1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


-modda. Davlat korxonasining mol-mulkini tasarruf etish


Download 1.87 Mb.
bet95/190
Sana04.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1325141
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   190
Bog'liq
21.12.1995

179-modda. Davlat korxonasining mol-mulkini tasarruf etish
Davlat korxonasi o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni uning mulkdorining roziligi bilangina boshqa shaxsga berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat korxonasi o‘zi ishlab chiqaradigan mahsulotni, agar qonunchilikda o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, o‘zi mustaqil tasarruf etadi.
(179-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat korxonasining daromadlarini taqsimlash tartibi uning mulkdori tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 70 — 72, 505-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 16.10.2006-yildagi 215-son Qarori bilan tasdiqlangan “Davlat korxonalari to‘g‘risida”gi Nizomning 13, 17-bandlari, VII bo‘limi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi]
180-modda. Muassasa mol-mulkini tasarruf etish
Muassasa o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni va smeta bo‘yicha unga ajratilgan mablag‘larga sotib olingan mol-mulkni boshqa shaxsga berishga yoki o‘zgacha usul bilan tasarruf etishga haqli emas.
Agar ta’sis hujjatlariga muvofiq muassasaga daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilgan bo‘lsa, bunday faoliyatdan olingan daromad va bu daromad hisobidan sotib olingan mol-mulk muassasaning mustaqil tasarrufiga o‘tadi va alohida balansda hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39, 40, 76, 329-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 10, 13-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling