1. Bo‘lib o‘tgan voqeani o‘rganing, qilmishni yuridik tahlil eting


Download 37.1 Kb.
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi37.1 Kb.
#196092
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jinoyat..888

34-SAVOL

Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishning tartibini yoriting?

JAVOB:

Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish deganda, belgilangan jazo muddatini qisqartirmasdan, boshqa yengilroq turdagi jazoga almashtirish tushuniladi. Qonunga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxsga nisbatan jazoning o‘talmagan qismi yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin7. Shu nuqtai nazardan, sud jazoning o‘talmagan qismini boshqa yengilrog‘iga almashtirishda mahkum tayinlangan jazo o‘tashning belgilangan rejimini bajarganligiga, mehnat yoki o‘qishga vijdonan munosabatda bo‘lganligiga, axloqan tuzalish yo‘liga kirganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Mahkum jazo muddatining qonunda belgilangan qismini o‘tab bo‘lganidan so‘ng bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma'muriyati uni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini ko‘rib chiqishi hamda taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi8.Qonunning 74-moddasida belgilanganiga ko‘ra, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishga quyidagilar asos bo‘ladi:

a) ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazo turlari

uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajarib kelganligi;

b) mahkumning mehnatga halol munosabatda bo‘lib kelganligi9.

Ta'kidlash joizki, jinoyat sodir etganligi uchun jazoga hukm qilingan shaxsga nisbatan tayinlangan jazo garchi ishni sudda ko‘rish davomida sodir etilgan qilmish va shaxsning ijtimoiy xulq-atvoriga katta ehtimol bilan jazoga munosib bo‘lsada, biroq vaqt o‘tishi, vaziyat o‘zgarishi va mahkumning ijtimoiy xulq-atvoridagi holatlar unga dastlab tayinlangan jazoni keyinchalik dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.Jinoyat kodeksining 90-moddasiga muvofiq, jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

– ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi;

– og‘ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismi;

– o‘ta og‘ir jinoyat uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini o‘tab bo‘linganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.

Bunday hollarda jinoyat sodir etganligi uchun jazoga hukm qilingan shaxsni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish zaruriyati vujudga keladi.


Download 37.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling