1. Bo‘lib o‘tgan voqeani o‘rganing, qilmishni yuridik tahlil eting


-SAVOL Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo va majburlov


Download 37.1 Kb.
bet5/7
Sana02.01.2022
Hajmi37.1 Kb.
#196092
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jinoyat..888

38-SAVOL

Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo va majburlov choralarining qanday turlari mavjud?

JAVOB:

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oltinchi sessiyasidagi ma’ruzasida: «Biz voyaga yetmaganlar, ayollar hamda keksalarga nisbatan qo‘llanadigan jazo tizimini qayta ko‘rib chiqmog‘imiz zarur. Bizning jinoyat qonunchiligimiz insonparvarlik qoidalariga asoslangan holda, jinoyat sodir qilgan ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda bir qator yengilliklarni nazarda tutadi»10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasida “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir”, deb qayd etilgan.

Voyaga yetmaganlarning javobgarligi — 18 yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslarning javobgarligi, jinoyat qonuniga binoan tayinlanadigan, qat'iy cheklangan jazo turlari. Jinoiy-huquqiy nuqtai nazardan voyaga yetmagan shaxslar sifatida jinoyat sodir etgunga qadar o‘n uch yoshga to‘lgan, ammo o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar hisobga olinadi. Chunki Jinoyat kodeksi 17-moddasiga ko‘ra, umumiy jinoiy javobgarlik yoshi 16 yosh qilib belgilangan bo‘lsa-da, qasddan odam o‘ldirganliklari uchun 14 yoki og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka 13 yoshdan ham tortilishi mumkinligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunida voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va holatlari e'tiborga olinib, alohida javobgarlik belgilangan.Bunga quyidagilar kiradi:

a) jarima;

b) axloq tuzatish ishlari;

v) qamoq;

g) ozodlikdan maxrum qilish jazolaridan biridir11.

Qayd etish kerakki, muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi qo‘shimcha jazo voyaga yetmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin emas.Jinoyat kodeksining 82-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima jazosi tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga muovfiq, voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash paytida jazo tayinlashning umumiy qoidalaridan tashqari voyaga yetmagan shaxsning rivojlanish darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasi, sog‘lig‘i, jumladan, ruhiy rivojlanish darajasi, jinoyatni sodir etish motivlari, katta yoshdagi shaxslarning uning xulq-atvoriga salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar, shaxsiga ta’sir qiluvchi boshqa holatlar aniqlanadi.

Jinoyat kodeksining 83-moddasiga ko’ra,mahkum jarima to‘lashdan olti oy muddat mobaynida bo‘yin tovlasa, sud to‘lanmagan jarima miqdorini axloq tuzatish ishlari jazosi bilan almashtiradi. Bunda eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdoridagi jarima axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirib hisoblanadi. Jarimani axloq tuzatish ishlariga almashtirishda bunday ishlarning eng ko‘p muddati bir yildan ortmasligi kerak12. Axloq tuzatish ishlari 1 oydan 1 yilgacha muddat doirasida belgilanadi va bu jazoni o‘tash uchun mahkumni o‘zi yashayotgan joydan boshqa joylarga jo‘natish mumkin emas.

Jinoyat qonunchiligiga ko’ra, voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, sud bu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini qamoqning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, qamoq jazosi bilan almashtiradi, ammo bu muddat uch oydan oshmasligi kerak.

Qamoq Jinoyat kodeksi 83-moddasida nazarda tutilgan hollarda ilgari axloq tuzatish ishlari yuzasidan tayinlangan jazoni almashtirish tartibida ham tayinlanishi mumkin.Qamoq jazosi 1 oydan 3oygacha muddat doirasida tayinlanadi.

Ozodlikdan mahrum qilish jazo tariqasida, odatda, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan, agar bunday shaxslarni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatishning imkoni bo‘lmasa, qo‘llaniladi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti oydan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, sudlar voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash masalasini hal etayotganda, birinchi navbatda, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, ana shu shaxslarga oid ma’lumotlarni hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni qo‘llash imkoniyatini muhokama qilishi lozim. Sud aybdorni jamiyatdan ajratmasdan turib qayta tarbiyalashning imkoniyati bo‘lmagan hollardagina ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni tayinlashi mumkin. Ayni vaqtda hukmda sudning bu to‘g‘risidagi xulosasi asoslantirilishi shart13.Jinoyat kodeksining 85-moddasida shunday deyilgan: Hukm chiqarish paytida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o‘tash tayinlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «shuni barchamiz anglab olishimiz muhimki, koloniyalardagi ishlar nechog‘li yaxshi tashkil etilmasin, baribir, bu yer yoshlarni tarbiyalaydigan joy emas. Ko‘p hollarda arzimas qilmishi evaziga qattiq jazo olgan navqiron yigit aynan shu yerda jinoyat olamiga kiradi, ashaddiy jinoyatchilarga qo‘shilib, ularning turmush tarziga xos ko‘nikmalarni egallay boshlaydi»14.




Download 37.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling