1. Boj stavkalari va uning turlari
Download 7.12 Kb.
|
3-mavzu-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bojxona to‘lovlari stavkalarining turlari.
2.2. Boj stavkalari va bojxona to’lovlarini to’lash tartibi. 1. Boj stavkalari va uning turlari. 2.Bojxona to’lovlarini to’lash tartibi va ularni to’lovchilari. 3. Bojxona to’lovlarini to’lanishini ta’minlash. 1. Bojxona to‘lovlari stavkalarining turlari. Bojxona to‘lovlari stavkalarining turlari quyidagilardan iborat: 1.to‘lov undiriladigan tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavka; 2.to‘lov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan xos stavka; 3.bojxona to‘lovlari stavkalarining advalor va xos turlarini o‘z ichiga oladigan aralash stavka. 4.Advalor stavka belgilangan tovar bo‘yicha bojxona to‘lovlarining summasi bojxona to‘lovlari advalor stavkasining tovarning bojxona qiymatiga ko‘paytmasi sifatida hisoblab chiqariladi. 5.Xos stavka belgilangan tovar bo‘yicha bojxona to‘lovlarining summasi bojxona to‘lovlarining xos stavkasining tovar miqdoriga ko‘paytmasi sifatida hisoblab chiqariladi. 6.Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka qo‘llanilgan, lekin to‘lov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavkadan kam bo‘lmagan holda qo‘llanilgan taqdirda, bojxona to‘lovlarining summasi advalor va xos stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan summalarning eng ko‘piga tengdir. 7.Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka va to‘lov undiriladign tovar birligi uchun belgilangan stavka qo‘llanilgan taqdirda bojxona to‘lovlarining summasi bojxona to‘lovlarining advalor va xos stavkalari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan summa yig‘indisiga tengdir. Bojxona to‘lovlari stavkalarining qo‘llanilishi Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun: bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda bo‘lgan, bundan ushbu Kodeksning 172 va 325-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno; bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq bo‘lmagan bojxona to‘lovlarini to‘lashda bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni amalda bo‘lgan stavkalar qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida boj stavkalarining quyidagi turlari qo‘llaniladi: – boj undiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavkalar (30%) – boj undiriladigan tovarlar birligi uchun belgilanadigan miqdorda hisoblanadigan xos stavkalar (50 AQSh dollari) – bojning advalor hamda xos turlarini o‘z ichiga oladigan aralash stavkalar (30% yoki 50 AQSh dollari). O‘zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibini qo‘llayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun undiriladigan import boji stavkalarining eng kam yoki ko‘p miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi. Savdo-iqtisodiy aloqalarda eng ko‘p qulaylik berish tartibi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi aniqlanmagan tovarlar uchun undiriladigan import bojining stavkalari ikki baravar oshiriladi. Download 7.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling