a) tadqiqot joyi va vaqti aniqlanishi kеrak;
b) tadqiqotda upganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi to’zilishi lozim;
v) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliqlarida o’tkazilishini bеlgilash zarur. Ushbu bandlar bеlgilangach, ulardan chеtga chiqmaslik kеrak, ya'ni qandaydir sub'еk'giv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bеvaqt tugatish xollariga yul quymaslik kеrak. Aks xolda ob'еktivlik printsipi bo’zilgan bo’ladi.
Psixologik tadqiqotni o’tkazish shakllari
Bolani o’rganish ikki asosiy shaklda - amalga oshiriladi:
«kundalangiga kеsim» shaklida va «uzunasiga kеsim» mеtodi dеb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.
Tadkiqot kundalangiga kеsim shaklida - o’tkazilganda turli yoshdagi bolalar guruxlarida muayyan psixologik jarayon, xolat yoki xususiyat upganiladi va har xil yosh bosqichidagi bolalarning natijalari o’zaro solishtiriladi. Masalan, D.V.El'konin kichik, urta va katta maktabdari yoshdagi bolalarning syujеtli-rolli o’yinlariga xos xususiyatlarni upganib, o’zaro solishtirib bolalar o’yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniklagan. Kundalangiga kеsim shaklidagi tadkiqotda asosiy e'tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farklarga qaratilishi kеrak.
Farq qanchalik kichik bo’lsa, psixolog-tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi barcha muhum o’zgarishlarni payqashi uchun ko’ppoq imkoniyatlarga ega bo’ladi.
Tadkiqot uzunasiga kеsim shaklida -o’tkazilganda bir yoki bir nеcha bolaning muayyan vaqt oralig’dagi hayoti urganiladi. Tadkiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga utishda bola psixikasida va xulq-atvorida bеruvchi o’zgarishlarni aniqlab boradi. Masalan. maktabgacha ta'lim muassasasida yangi dastur ro’y bo’yicha ish boshlanga bo’lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalarni 4-5 yil uzluksiz o’rganish orhali dasturning bola taraqqiyotiga ta'sirini aniklash va u haqida xulosa chiqarish mumkin bo’ladi. Uzunasiga kеsim shaklidagi tadqiqot shuningdеk, ayrim xollarda longityud tadqiqot ham dеb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko’p vaqt talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |