Er va xotinning huquq va majburiyatlari
Download 25.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqEr va xotinning huquq va majburiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari
Er va xotinning huquq va majburiyatlari Reja : Er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi. Er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari Nikoh fuqarolik xolati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro’yxatga olingan paytdan boshlab, nikohni tuzganlar er-xotin deb xisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular urtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Oila kuruvchilarning konuniy nikoh munosabatiga kirishi ularning huquqiy xolatini uzgartirib yuboradi, nikoh tufayli ular «er», «xotin» deb nomlanib, ular urtasidaga munosabatlar fakatgini axlokiy koidalar bilan emas, balki huquqiy normalar bilan xam tartibga solinadi. Oilada er-xotin urtasidagi munosabat kanchalik barkaror bulsa, oila xam shunchalik mustaxkam buladi. Qayd etilgan nikoh natijasida er-xotin urtasida shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Oilaviy munosabatlar er-xotinning shaxsiy huquqlari mulkiy huquqlariga nisbatan ustivor axamiyatga ega bulib, ularning xajmi, mazmuni, xarakteri, er va xotinning oilaviy huquqiy munosabatlarda katnashuvchi sifatidagi huquqiy xolatni belgilab beradi. Oila kodeksining 19-22-moddalarida er va xotinning kuyidagi shaxsiy huquqlari mustaxkamlangan: 1. Oilada er va xotinning teng huquqliligi Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar.(19- modda) Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46- moddasiga kura: Xotin-kizlar shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar va bob-baravar majburiyatlarga egadirlar. Amaldagi konunlar er va xotinning rasmiy jixatidangina emas, balki amalda teng huquqliligini ta’minlash uchun xizmat kiladi. Oila huquqiga kura er-xotin umumiy xujalik ishlarini birgalikda, uzaro xamjixatlik asosida olib boradilar. Ular bir-birlariga ma’naviy yordam berib, kumakdosh bulib yashaydilar, xamma masalalarni bamaslaxat xal kiladilar. Er-xotindan birining muntazam ravishda shaxsiy huquqlarni amalga oshirishga xalakit berish, shaxsiy huquqlarni amalga oshirishni suiste’mol qilish nikohdan ajralishga olib kelishi mumkin (Misol: mashg’ulot turi yoki tanlashga xalal berish). 2. Er va xotinning familiya tanlash huquqi Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o’z xohishi bilan Eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo’lgan o’z familiyasini saqlab qoladi. Er va xotindan birining o’z familiyasini o’zgartirishi boshqasining ham familiyasi o’zgarishiga olib kelmaydi. (20- modda) Familiya tanlash huquqi er va xotinga tegishli bulgan eng muxim shaxsiy huquqlardan biridir. Nikohga kiruvchilarga uzaro kelishib familiya tanlash huquqi beriladi. Ular nikohgacha bulgan Uzbekiston familiyalarini saklash huquqiga ega bulganlaridek, er-xotin xoxishi bilan birining familiyasini umumiy familiya kilib tanlash huquqiga xam egadir. Er va xotinning familiya tanlash masalasi nikohni qayd etish vaktida xal kilinishi lozim. Nikohga utuvchilarga ularning familiya tanlash huquqi nikohni qayd etuvchi mansabdor shaxsning vazifasi xisoblanadi. Konunchilik tajribasida ba’zan kushma familiyalar xam uchraydi. Nikohdan ajratish vaktida xam er-xotinning familiyasi xar birining shaxsiy talabiga binoan uzgartilishi mumkin. Nikoh xakikiy xisoblanmagan xolda, nikohni tuzish vaktida familiyasini uzgartirgan shaxslarning nikohgacha bulgan familiyalari tiklanadi. Lekin nikoh tuzishga monelik kiladigan xolatlar borligini bilmagan shaxslar nikoh tuzish vaktida kabul kilingan familiyalarini saklash huquqiga egadirlar. 3. Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini xal qilish Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini er va xotin birgalikda hal etadilar. (21- modda) Oilaviy turmushning xamma masalalari er-xotin tomonidan uzaro rozilik asosida birgalikda xal etiladi. Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning ayrim masalalarini xal qilishda urtada rozilik bulmasa, tegishla davlat organiga marojaat qilish yuli bilan bu masala xal etiladi. Nizoning xarakteriga karab bunday ishlar sud tartibida, vasiylik va xomiylik organida kurib chikiladi. Misol: er-xotin urtasida bolalar tarbiyasiga oid nizolar, familiya yoki ism berish masalasidagi kelishmovchilik vasiylik va xomiylik organi tomonidan xal kilinadi. Bolalarning moddiy ta’minlash masalalari sud tomonidan kurib chikiladi. Uzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998 yil 11 sentyabrdagi «Bolalar tarbiyasi bilan boglik bulgan nizolarni xal qilishda sudlar tomonidan konunlarni kullash amaliyoti tugrisida»gi karorga kura «bolalarning tarbiyasi bilan boglik nizolarning sudlar tomonidan tugri xal etilishi, ota-onalar huquqlarini muxofazasi, ota-onalarning uz bolalari tarbiyasidagi ma’suliyatlarini oshirish muxim axamiyatga ega» 4. Er va xotinning mashg’ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari. Er va xotinning har biri turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir. (22- modda) Amaldagi konunchilik er-xotinning oilaviy masalalarini birgalikda xal qilishdagi huquqlarni ta’minlashga karatilgan. Oilada mashg’ulot turi, kasb tanlash masalalari kelishilgan xolda xal kilinadi. Er-xotindan xar biri uz kizikishi, xislati, ijobiy kobiliyati, jismoniy rivojlanishiga karab, uziga mos keladigan faoliyat turini tanlaydi. Er-xotinning erkin kasb tanlash huquqi konun bilan mustaxkamlangan. Er-xotinning birga yashash bolalarni tarbiyalash, mastakil oila kurish uchun asos bulib xizmat kiladi. Konun xar bir er-xotinga kaerda yashashni erkin xal majburiyatini vujudga keltirmaydi. Er-xotinning turar joyiga karab, ularning voyaga yetmagan farzandlarining turar joylari belgilanadi. Er va xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari «Oila» kodeksining V bobida mustaxkamlangan. Er-xotinning oilaviy munosabatlarda teng huquqliligi va bab-baravar majburiyatlarga ega ekanligi mulkiy munosabatlarda xam uz ifodasini topadi. Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlariga iktisodiy mazmundagi masalalar kiradi. Masalan, er-xotinning umumiy mulkiga nisbatan bulgan huquq va majburiyatlari, er-xotinning xar birining aloxida xususiy mulkiga bulgan huquq va majburiyatlari,uzaro moddiy ta’minlashdagi aliment huquqi va majburiyatlari shular jumlasidandir. Download 25.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling