1. bojxona siyosatining mohiyati. Bojxona ishi rivojlanishi bosqichlari


Download 129.5 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1500124
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
A 2 мавзу амалий Bojxona ishining rivojlanish bosqichlari Markaziy (2)


2.MAVZU: BOJXONA ISHI RIVOJLANISHINING BOSQICHLARI. MARKAZIY OSIYODA YAGONA BOJXONA HUDUDI TASHKIL ETISH AHAMIYATI.( 2 SOAT)
REJA
1.BOJXONA SIYOSATINING MOHIYATI.
2.BOJXONA ISHI RIVOJLANISHI BOSQICHLARI.
3.BOJXONA SIYOSATINING ASOSIY VAZIFALARI VA PRINSIPLARI.
4.RESPUBLIKA BOJXONA ORGANLARINI SHAKLLANISH BOSQICHLARI.
5.BOJXONA ORGANLARINING STRATEGIYASI.
6.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ORGANLARINI 2011-

  1. LARDA RIVOJLANTIRISH KONSEPTSIYASI.

7.DAVLAT BOJXONA ORGANLARI KOMPETENTSIYASI.

Tayanch so’z va iboralar


suveren davlat, raqobatbardosh, teng huquqli sub‘yekt, iqtisodiy kompromiss, Bojxona siyosat,i Bojxona vositalari, moddiy oqim, byudjetning daromad qismi, iste’molchi, Bojxona siyosati konsepsiyasi.
1. Bojxona siyosatining mohiyati
O’zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida qaror topgan paytdan boshlab mustaqil ichki va tashqi siyosat olib bormoqda va xalqaro darajada teng huquqli sub‘yekt sifatida ish ko’rmoqda. Mintaqaviy va jahon darajasida qarorlarni ishlab chiqishda uning nuqtai-nazari tobora ko’proq hisobga olinmoqda.
Respublikamizda olib borilayotgan samarali ichki va tashqi siyosat, uning jahon hamjamiyatida o’zining mavqeini, davlatlararo munosabatlar yo’nalishlarida o’zaro foydali hamkorlik qilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati ichki siyosat bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqadordir. Mustaqil tashqi siyosat olib borish, ko’plab davlatlar bilan har tomonlama hamkorlik qilish, tashqi siyosatning xalqaro darajada tan olingan prinsiplari va asosiy yo’nalishlarini amalga oshirish ichki siyosatga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi, respublikadagi ilg’or qayta o’zgartirishlarga, bozor munosabatlari rivojlanishiga, demokratik muassasalar mustahkamlashishiga ko’maklashadi.
Mustaqillik qo’lga kiritilgandan keyin O’zbekiston oldida birinchi marta uning ichki va tashqi siyosatining ajralmas qismi bo’lgan o’z bojxona siyosatini mustaqil ishlab chiqish va olib borish imkoniyati vujudga keldi. O’zbekiston Respublikasi bojxona kodeksining 1moddasida qayd etilishiga ko’ra ‘O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi’.
Bojxona siyosatining asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovarlar ayirboshlashni tartibga solishni ta‘minlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini rag’batlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iboratdir.
Bojxona siyosatini ishlab chiqish vakolati Oliy Majlisga tegishlidir. Bu dunyo davlatchiligi amaliyotiga to’liq muvofiq keladi. Ushbu amaliyotga muvofiq, davlat siyosatini belgilash huquqi davlat hokimiyatining qonunchilik bazasida mustahkamlangan. Bojxona siyosatiga umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
Bojxona siyosati - bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy islohotlarni dinamik amalga oshirish maqsadida mamlakat ichida va tashqi iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirish va himoya qilishga qaratilgan bojxona siyosati sohasida qonunchilik, ijroiya va nazorat qilish ko’rinishidagi chora-tadbirlar tizimidir.
Bu O’zbekiston bojxona siyosatining eng umumiy ta‘rifidir. Ushbu ta‘rifni aniqlashtirish uchun davlat ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi sifatida bojxona siyosatini ko’rib chiqamiz.
Bojxona siyosati bilan davlatning ichki va tashqi siyosati o’zaro bog’liqligi yaqqol ko’rinib turadi.
Birinchidan, bojxona siyosati davdat ichki iqtisodiy siyosatining tarkibiy elementi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida u yangi iqtisodiy shakllanishining muhim omili, iqtisodiy hayotning bozor munosabatlariga monand ilg’or shakllarini barpo qilishning vositasi hisoblanadi. Bojxona siyosati boj tariflari yordamida notariflarsiz boshqarish vositalaridan foydalanib, ichki iqtisodiy siyosatning quyidagi bir qancha asosiy vazifalarini hal etishga qaratiladi:

  • milliy iqtisodiyotning har tomonlama rivojlanishini rag’batlantirish;

  • ichki bozorni himoya qilish;

  • tarkibiy qayta o’zgartirishlar amalga oshirilishiga ko’maklashish;  byudjetning daromad qismini shakllantirish.


Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling