1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


-modda. Xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlarining vujudga kelishi va bekor bo‘lishi


Download 1.87 Mb.
bet96/190
Sana04.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1325141
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   190
Bog'liq
21.12.1995

181-modda. Xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqlarining vujudga kelishi va bekor bo‘lishi
Mulkdorning qarori bilan unitar korxonaga yoki muassasaga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni xo‘jalik usulida yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi ushbu korxona yoki muassasada unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi, basharti qonunchilikda yoki mulkdorning qarori bilan boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa.
Xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqarishida bo‘lgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan hosil, mahsulot va daromadlar, shuningdek unitar korxona yoki muassasa shartnoma bo‘yicha yoxud boshqa asoslarda vujudga kelgan mol-mulk ham ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda mulk huquqining vujudga kelishi uchun belgilab qo‘yilgan tartibda korxona yoki muassasaning xo‘jalik yuritishiga yoki operativ boshqarishiga o‘tadi.
Mol-mulkni xo‘jalik usulida yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi mulkdorning qarori bilan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda bekor qilinadi.
(181-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 71, 72, 182 — 186, 197 — 200-moddalari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.02.00 Mulk huquqining vujudga kelishi va uning bekor bo‘lishi]
15-BOB
MULK HUQUQINING VUJUDGA KELIShI VA UNING BEKOR BO‘LIShI

182-modda. Mulk huquqining vujudga kelish asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: mehnat faoliyati; mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish; davlat mol-mulkini xususiylashtirish; meros qilib olish; egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa asoslar.
(182-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 183, 184, 187-moddalari, 69-bobi, Mehnat kodeksining IX bobi, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususilashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling