1. Bo‘lib o‘tgan voqeani o‘rganing, qilmishni yuridik tahlil eting


Download 37.1 Kb.
bet2/7
Sana02.01.2022
Hajmi37.1 Kb.
#196092
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jinoyat..888

Birinchidan, jinoiy til biriktirish.

Ikkinchidan, qonunga xilof ravishda Bojxona nazoratini chetlab o’tish.

Mazkur vaziyatning birinchi qismiga to`xtaladigan bo`lsak, Jinoyat kodeksining 29-moddasida jinoyatda ishtirokchilik shakllari keltirilgan.Unga ko’ra:

Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirmay jinoyat sodir etishda qatnashishi oddiy ishtirokchilik deb topiladi.

Ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi.

Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi.

Jinoyatda ishtirokchilik - ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi hisonlanadi Jinoyatda ishtirokchilikning bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi kabi turlari bor.



Jinoyatni bevosita sodir etgan shaxc — bajaruvchi,bizning muammoli vaziyatdagi bajaruvchi Qirg‘iziston Respubilkasida yashovchi “J” ismli shaxs hisoblanadi.

Jinoyatga tayyorgarlik koʻrilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxc — tashkilotchi, jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxc — dalolatchi, kazusdagi tashkilotchi va dalolatchi L. ismli shaxs.

Jinoyat sodir etilishiga koʻmaklashgan, shuningdek, jinoyatchini jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek, bunday narsalarni olish va oʻtkazish toʻgʻrisida oldindan vaʼda bergan shaxc — yordamchi hisoblanadi. Bu holatda yordamchi D. ismli shaxsdir.Chunki u dori vositalarini kelgusida Toshkent shahrida yashovchi notanish shaxslarga yetkazib berish uchun o’ziningning yashash uyiga joylashtirishgan.

Aytish joizki, jinoyat murakkab ishtirokchilik turiga kiradi.Chunki ular oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok etishgan. Ishtirokchilik nafaqat tugallangan jinoyatda, balki shu bilan birga jinoyatga tayyorgarlikda va jinoyat qilishga qasd etishda ham namoyon boʻladi. Kazusda uyushgan guruh haqida to’liq ma’umot berilmagan.




Download 37.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling