1. Bo‘lib o‘tgan voqeani o‘rganing, qilmishni yuridik tahlil eting
Endi muammoli vaziyatning ikkinchi qismiga to`xtalib o`tamiz
Download 37.1 Kb.
|
Jinoyat..888
Endi muammoli vaziyatning ikkinchi qismiga to`xtalib o`tamiz. Jinoyat kodeksining 182-moddasida bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorida shunday deyilgan: Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan qat'iy belgilangan. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda bojxona chegarasidan har qanday tarzda o‘tkazish qonunga xilof hisoblanadi va ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Jinoyat kodeksining 182-moddasi nazarda tutilgan kvalifikasiya belgilari mavjud bo‘lganda, jinoiy javobgarlik shaxs tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazganlik uchun ilgari ma'muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qat'iy nazar, kelib chiqadi1.L. ,D. va “J” ismli shaxslarning ushbu harakatlari aynan 182-moddaga muvofiq javobgarlikka tortilishi lozimligini aniqlash uchun ularning harakatlari bilan ushbu modda jinoyat tarkibi belgilarini ko`rib chiqishimiz lozim. Bizga ma’lumki, jinoyat tarkibi belgilari quyidagilar hisoblandi:
Obyekt; Obyektiv tomon; Subyekt; Subyektiv tomon. Barcha jinoyatlarning umumiy obyekti jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning umumiy yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Umumiy obyekt hamma jinoyatlar uchun birdir, sababi har qanday jinoyat u yoki bu ijtimoiy munosabatga zarar yetkazadi. Ushbu jinoyatning obyekti qonun bilan belgilangan soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdek konstitutsiyaviy burchlarni bajarish bo`yicha iqtisodiy munosabatlardir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazish bilan bog‘liq ravishda davlat boji tariqasidagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ifodalangan harakatlar JK 182-moddasi bilan qamrab olinadi “O‘zbek-Qirg‘iz” davlat chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab konunga xilof ravishda umumiy qiymati 351.634.516 so‘mlik 132 turdagi dori vositalari olib o’tilgan..Demak, yuqoridagi vaziyatda L.,D. va “J” ismli shaxslarning harakatlari qonun bilan muhofaza qilingan ijtimoiy munosabatga daxl qilgan. Ushbu jinoyat obyektiv tomondan harakatsizlikdan, jinoiy til biriktirib, 2019 yil 6 avgust kuni soat 23.30 larda sodir etilgan. Yuqoridagi muammoli vaziyatda jinoyatning subyekti L. , D. va “J” ismli shaxslar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qaroriga ko’ra,tovarlarni bojxona nazoratini chetlab o‘tkazish ularni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan tashqari yoki bojxona nazorati o‘tkazish vaqtidan tashqari olib kirish yoki mazkur hududdan olib chiqishdan iborat har qanday qasddan sodir etilgan harakatda ifodalanadi.Subyektiv tomondan qilmish qasddan sodir etilgan. Chunki ular o`zi sodir etayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli xususiyatini bilgan, oqibatlariga ko`zi yetgan va shu oqibatlar kelib chiqishini anglagan. Tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazish bilan bog‘liq ravishda davlat boji tariqasidagi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ifodalangan harakatlar Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan qamrab olinadi.Unga ko’ra, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish: a) juda ko‘p miqdorda; b) chegarani buzib o‘tish, ya'ni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o‘tkazish yo‘li bilan; v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab; g) xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi2. Ijtimoiy xavfli qilmish natijasida zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy narsa yoki buyumlar jinoyatning predmeti deb yuritiladi. Bevosita obyekt bilan bir qatorda, aybdor aynan shunga ta’sir qilish orqali jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni buzadigan yoki buzishga urinadigan jinoyat predmetini aniqlash va ajratish zarur3. Quyidagilar, Jinoyat Kodeksining 182-moddasiga asosan, jinoyat predmeti hisoblanadi:
bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar; elektr, issiqlik energiyalari va energiyaning boshqa turlari; intellektual mulk ob'ektlari (foydali modellar, sanoat namunalari); o‘simlik va hayvonot dunyosi ob'ektlari4. Yuqorida bizga berilgan muammoli vaziyatdagi jinoyatning predmeti: umumiy qiymati 351.634.516 so’mlik 132 turdagi dori vositalari hisoblanadi. Jinoyat predmetini ijtimoiy munosabatga tenglashtirish mumkin emas, chunki yaxlitlikning bir qismi yaxlitlikning o‘zi bo‘la olmaydi, chunki jinoyat predmeti ijtimoiy munosabatning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi5. Bizga berilgan kazusdagi jinoyat obyekti qonun bilan belgilangan soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdek konstitutsiyaviy burchlarni bajarish bo`yicha iqtisodiy munosabatlardir. Jinoyat predmeti ham ijtimoiy munosabatning ishtirokchilari, ham ijtimoiy munosabatlarni vujudga va harakatga keltiruvchi moddiy dunyo predmetlari bo‘lishi mumkin. Masalan, jinoyat predmeti –jinoyat obyekti bo‘lgan buyumlar va boshqa qimmatliklar, ya’ni moddiy dunyo predmetlari hisoblanadi. Shuningdek, aybdor ta’sir etadigan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning barcha moddiy shart-sharoitlari jinoyat predmeti hisoblanadi6. Jinoyat predmeti, jinoyat obyektining fakultativ belgisi hisoblanadi. Jinoyat predmetini jinoyatni sodir etish quroli va vositasidan farqlash zarur, chunki ular ijtimoiy munosabatlarning moddiy tuzilmasi sifatida namoyon bo‘lmaydi, balki ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish, jinoyat predmetiga tajovuz qilish uchun foydalaniladi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, jinoyatning ob'ekt, ob'ektiv tomon, sub'ekt va sub'ektiv tomonlarini va jinoyat predmeti,uning ob'ektdan farqli jihatlari ko’rib o’tdik. Endigi ishimiz jinoyat klafikatsiyasiga qisqacha to’xtalib o’tish.Shunga asoslanib,biz Jinoyat kodeksining 182-moddasiga muvofiq, bir marta sodir etgan bo’lsa, ma’muriy javobgarlik,takroran sodir etgan bo’lsa jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo’ladi. Download 37.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling