Mavzu: Tanlov savdolari Reja: Tanlov tushunchasi. Tanlov o`tkazish mezonlari
Tanlov ishtirokchilarini takliflarini ko`rib chiqish, Natijalar bo`yicha shartnoma tuzish va ijro etish
Download 42.88 Kb.
|
Tanlov savdolari
4 Tanlov ishtirokchilarini takliflarini ko`rib chiqish, Natijalar bo`yicha shartnoma tuzish va ijro etishDavlat xaridlari tizimining shaffofligini ta‘minlash hamda uni yanada takomillashtirish hisobiga korporativ buyurtmachilar, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega bo`lgan xo`jalik jamiyatlari va korxonalar mablag`larining maqsadli sarflanishini ta‘minlash hamda samaradorligini oshirish, davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik sub‘ektlarini keng jalb qilish maqsadida O`zbekistonda davlat moliyasini islohotlari va davlat xaridini tashkil etishni takomillashtirish bo`yicha bir-qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish asosiy istiqbolli yo`nalish hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasida ushbu sohada huquqiy bazani shakllantirish maqsadida qator qonunlar qabul qilindi, jumladan: ―Elektron imzo to`g`risida‖ (11.12.2003y), ―Elektron tijorat to`g`risida‖ (29.04.2004y), ―Elektron hujjat aylanishi to`g`risida‖ (29.04.2004y), ―Elektron to`lovlar to`g`risida‖ (16.12.2005y) va boshqalar. Shuningdek, mazkur qonunlar ijrosini ta‘minlash yuzasidan hukumat tomonidan qator qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining ―Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi (30.01.2007 y. 21-sonli), ―Elektron tijoratni amalga oshirishda to`lovlar o`tkazishni yanada takomillashtirish choratadbirlari to`g`risida‖gi (12.06.2007 y. 120-sonli) va ushbu qarorga ilova etilgan, 2007-2008 yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda to`lovlar o`tkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari Rejasi qabul qilindi. Ushbu qaror asosida, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G`aznachiligi, boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda, davlat byudjetining g`azna ijrosini amalga oshirishda elektron tijorat mexanizmlarini tartibga soluvchi me‘yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdi va ushbu hujjatlar tasdiqlanish bosqichida ko`rib chiqilmoqda. Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasidagi texnik hamkorlikning natijasi sifatida, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor idoralar, Koreya Respublikasidagi manfaatdor idoralari bilan birgalikda, 2009-2010 yillarda bajarilishi lozim bo`lgan loyihalarni(Koreya tomoni tajribasi asosida) ishlab chiqdilar. Download 42.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling