Mavzu: Tanlov savdolari Reja: Tanlov tushunchasi. Tanlov o`tkazish mezonlari
Download 42.88 Kb.
|
Tanlov savdolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar.
Mavzu: Tanlov savdolariReja:1. Tanlov tushunchasi. Tanlov o`tkazish mezonlari.2. Tanlov savdolarining afzalliklari. Tanlov o`tkazishda xarid komissiyasi.3. Tanlov o`tkazishi to`g`risidagi elon, tanlov hujjatlari.4 Tanlov ishtirokchilarini takliflarini ko`rib chiqish, Natijalar bo`yicha shartnoma tuzish va ijro etishXulosaFoydalanilgan adabiyotlar.Tayanch iboralar: Tanlov, Savdo, mezonlar, davlat xaridi, takliflar, portal, elektiron savdo, buyurtmachi.1. Tanlov tushunchasi. Tanlov o`tkazish mezonlari.Tanlov-bu shartnomani bajarish bo’yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi g’olib deb topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi hisoblanadi. Davlat xaridi to’g’risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov o’tkazilishi to’g’risidagi e’lonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi shaxslarga ma’lum qilinadi.Tanlovni o’tkazish mezonlari. Tanlov vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o’zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi: - tovarning (ishning,xizmatning) batafsil va aniq ta’rifini tavsiflash imkoniyatining mavjudligi; - g’olibni aniqlash mezonlari tovar (ish,xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega bo’lishi; - Tovar qiymati bir shartnoma bo’yicha bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravaridan 25000 baravarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etishi;- xizmatlarning,ishlarning qiymati bir shartnoma bo’yicha bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 25000 baravarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etishi. Byudjet buyurtmachilari uchun tanlovdagi davlat xaridlari: * tovarning qiymati bir shartnoma bo’yicha bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravaridan 6000 baravarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etishi kerak;* ishlarning, xizmatlarning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 6000 baravarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etishi kerak. Agar investitsiya loyihalari doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,qarorlari va farmoyishlari bilan davlat buyurtmachilariga tenderni o’tkazmasdan tovarlarni (ishlarni,xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomilini davlat xaridining summasidan qat’iy nazar tanlov o’tkazish orqali amalga oshiriladi. Davlat xaridini tanlov o’tkazish orqali amalga oshirish uchun kamida 5 nafar a’zodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. Shartnomani bajarish bo’yicha eng yaxshi shartlar tanlov ishtirokchilarining takliflarini baholash bo’yicha e’lon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi. Download 42.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling