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kichik korxonalar fuqaro va uning oila a’zolarining mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’yektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin. Xususiy mulk - ayrim tadbirkorlarga qarashli bo‘lib, yollanma mehnatga asoslangan holda daromad olishga qaratilgan mulkdir. Bozor tizimida alohida tartibdagi insonlar va ishlab chiqaruvchilar mulk resurslarini ko’piga egalik qiladi. Kapitalga bu tarzda keng miqyosda egalik qilishdan kapitalizm termini kelib chiqqan. Xusisiy mulkdorlik insonlar va ishlab chiqaruvchilarga resurslardan o’zlari istaganidek foydalanish imkoniyatini beradi. Xususiy mulkdorlarning meros belgilash ayni paytda xususiy mulkdorlik institutlarini saqlab qolishga yordam beradi. Mulk huquqlari investitsiya, innovatsiya, ayriboshlash, mulkni o’zida saqlab qolish va iqtisodiy yuksalishlarga turtki bo’ladi. Hukumat yordamisiz alohida tartibdagi tadbirkorlar yer va resurslardan hech qanday foyda ko’rolmas edi. Mulk huquqlari ko’lamini tovar markalari, mualliflik huquqlari va patentlar olish kabi masalalar ham tashkil etadi. Yakka tartibdagi insonlarni huquqlarini hukumat tomonidan bunday himoyalanishi juda ko’p turli faoliyat turlari bilan hadikmay harakatlanishini ta’minlaydi. Buning ustiga, muldorlik huquqlari ayriboshlashni yengillashtiradi. Aytaylik, avtomobilning hujjatlari yoki biror firma bilan tuziladigan rasmiy shartnoma uning huquq doirada harakatlanayotganini ko’rsatadi. Shunigdek, mulkka aloqador huquqlar o’z mulkini qiymatini oshirish yoki saqlab qolish uchun uni takomillashtirishga yoki saqlab qolishga rag’batlantiradi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mulkdorlik huquqlari insonlarga tovar ishlab chiqarish va xizmatlarni himoya qilish va saqlab qolish uchun ketkazgan vaqt va resurslardan ularni ishlab chiqarishda foydalanishga yordam beradi. Ishlab chiqaruvchi korxonalarning uchta asosiy qonuniy shakllari mavjud:128 Yagona boshqaruvga asoslangan mulkdorlik-ka bir inson egalik qiluvchi va boshqaruvchi korxona kiradi. Odatda, mulkdor butun ishlab chiqarish jarayonini boshqarib boradi. Ishlab chiqarish muassasasining o’zaro hamkorlikka asoslangan sheriklik shakli yagona boshqaruvga asoslangan mulkdorlikni tabiiy kattalash-tirilgan turi hisoblanadi. Bunda korhonada, ishlab chiqarishni amalgam oshirish uchun bir necha ishchi xizmatchilar hamkorlikda ish olib boradilar. Odatda, ular o’zlarining moliyaviy resusrslari va biznes mahoratlarini baham ko’radilar. Natijada, ular yo’qotish va foydaga erishishda tavakklachilikka asoslanadi. Korporatsiya resurslar va aktivlarga ega bo’ladi, tovarlarni ishlab chiqaradi va sotadi, qarzlar oladi, kreditlarni cho’zdiradi, qonuniy da’volar ochadi yoki unga nisbatan qonuniy da’volar qo’zg’atilishi mumkin va ishlab chiqarishni boshqa turlari bajaradigan vazifalarni bajaradi. Korporatsiya yakka tartibdagi aksionerlardan farq qiladi. ko’p korporatsiyalar yollanma boshqaruvchilar tomonidan boshqariladi. Biznes korxonalarining korporativ boshqariluv shakli ko’pgina afzal-liklarga ega bo’lib, ularni AQShdagi eng katta foyda ko’ruvchi va savdo faoliyatlarini amalga oshiruvchi qilib shakllantirgan. Korporatsiya o’z imkoniyatlari va ishlab chiqarish ko’lamlarini kengaytirishni moliyalashtirish uchun pul-mablag’larini yig’adigan biznes tashkiloti turning eng samarali turi hisoblanadi. Korporatsiya aksiya va obligatsiyalarni sotish orqali yagona moliyalashtirish metodlariga ega bo’lib, bu uni ko’p kishilarning moliyaviy resurslarini bir maqsadga yo’naltirishga imkoniyat beradi. Oddiy aksiya korporatsiya egaliligida baham ko’rishni ifoda etadi. Akiya sotib olgan inson korporatsiyaning mutasaddi laviozimli ishchisini saylash va dividendlar bo’lishib olishga huquqli insondir. Agar siz Out Tell korporatsiyasini 100000 ta aksiyadan 1000 tasini sotib olsangiz, kompaniya daromadlarining 1 foiziga ega bo’lasiz,bu esa sizga direktorlar komiteti tomonidan belgilangan dividendlarni 1 foizini olishga va kompaniyani yuqori lavozimli kishilarini saylash ovozlarini 1 foiziga ega bo’lasiz.l mulkchilik shakllarini birlashtirish, har birida o'z tarkibini o'z ichiga oladi. Natijada, birlashtirilgan shakllar hosil bo'ladi. Bularga qo'shma korxonalar, xoldinglar, moliyaviy va sanoat guruhlari, tashvishlar, ishonch va boshqa shakllar, huquqni kengaytirish, daromadlarni taqsimlash va mulkni yo'q qilish. Xususiy mulk huquqi qonun bilan himoyalangan. "Har bir inson mulkka egalik qilish, ularning mulkiga egalik qilish, ularning ikkalasi ham, boshqa shaxslar bilan birga, undan zavqlanish, zavqlanish va ularni boshqa shaxslar bilan birgalikda tasarruf etish huquqiga ega Xorijiy investistiyalar uchun bunday imtiyozlarning belgilanishi, shubhasiz, yaqin yillar davomida mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida ular ishtirokining yanada kengayishi va, buning natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Res’ublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki be’ul berilishida, aholining ko’’roq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qo’lanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi. O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. ‘ulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni be’ul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari ‘aydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini bar’o etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar bar’o etishga ham sarflanadi. Navbatdagi muhim xususiyat - res’ublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga akstiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini be’ul to’shirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. Ijtimoiy kafolatlar iste’mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng kam ish haqini, daromad solig’ini tartibga solish kabilarni ham o’z ichiga oladi. Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar: hissadorlar, xususiylashtirilgan uy-joylarning, sotib olingan texnika va avtotrans’ort vositalarining, er maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o’z ifodasini to’adi. Res’ublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari ‘rezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: a) davlat mulkini xususiylashtirish res’ublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi. Res’ublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi. Asosiy tayanch tushunchalar: Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri. Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui. Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi. Mulqni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli. Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari. Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishi. Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi. Xulosalar: 1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis ketmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion, madaniylashish (stivilizastiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, sostial-iqtisodiy shakllarning o’zgarishi kabi jihatlar bo’yicha yondoshuvlar mavjud. 2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy nazariyada ko’’incha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi. Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir. 4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks etadi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob’ektni o’zlashtirish va foydalanish borasida sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni sub’ektning ob’ektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi. 5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investistion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kom’leks dasturdan iborat jarayondir. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan davlatning mono’ol hukmronligiga chek qo’yib, jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo’l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum darajada haqiqiy egalari -fuqarolarga berish demakdir. Ko’’incha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo’lib berib bo’lmaydi, bunda aholining hammasi mulkka ega bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o’z zimmasiga olavermaydi. Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalom bor, xususiylashtirish yo’li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to’laroq foydalanish va ular yo’l qo’ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko’lami dasturini ishlab chiqarish zarur. Xuquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo’jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha kamaytirish va ayrimlarini ma’lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur. Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo’lib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo’lib, akstiya sotib olish va korxona mulkida o’z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar. Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma’lum jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni doimo raqobat kurashida o’z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo korxona raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat byudjetidan mablag’ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali barham beriladi. Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o’tishni aks ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo’yilgan vazifa katta bo’lib, ya’ni xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o’z qaramog’ida turli uslublar orqali birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajratish uchun bir qancha tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo’ladi. Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning yangi bosqichiga o’tishiga bo’lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. Xususiylashtirishning rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omillardan biri - bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo’lib qolmay, balki o’rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi. Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko’zda tutadi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun zarur bo’lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada, 1997 yilda savdo-sotik hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g’ri keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi, hamda ularning aktsiyalari respublika qimmatbaho qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg’in tashkil qilindi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida, hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish -ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga o’tdi. Bu bosqich davrida (1996- 1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar ro’yxatiga kirmagan barcha ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi - beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolga yo’naltirilgan. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashgirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin- asta pasaytirib borishi, hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi. Respublikada xususiylashtirishning maqsadli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning maqsadli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning Moliyaviy manbalari paydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi. Navbatdagi muhim xususiyat — respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi. Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalari ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi. Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi» deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki, deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum kismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida haralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi: Download 117.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling