Shaxsning individual psixologik xususiyatlari Tayyorladi: Muminova Maftuna Tekshirdi: Mavzu: Shaxsning individual psixologik xususiyatlari


Download 110.27 Kb.
Sana20.08.2020
Hajmi110.27 Kb.
#127050
Bog'liq
ppp

Shaxsning individual psixologik xususiyatlari

Tayyorladi: Muminova Maftuna

Tekshirdi:

Mavzu: Shaxsning individual psixologik xususiyatlari

Reja:

1.Shaxsning betakror, o’ziga xos xususiyatlari, bu xaqdagi qarashlar.(Gippokrat, Ibn Sino qarashlari)

2.Temperament va uning tiplari.

3.Qobiliyat va uning xillari.

4.Xarakter va uning shakllanishi.

5.Individual xususiyatlarni kasb egallash va mehnat jarayonidagi ahamiyati.

Shaxsning betakror, o’ziga xos sususiyatlari, bu xaqdagi qarashlar

  • Psixik xodisalar psixik xolatlarni, psixik jarayonlarni va psixik xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bir so’z bilan ruhiy, psixik xodisalar deb ataladi. Bular ichida psixik jarayonlar yetakchi va asosiy mazminni kasb etadi.
  • Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob reaktsiyalarini berish bilan bog’liq jarayonlarning barchasini o’z ichiga oladi. Psixik jarayonlar ongning o’zida paydo bo’lib, ongning o’zida tugallanadi degan fikrni Sechenov mutlaqo noto’g’ri fikr deb hisoblagan edi. Psixik xodisa xali yuzaga kelmagan natijadan ham darak beradi.

Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funktsiyasini bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob reaktsiyasini berishga xizmat qiladi.

  • Psixik jarayon, ma’lumki o’ziga emas balki, miyaning mohiyati, uning tegishli bo’lmalari funktsiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta ishlanishini ko’rsatuvchi javob reaktsiyasining boshqaruvchisidir.

Psixik jarayonlar o’z navbatida bilish jarayonlari, emmotsional jarayonlar, shaxsning irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb nomlangan qismlarga bo’lib o’rganiladi.

  • Dunyoni odamlarning o’zlari o’zgartiradilar, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun dastavval uni o’zgartirishda, uni qurishda ishtirok etishga yo’naltirilgan bo’lishi kerakki, bu ish jarayonida shaxsning o’zi ham o’zgaradi. Hozirgi zamon ilmiy-psixologiyasi kishi o’z faolligini faoliyat jarayonida va eng avvalo, birgalikdagi faoliyat jarayonida namoyon qilishi to’g’risidagi qoidani qabul qiladi. Shaxs faolligini va faoliyatini yo’naltirib turadigan va mavjud vaziyatlarga nisbatan bog’liq bo’lmagan barqaror motivlar majmui kishi shaxsining yo’naltirilganligi deb ataladi. Motivlar oz yoki ko’p darajada anglangan bo’lishi yoki umuman anglanilmagan bo’lishi ham mumkin. Shaxsning yo’naltirilganligida anglangan motivlar asosiy rol o’ynaydi.

Temperament va uning tiplari

Kishi faoliyati natijasini xayolan oldindan belgilab beradigan maqsadning o’zigina emas, balki ushbu maqsad ahamiyatiga molik ob’ektda ro’yobga chiqishining realligi ham anglanilgan bo’lsa, bu xol shaxsning istiqboli deb qaraladi(prespektiva).

Temperament lotincha temperamentum-narsalarning tegishli nisbati degan so’zdan olingan.Temperament haqida dastlab eramizdan oldingi beshinchi asrda yashagan Galen, uchinch asrda yashagan Ibn Sino va boshqalar o’z qarashlarini bildirgan. Galen birinchi bo’lib temperamentning kengaytirilgan tasnifini berib, uning 13 turini sanab o’tgan. Keyinroq vatandoshimiz Ibn Sino temperamentni mijoz deb atab, uning issiq va sovuq turini, bu odamning rangi, qoni miqdori, quyuq yoki suyuqligiga bog’liqligini aytgan. Hozirgi kunda temperament oliy nerv tizimi va uning xillari bilan bog’liqligi asos qilib olinib, 4 tipi borligi qabul qilingan. Bu tepmeramentning antic davr klassifikatsiyasiga nomi bilan oxshash bo’lishi qabul qilingan.

  • Sangvinik – qon so’zi bilan bog’liq bo’lib, serharakat, kuchli ta’sirlashish, muvozanatsiz bo’lish nazarda tutiladi.
  • Xolerik – sariq o’t organizmda ustun miqdorda bo’lishi asos qilib olinib, ta’surotni tez qabul qilib olish, kuchli qo’zg’alish, terisiga sig’maydigan shoshqaloq odam xususiyati hisoblanadi.
  • Flegmatik – organizmda shilimshiq modda flegma miqdori ko’pligi bilan ifodalanadi. Bu tipdagi odam ta’surotni bir muncha sekin qabul qiladi, ishga shoshilmay kirishadi, lekin ishni puxta, oxiriga yetkazib bajarishga layoqatli tip.
  • Melanxolik – qora o’t miqdori bilan bog’liq deb hisoblanadi. Bu tipdagi odam <>, <>, atrofida sodir bo’layotgan xodisalarga va odamlarga loqayd, <> tip. Antik davr psixologiyasidagi bu turlar keyin yana ko’p marta tadbiq qilinib, yana shu to’rt tip nomi saqlanib qolgan.

Qobiliyat va uning xillari

  • Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, ko’nikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Shu xususiyatlar mazkur bilim, ko’nikma va malakalarga taluqli bo’ladi. Malakalar, ko’nikma va bilimlarga nisbatan qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon bo’ladi.
  • Qobiliyatlar faqat faoliyatda, shunda ham amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyatdagina namoyon bo’ladi. (rasm solish qobiliyati bor yo’qligi shu faoliyatda aniqlanadi). Masalan, Albert Eynshteyn(1879-1955, nemis fizigi) o’rta, maktabda uncha yaxshi o’qimagan o’quvchi edi, uning kelajakdagi genialligidan, aftidan hech narsa dalolat bermas edi.

Kishi psixik faoliyatida birinchi signallar tizimi signallarining nisbatan ustunligi uning badiiy tipga, signallar signalining nisbatan ustunligi fikrlovchi tipga, signallar vakolatining tengligi odamlarning o’rta tipga mansubligini belgilaydi. Badiiy tip uchun bevosita ta’surot, jonli tasavvur, emotsiya ta’sirida paydo bo’ladigan obrazlar yorqinligi xosdir. Fikrlovchi tip uchun mavxumlik, mantiqiy tuzilmalar, nazariy muloxazalar ustunligi xosdir.

Xarakter va uning xillari.

  • Xarakter – zarb qilish, belgi, tamg’a ma’nolarini anglatadi. Shaxsning individualligi psixik jarayonning o’tish xususiyatlarida (yaxshi xotira, xayol, zexni o’tkirligi va h.k.) va temperament xususiyatlarida namoyon bo’ladi. Xarakter - shaxsning va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo’ladigan barqaror individual xususiyatlar bo’lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
  • Kishining xarakterini tashkil etuvchi individual xususiyatlar birinchi navbatda irodaga-(dadillik, qo’rqoqlik) va xissiyotga (xushchaqchaqlik, qovog’I soliqlik, tushkunlik va h.k.) talluqli bo’ladi.

Xarakterning shakllanishi shaxsning rivojlanish darajasiga ko’ra turli xildagi sharoitlar bilan qo’shilgan xolda (oilada, do’stlar davrasida, mehnat va o’quv jamoasida, asotsial uyushmada va h.k.) yuz beradi. Uning uchun referent bo’lgan guruhda shaxsning individuallashuvi shakllanadi. Kishining xarakterini bila turib, uning u yoki bu xolatlarda o’zini qanday tutishini, kishi xulq atvorini qanday izga solishini oldindan bilish mumkin. Jumladan, o’quvchilarga jamoat topshiriqlarini taqsimlayotib, ularning nafaqat bilimlari va malakalrini balki xarakterini ham hisobga olish lozim.

Charlz Darvin

(1809-1882) o’zining <> (1872) kitobida, fiziognamistik <>:

Darvinning bu g’oyalari ko’pgina psixologlarning izlanishlari uchun asos bo’ldi.


Download 110.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling