1. Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni


Download 37.58 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi37.58 Kb.
#1134748
Bog'liq
Mavzu bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliy


41- variant
1.Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni.
2.Bola shaxsini rivojlanish omillari.
3.Ilk qadam davlat o’quv dasturi asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faolyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish.

1.Kreativlik (lot., ing. “sreate ”–yaratish, “sreative ” yaratuvchi,


ijodkor)–individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga
kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi SHaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni tavsiflaydi.
SHuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli,
samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo’lishlari ularda
o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o’ziga xoslik,
tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg’or, bolalarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadi. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi, shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni
qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi. Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllanadi.
Zamonaviy ta’lim barcha turdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, , pedagoglarning ijodkor bo’lishlarini taqozo etmoqda.
“Kreativlik” tushunchasi o’zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G’arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular
kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg’usi va erkinlik mavjud bo’lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; SHternberg, 1985 y.). SHarqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug’ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui,
Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yuye, 2000 y.). Garchi g’arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo’lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Ko’pgina pedagog-tarbiyachilar o’zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin:
birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar;
ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan
bexabarlar.
Ayni o’rinda shuni alohida qayd etib o’tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo’sh, ular o’zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o’rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: Agarchi o’zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo’lganingiz yoki bo’lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g’oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir.
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash ta’lim oluvchilardan o’quv topshirig’i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to’g’ri g’oyaga asoslanishni ifodalaydi.
Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko’p tomonlama fikrlashdan
birini inkor etib bo’lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash
kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. YA’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda ta’lim oluvchi yechimning bir necha variantini izlaydi (ko’p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to’g’ri yechimda to’xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
YUqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:
SHaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o’tkirlikni belgilab beradi, “ta’lim oluvchilar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo’ladi. Ular quyidagilardir: axborot, shu jumladan, kompyuter texnologiyasi yordamida pedagog - tarbiyachi tomonidan kreativ yondashuv asosida tayyorlanib, ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin bo’lgan ijod mahsulotlari sanab o’tiladi.
Multimedia – bir necha ko’rinishdagi: elektron shakldagi grafik, matnli, raqamli, ovozli, musiqali, video, audio, fotografiya, harakatlanuvchi obrazlar (animatsiyalar) va boshqa axborotlarni uzatuvchi kompyuter texnologiyalari uchun taalluqli umumiy tushuncha
Elektron albom – rasmlar, suratlar, chizmalar va boshqar grafik tasvirlar hamda ularning izohlarini o’zida aks ettiruvchi elektron shakldagi to’plam
Elektron atlas (yun. “Atlas” – birinchi bo’lib, osmon globusini yaratgan afsonaviy Liviya podshosining nomidan) – muayyan o’quv moduli (o’quv fani)
bo’yicha tavsiya etilgan va o’ziga xos grafik tasvirlarga ega bo’lib, o’quv
maqsadlariga ko’ra foydalaniladi
Raqamli video lavhalar – o’quv moduli (o’quv fani) bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga yordam beradigan ma’lumotlarni o’z
ichiga olgan 3D o’lchamdagi zamonaviy o’quv manbai
Virtual stendlar – 1) real ob’ekt, predmet, jarayon, voqea va hodisalarning elektron modeli; 2) matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va b. shakldagi axborot, jarayon hamda virtual muhitlarni yaratish, saqlash, ishlov berish, raqamlashtirish va tizimli ravishda amalga oshirishni ifodalovchi kompyuterli vosita
Imitatsion virtual trenajyor (ingl. “train” – “tarbiyalamoq”, o’qitmoq”, “mashq qildirmoq”) – elektron shakldagi o’quv-mashqlantiruvchi qurilma bo’lib, u yordamida mehnat faoliyatining real sharoiti modellashtiriladi, muayyan faoliyat (m-n: mashina (mexanizm)ni boshqarish, murakkab stanokda ish bajarish yoki harbiy texnika sirlarini o’zlashtirish) ko’nikmalari shakllantiriladi, ko’nikmalar malakalarga aylantiriladi hamda hosil bo’lgan malakalar takomillashtiriladi
Multimedia mahsulotlari – o’zida AKTning dasturiy va texnik imkoniyatlari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari
asosida o’quv materialini tinglovchilarga yetkazib berilishini mujassamlashtirgan ishlanma (mahsulot)lar
Audio va video vizual materiallar – o’quv axborotlarini kompyuter texnologiyasi yordamida ovozli va vizual shaklda qabul qilinishini ta’minlovchi materallar
Video animatsiyalar – chizilgan (rasmli) yoki kichik hajmli obraz (hajmiy, qo’g’irchoq yoki o’yinchoqli ob’ekt)larni harakatga keltirish va bu
harakatning har bir bosqichini ketma-ket suratga olinganligini ifodalovchi elektron tasvirlar
Prezentatsiya (taqdimot; lot. “prayesentatio” – taqdim etish) – muayyan mavzu yoki muammo bo’yicha o’quv (ilmiy, amaliy) xarakterdagi materiallarning ish qog’ozlari (oddiy yoki vatman qog’ozlar) hamda axborot-kommunikatsion
vositalar (kompyuter, proyektor, protsesor va b. qurilmalar) yordamida taqdim etilishi.

2.Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.


Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari.
Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. 
Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri 
sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz.
Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati
Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi.
Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir ”.
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.
Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati
Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va 
axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin. Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u “mudroq” holda bo'lib, uning uyg'onishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak.
Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati
Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi.
Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi. 
Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko'z ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal va fazilatli bo'lib ulg'ayadi.
Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi. 
Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, inson faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Demak, insonning kamolotga yetishiga ta'lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim hisoblanadi. Nega bugungi kunda o'tmishda yashab o'tgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va G'azzoliy kabi olimlarga o'xshagan insonlarni uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-onalari solih va soliha bo'lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma'rifat va taraqqiyot o'zining cho'qqisiga chiqdi, ya'ni muhit yaxshi bo'lgan va eng asosiysi, ajdodlarimizning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ota-onalari va ustozlari o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson bo'lmagan. Agar farzandlarimizning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillardagi nuqsonlarni bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy, 
G'azzoliyga o'xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi.
3.“Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
Download 37.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling