Mavzu: Tanlov savdolari Reja: Tanlov tushunchasi. Tanlov o`tkazish mezonlari
Download 42.88 Kb.
|
Tanlov savdolari
Internet-texnologiyalarni joriy etish, savdoni o`tkazishga tayyorgalik jarayonlarini va tanlov savdolarini samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, tanlovga ishtirok etishni soddalashtirish va uning shaffofligini oshirish hisobiga tovar va xizmatlar etkazib beruvchilar sonini ortishiga olib keladi. Davlat buyurtmasini joylashtirish bo`yicha savdolarga mamlakatning chekka hududlaridagi kichik va o`rta korxonlar ham ishtirok etish imkoniyati oshadi. Natijada raqobat kuchayib, ancha foydali takliflar yuzaga chiqadi.Dunyodagi ko`plab mamlakatlar singari O`zbekiston Respublikasida ham davlat xaridi tizimini isloh etishga, xaridlarni elektron tarzda amalga oshirishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Elektron savdolarni juda tez sur‘atlarda o`sishiga internet, telemuloqot va axborot texnologiyalari katalizatorlik rolini o`ynamoqdalar. Davlat ehtiyojlari uchun elektron savdolar tizimi AQSh, Meksika, Chili, Peru, Evropa Ittifoqi kabilarda elektron savdolar tizimining yangi bir varianti sifatida yuzaga keldi. Ya‘ni, B2B (business-to-business) sektorining rivojlanishida yangi fragment – B2G (business-to-government) ajralib chiqdi. Bu o`z navbatida, zaruriy texnik, texnologik, huquqiy bazani yanada takomillashuviga olib keldi. Avstraliya, Kanada, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda esa, davlat tuzilmalarini zamonoviylashtirish dasturi doirasida va ―elektron hukumat‖ (e-government) ga o`tish bilan davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish tizimi joriy etildi. Ya‘ni, ―elektron hukumat‖ dasturini joriy etish jarayonida huquqiy asoslarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik zamin hozirlash, undan so`ng, davlat xaridini elektron tashkil etish tizimi infratuzilmasini bosqichmabosqich amalga oshirildi. Ushbu dasturni amalga oshirish, davlat bilan yangi telemuloqot muhitda yaqindan hamkorlik qilmoqchi bo`lgan tijorat tuzilmalarini e‘tiborini o`ziga tortdi, hamda axborot texnologiyalariga bo`lgan investitsiyalar miqdorini oshishiga olib keldi. Hukumat tomonidan xarid jarayonlarini shaffofligini ta‘minlashga qaratilgan, jumladan, xaridni amalga oshirishda inson omilini cheklovchi elektron xaridlardan keng foydalanish yo`nalishlari bo`yicha qator hujjatlar qabul qilinmoqda. Download 42.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling