Мавзу: 15-гача тартиб билан санашни ўргатиш


Download 36.5 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1099884
Bog'liq
5-БОҒЧАГА СЕМИНАР


Mavzu: 15-gacha tartib bilan sanashni o’rgatish.
Maqsad: Bolalarga 15 gacha sananshni o’rgatish.
Kutilayotgan natija:
Bolalar 15 soni ichida tartib bilan sananshni o’rganadilar.
Bolalarda mustaqil fikrlash va ijodkorlik rivojlanadi.
Kerakli jixozlar: Geometrik shakllar 1 ta katta kvadrat, 11 ta kichik.
Kvadrat 1 ta katta uchburchak, 12 ta kichik uchburchak.
1 ta katta sakkizburchak, 13 ta kichik sakkizburchak.
1 ta katta olti burchak, 14 ta kichik olti burchak.
1 ta katta doira, 15 ta kichik doira har bir bolaga.
Test savollari qalam rangli gul yaproqchalari.
Raqamli kartochkalar.
Mashg’ulotning borishi: Bolalar bilan xona bo’ylab boqqa sayrga chiqib
olma terish va olmalarni sanab ko’rish. Savatdagi o’nta olmani stol ustiga sanab qo’yib, savatga qolgan olmalarni 10 ta olmaga yana bitta olmani qo’shamiz va sanaymiz.
11 hammamiz birgalikda aytamiz o’n birta olmaga yana bitta olma qo’shamiz va sanaymiz.
12 hammamiz birgalikda aytamiz o’n ikita olmaga yana bitta olma qo’shamiz. -13 hammamiz birgalikda aytamiz o’n uchta olmaga yana bitta olma qo’shamiz. -14 hammamiz birgalikda aytamiz o’n to’rta olmaga yana bitta olma qo’shamiz. -15 hammamiz birgalikda aytamiz o’n besh. Bolalar biz nechigacha sanashni o’rgandik?
Bolalar: - 15 gacha
Tarbiyachi: - to’g’ri bolajonlar biz 15 gacha sanashni o’rgandik. Kelinglar xammamiz birgalikda yana bir marta sanaymiz. 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15. Bolajonlar yana bir marta sanaymiz: 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15. endi bolajonlar 11 dan 15 gacha bo’lgan sonlarni yozuvda ham tanib olamiz. Tarbiyachi bolalarni 11 dan 15 gacha bo’lgan raqam bilan tanishtiradi.
Multimediya tomosha qilish:
Bolalar bilan amaliy ish:
Tarbiyachi:
Bolajonlar stolingizni ustida turli geometrik shakllar turibti katta kubik ustiga 11 ta kichkina kubik joylashtiring.
2. Sanab chiqing katta uchburchak ustiga 12 ta kichkina uchburchak.
3. Katta sakkiz burchak ustiga 13 ta kichkina sakkiz burchak joylashtiring.
4. Katta olti burchak ustiga 14 ta kichkina olti burchak joylashtiring.
5. Katta doira ustiga 15 ta kichkina doira joylashtiring. Sanab chiqing.
Tetiklashtiruvchi mashq:
Bolalar endi hammamiz o’rnimizdan turib doira bo’lib olamiz. Qo’limizni yonga cho’zamiz va qo’limizning kaftini bir birimizga 15 marta tegizamiz. Qo’llarimizni yuqoriga ko’tarib 15 marta chapak chalamiz; 15 marta barmoqlarimizni musht qilib ochib yopamiz.
Endi bolajonlar stol ustidan bitadan raqam olib olgan raqamingiz stoliga borib o’tiring. Har bir guruh o’ziga sardor tayyorlaydi.
Endi musobaqa o’ynaymiz.
1-shart o’yla izla top:
Rassom chizar o’xshatib,
Yuk ko’targan ermoqqa,
Men muallim sovg’asi.
Bilimdon har o’rtoqqa. (5)
2- Guruhga
Boshi boru oxiri yo’q,
Ketaverasan bir yo’lda.
Oxiriga etay dema,
Etolmaysan ming yilda. (Doira)
3-Guruhga
Shaklan o’xshar qovunga,
Doiraga qarindoshman.
Yumalatib ko’rsalar,
Aylanmasdan qolaman. (Oval)
4-Guruhga
Katta kichik besh o’rtoq,
Uyushsa bo’lar to’qmoq. (Barmoq)
5- Guruhga
Ali tutti 10 baliq
Vali tutti 2 baliq
Nechta bo’ldi xammasi (12)


Tarbiyachi: - Bolalar endi hammamiz oldimizga turgan raqamlardan juft va tog’ sonlarni ajratamiz. 1-stol. tog’ sonlarni olib oq rangli yaproqcha ustiga borib turish. 2-stol bolalari juft sonlarni olib yashil yaproqcha ustiga borib turadilar. 3-stol bolalari tog’ sonlarni olib qizil yaproqcha ustiga turadilar. 4-stol bolalari juft sonlarni olib siyoxrang yaproqcha ustiga borib turadilar. 5-stol bolalari tog’ sonlarni olib yaproqlar orasidagi sariq yaproq ustiga joylashing. Raxmat bolajonlar to’g’ri bajardingiz.
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling