1. bo'Lim. Psixologiyaga kirish 1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари reja
Download 282.43 Kb.
|
1-мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Xemotropizm
- Mimoza
- 7.Gidrotropizm
- Nasl qoldirish instinkti.
- Poda (to’da) bo’lib yashash instinkti.
Seskanuvchanlik va tropizm
Hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir. Seskanuvchanlik - tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan ta'sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya'ni biologik ahamiyatga ega bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi. Tropizm turlari quyidagi jadvalda yaqqol aks ettirilga: 1.Fototropizm - bu tirik organizmning yorug’lik ta'sirida harakatga kelishidir. Masalan, yoz kuni tungi chiroq yorug’ligiga mayda chivinlarning uchib kelishi. 2.Termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, bahor kelishi bilan qashoratlarning jonlanib harakatga kelishi. 3.Xemotropizm - tirik organizmning fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo’lgan moyilligidir. Masalan, achigan, qatiq, mevalarga mayda chivinlarning yig’ilishi. 4.Topotropizm - tirik organizmlarning mexanik qo’zg’atuvchilar ta'siri ostida harakat qilishiga moyiligidir. Masalan, chirigan olmaga tegilsa, unga yig’ilgan mayda hashoratlarning hammasi uchib ketadi. Mimoza o’simligiga tegilsa, u darhol yaproqini yopib oladi. 5.Gemotropizm - tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, kungaboqar o’simligining quyosh nuri tomon harakatlanishi. 6.Barotropizm - tirik organizmning havo bosimi ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, havo bulut bo’lganida, havoda uchib yurgan hashoratlar yerga pastga qarab uchadilar. 7.Gidrotropizm - tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat qilishiga moyilligidir. Hayvonlarning instinktlari. Instinktlar hayvonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug’ma harakatlaridir. Masalan, ko’p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material (chup-char, loy) tanlash va inni pishiq qilib qurish yo’lida xilma-xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg’ochlarning ini bunga yaxshi misol bo’la oladi. O’rgimchaklar garchi in to’qish «san’atini» oldindan o’rganmagan bo’lsa ham, o’z inlarini zo’r «mahorat» bilan to’qiydilar. Asalari o’z kataklarini, go’yo puxta hisob qilib turganday, aniq reja bilan ko’radi. Hayvonlarning instinktlari juda xilma-xil bo’ladi. Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakatlarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin; ovqatlanish instinkti, saqlanish instinkti, nasl qoldirish instinkti va poda (to’da) bo’lib yashash instinkti. Ovqatlanish instinkti. Bu instinkt hayvonning o’zi uchun zarur ovqat qidirib topish, ovqat g’amlash va shu kabi harakatlarida zohir bo’ladi. Masalan, endigina tuxum po’chog’ini yorib chiqqan jo’ja donni va non uvoqlarini cho’qiydi, ularni qidirib topa biladi. Asalarilarning asal qidirib to’plashi va g’amlab qo’yishi hammaga ma’lum. Saqlanish instinkti. Bu instinkt hayvonlarning dushmandan saqlanish tug’ma usullarida va dushmanga hujum qilish qobiliyatida zuhur etadi. Masalan, mushuk bolasi o’ziga tikilib turgan kuchukni birinchi marta ko’rganda yo shkafning tagiga kirib ketadi yoki stulning ustiga, daraxtga chiqib oladi. Bordi-yu, mushukning o’zi hujum qiladigan bo’lsa, kuchukning nozik joylariga yuz-ko’ziga chang solmoqchi bo’ladi. Nasl qoldirish instinkti. Bu instinkt jumladan, ota-onalik instinkti sifatida yaqqolroq ko’rinadi. Hayvonlar o’z bolalarini parvarish qilish tug’ma mahoratiga ega bo’lib, u naslining kelajagi haqida katta g’amxo’rlik qiladi. Hayvonlarning ba’zi bir turlari, xususan, hasharotlar, o’z avlodini ko’rmaydi, ammo, bolalari o’sib mustaqil hayot kechira olishi uchun, ular tuxum qo’yganda o’z nasliga qulay joy va ovqatni oldindan tayyorlab ketadi. Ko’klamda yo’lda yoki yo’l yoqasida bir juft qo’ng’izning go’ngni dumalata-dumalata yumaloqlab ketayotganini ko’rish mumkin. Bu yumaloqlangan go’ng qo’ng’izdan tarqaydigan nasl uchun turar joy va ovqat bo’ladi. Qo’ng’izlar go’ngni ma’lum kattalikda yumaloqlaydi. Urg’ochi qo’ng’iz shu yumaloqlangan go’ng ichiga tuxum qo’yadi, shundan keyin uning og’zini berkitib, havf-xatarsiz joyga dumalatib boradi. Yumaloqlangan go’ng ichidagi tuxumdan bir necha vaqtdan keyin qurt chiqadi. Bu qurt go’ngdagi moddalar bilan oziqlanib o’sadi, qurt shu joyning o’zida g’umbakka aylanadi, keyin bu g’umbak qo’ng’izga aylanadi. Yosh qo’ng’iz yumaloq go’ng ichidan teshib chiqib, erkin hayot kechira boshlaydi. Shunday qilib, qo’ng’iz o’zining g’amxo’r ota-onasini ko’rmaydi, ota-onasi esa qo’ng’izni ko’rmaydi. Poda (to’da) bo’lib yashash instinkti. Bu instinkt hayvonlarning turli usullar bilan o’zaro aloqa qilishida va xilma-xil shaklda birgalashib yashashida zohir bo’ladi. Hayvonlarning ba’zi turlari, asosan, o’txo’r va sut emizuvchi hayvonlar doimo to’da bo’lib yashaydi, hayvonlarning boshqa turlari, asosan, yirtqich hayvonlar esa o’ziga o’xshash hayvonlar bilan vaqt bevaqt birgalashib yashaydi. Hasharotlar galasi, qushlar galasi, sut emizuvchilar to’dasi – hayvonlarning poda (to’da) bo’lib yashash formalaridir. Instinktlar mashq qilish yoki o’rganish yo’li bilan hosil bo’lmaydi – ular ota-onadan naslga biologik irsiyat sifatida o’tadi. Instinktlarning nerv-fiziologik asosi–shartsiz reflekslardir. I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, instinktlar shartsiz reflekslarning o’zi-yu, lekin ancha murakkab turidir. I.P.Pavlov bunday deydi: «Hozirgi vaqtda instinktlarning ham reflekslardan iborat ekanligi, faqat bir oz murakkabroq reflekslar ekanligi yetarli aniqlangan deb hisoblash mumkin» 1. Instinktlar – bir qancha shartsiz reflekslardan iborat bo’lgan reflekslar zanjiridir. Bu reflekslardan har birining harakatga kelgan payti navbatdagi refleks uchun qo’zg’ovchi bo’ladi. Avvalo shuni aytish kerakki, hayvonlardagi instinktlarning obyektiv suratda bama’niligi bilan g’oyat ajablantiradi. Xo’sh hayvonlardagi instinktiv harakatlarning ro’yi rost ko’rinadigan bu bama’niligi va «oqilonaligi» qanday izohlanadi? Instinktlarning qanday paydo bo’lganligini birinchi marta Ch.Darvin tushuntirib berdi. Darvin ta’limotiga ko’ra, hayvonlarning instinktlari uzoq, evolyusion taraqqiyot jarayonida, tashqi muhitga moslashish jarayonida, hayot sharoitiga bog’liq holda paydo bo’lgan. Bu kurashda, tevarak-atrofdagi muhitga moslashishda foydasiz bo’lib qolgan harakatlar, shuningdek, befoyda organlar yo’qolib ketgan, zararli harakatlar hayvonni halokatga olib borgan, foydali harakatlar esa taraqqiyot jarayonida mustahkamlanib, nasldan-naslga o’tgan. Shu bilan birga, iistinktlar butun bir avlodga yoki hayvonlarning, butun bir turiga mustahkam o’rnashib qolgan harakatlardan iborat. Download 282.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling