1-bo’lim: Qadimgi dunyo


-mavzu: Qadimgi Yunoniston


Download 1 Mb.
bet3/5
Sana18.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1708124
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-синф тарих

3-mavzu: Qadimgi Yunoniston


  1. Qadimgi Yunoniston qayerda joylashgan?

    1. Qora dengiz sohillari va Bolqon yarim orolida

    2. Bolqon yarim oroli va O’rta yer dengizi orollarida

    3. Marmar dengizi orollari va Makedoniy orolarida

    4. Krit oroli va Gretsiya hududlarida




  1. Qaysi davrlarda Yunonistonda ilk shahar davlatlar vujudga kela boshladi?

    1. mil.avv. 5-mingyillikda B) mil.avv. 4-mingyillikda

C) mil.avv. 2-mingyillikda D) mil.avv. 3-mingyillikda



  1. Mil.avv. 2-mingyillikda Yunonistonning qayerida sivilizatsiya vujudga keladi?

    1. Knosda B) Peleponesda

C) Trinfda D) Krit orolida



  1. Mil.avv. 2-mingyillikda Yunonistonda ……..ilk shaharlar vujudga kela boshladi.

    1. Miken, Knos, Tirinf, Pilos

    2. Knos, Bobil, Pilos,Mitanni

    3. Tirinf, Pilos,Afina, Spartak

    4. Pilos, Knos,Troya, Efes




  1. Mil.avv.1450-yillarda qit’adagi Yunoniston hududidan mikena qabilalari bostirib kiradi, uning muqim aholisini kimlar deyishgan?

    1. doriylar B) yunonlar C) axeylar D) giksoslar




  1. Qachon doriylar Yunonistonga bostirib kirib, Miken davlatini yakson qiladilar?

    1. mil.avv. 1450-yilda B) mil.avv. 1200-yilda

C) mil.avv. 1324-yilda D) mil.avv. 842-yilda



  1. Sparta davlatiga kimlar asos solishgan?

    1. yunonlar B) axeylar C) doriylar D) guteylar




  1. Odamlar yashaydigan hududlarni yunonlar qanday atashgan?

    1. Piloslar B) Koloniya C) Satraplar D) Oyk umena




  1. Qaysi asrlarga kelib, dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi natijasida manzilgohlar va shaharlar soni ham ortib bordi?

    1. mil.avv. XV-XIII asrlarda

    2. mil.avv. XIII-XI asrlarda

    3. mil.avv. IX-VII asrlarda

    4. mil.avv. VII-V asrlarda




  1. Yunoncha “POLIS” so’zi qanday ma’noni bildiradi?

A) manzilgoh B) shahar C) ark D) qal’a



  1. Yunonistonda armiyaning asosini og’ir qurollangan askarlar…….tashkil etgan.

A) tiranlar B) falanga C) goplitlar D) qullar



  1. Attika aholisi qanday uch katta guruhga bo’lingan edi?

  1. fuqarolar, qullar, ajnabiylar(meteklar)

  2. qullar, quldorlar, ruhoniylar

  3. ajnabiylar(meteklar), quldorlar, dvoryanlar

  4. pelebeylar, patritsiylar, ajnabiylar(meteklar)

  1. Qachondan boshlab Yunonistonda davlat organlarida ishlashga muayyan haq to’lana boshlandi?

A) mil.avv. IXasrdan B) mil.avv.VII asrdan
C) mil.avv. V asrdan D) mil.avv.III asrdan



  1. Mil.avv. 2-mingyillikda yunonlar qayerni “Akropol”, ya’ni “yuqori shahar” deb atalganqala quradilar?

  1. Peleponnesning janubda

  2. Sparta shahrining shimolda

  3. Attikaning g’arbiy qismida

  4. Afina shahrining markazida




  1. Afina davlatiga qaysi sohalar katta daromad keltirar edi?

  1. qullar savdosi

  2. boshqa davlatlar bilan olib borilgan savdo

  3. Kumush konlari va tuz qazib olish

  4. dehqonchilik va chorvachilik sohalari




  1. Yunonlar to’rtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga zich joylashgan qatorlar bilan jang qilishgan. Jangovar safda shu tariqa tuzilish esa

………deb atalgan.
A) tirer B) falanga
C) goplit D) qo’shin



  1. Qaysi bandargoh Afinaning asosiy portiga aylangan va bu bandargohdan mamlakatga minglab qullar,tovarlar keltirar edi?

A) Rodas B) Efes
C) Pirey D) Platey



  1. Yunonistonda bolalar nechi yoshdan o’qitilar edi? A)5 yoshdan B)6 yoshdan

C)7 yoshdan D)8 yoshdan



  1. Yunonchada “pedagog” so’zi qanday ma’noni anglatgan?

    1. ”bolani yo’lda kuzatib boruvchi”

    2. ”xivchinli kishi”

    3. ”bolaga rahnamolik qiluvchi”

    4. ”bolaga o’qish va yozishni o’rgatuvchi”




  1. Yunonistonda puldor ota onalarning farzandlari qayerda o’qishni davom etkazishgan?

A) gimnaziyalarda B) litseylarda
C) palestrlarda D) kaloniylarda



  1. Yunoniston maktablarida o’g’il bolalar necha yoshidan boshlab gimnastika bilan shug’ullanganlar?

A) 9 yoshidan B) 11 yoshidan
C) 14 yoshidan D) 16 yoshidan



  1. Yunon palestrlarida bolalarga nimalar o’rgatiladi?

  1. handisa, meditsina, musiqa

  2. adabiyot o’qitilar, she’r yozish va musiqa

  3. she’r yozish, ritorika va handisa

  4. haykal yasash, she’r yozish va rasm chizish

  1. Qaysi mashhur haykaltaroshlar ishlagan haykallar palestrlarda o’rnatilgan?

  1. Mironning “Diskbol” va Pampeyning “Jangchi” haykallari

  2. Polikletning “Nayzabardor” va Mikelanjeloning

“Chavandoz” haykallari

  1. Mironning “Diskbol” va Polikletning “Nayzabardor”

  2. Geraklitning “Olimpiya” va Pampeyning “Jangchi” haykallari




  1. Afinada oliy ta’lim olish muddati ……..bo’lgan.

A) 3-4 yil B) 4-5 yil C) 5-6 yil D) 6-7 yil



  1. Oliy ta’lim muassalarida qanday fanlar o’qitilgan?

  1. matemateka, medisina, tarix, ritorika

  2. astranomiya, geometriya, geografoya, tarix

  3. geografiya, tarix, adabiyot, geometriya

  4. tarix, matematika, musiqa, mantiq




  1. Qachon Janubiy Yunoniston hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi?

A) mil.avv. XVIII asrda B) mil.avv. XVI asrda
C) mil.avv.XIV asrda D) mil.avv. XII asrda



  1. Spartada qulga aylantirilgan mahalliy aholi qanday nomlangan?

A) kolonlar B) pelebeylar C) ilotlar D) patritsiylar



  1. Qaysi asrlarda qullar soni uncha ko’p bo’lmagan Afinadan farqli o’laroq Spartada qulga aylantirilgan aholi kopchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi?

A) mil.avv. XI-X asrlarda B) mil.avv. X-IX asrlarda
C) mil.avv. VIII-VII asrda D) mil.avv.VII-V asrda



  1. Spartada to’la-to’kis huquqlarga ega bo’lmagan fuqarolar qanday nomlangan?

A) ilotlar B) periyeklar C)meteklar D) kolonlar



  1. Periyeklar shaxsan ozod kishilar bo’lsada ……

  1. Xalq kengashida ishtirok eta olmas, armiyada xizmat qilolmas edilar

  2. Sud ishlarida ishtirok eta olmas edi

  3. Savdo ishllari bilan shug’ullana olmas edi

  4. armiyada xizmat qilolmas, o’z yer mulkiga ega bo’lolmas edi




  1. Yunonlar egasiz yotgan serunum yerlarni o’zlashtirish uchun ketayotgan mahalda ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi sifatida nimani olib ketishgan?

A) tuproqni B) olovni
C) donni D) mehnat qurollarini



  1. Buyuk Yunon koloniyalashtirilishi…davom etgan.

  1. mil.avv. VIIIasrdan VI asrgacha

  2. mil.avv. Xasrdan VII asrgacha

  3. mil.avv. VI asrdan IV asrgacha

  4. mil.avv. V asrdan III asrgacha

  1. Yunonlar o’zlari o’zlashtirgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo’lmagan xalqlarni qanday nom bilan atashgan?

A) ”ilotlar” B) ”kolonlar”
C) ”varvarlar” D) ”oriylar”



  1. Buyuk yunon koloniyalashtirilishi nomini olgan davrda Qora dengiz sohillarida qanday yirik koloniyalar vujudga kelgan?

  1. Ellada, Xersones, Miken, Krit, Tasis, Tanais

  2. Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanois, Tasis, Trapezund

  3. Pantikapey, Knos, Miken, Olviya, Xersones, Tasis

  4. Miken, Pantikapey, Xersones, Knos, Tasis, Olviya




  1. Qaysi asrlarda Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi 24 harfdan iborat yozuv vujudga keldi?

A) mil.avv. VIII asrda B) mil.avv. VII asrda
C) mil.avv. VI asrda D) mil.avv. V asrda



  1. O’rta yer dengizi sohillarida ………yunon koloniyalari tashkil topgan edi.

A) ellikka yaqin B) yetmishdan ziyod
C) yuzdan ziyod D) oltmishdan ortiq



  1. Qadimgi Yunonistonda harflarni nima bilan yozishgan?

A) qalamda B) stillda C) ruchkada D) bo’rda



  1. Afina aholisi qanday qismlarga bo’lingan?

A) zodagonlar va demosga B) ruhoniylar va fuqarolarga
C) qullar va quldorlarga D) meteklar va zodagonlarga



  1. Drakont qonuni shu qadar qattiq va ayovsiz ediki, afinaliklar ularga …….deya ta’rif berishgan.

  1. ”xalqning sho’ri”

  2. ”xalqqa qirg’in keltiruvchi”

  3. ”odamlarga ofat keltiruvchi”

  4. ”siyoh qolib, qon bilan yozilgan”




  1. Qachon Solon davlatni idora qilishning oldingi, aristrokratiya tizimini demokratiyaga almashtirdi?

A) mil.avv. 641-yilda B) mil.avv.605-yilda
C) mil.avv.594-yilda D) mil.avv.567-yilda



  1. Solon islohotlaridan keyin Attika aholisi qanday toifalarga ajratiladigan bo’ldi?

A) meteklar va fuqarolarga B) fuqarolar va qullarga

  1. zodagonlar va meteklarga

  2. pelebeylar va patritsiylarga




  1. Afinada erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar necha yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar?

A) 20 yoshdan B) 22 yoshdan
C) 25 yoshdan D) 30 yoshdan

  1. Har yili saylanadigan Beshyuzlar kengashi qanday masalalarni hal qilardi?

  1. kundalik joriy masalalarni

  2. jang olib borish masalasini

  3. savdo-sotiq masalalarini

  4. lavozimlarni belgilash masalasini




  1. Beshyuzlar kengashiga kim boshchilik qilardi?

A) qirol B) senator C)konsul D) strateg



  1. Afinada muhim davlat organi bo’lgan xalq sudida necha yoshga to’lgan fuqarolar uning faoliyatida ishtirok etar edilar?

A) 20 yoshga B) 25 yoshga
C) 30 yoshga D) 40 yoshga



  1. Afina davlatida kim 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan?

A) Salon B) Perikl C) Drakont D) Poliklet



  1. Perikl hukmronligi davrida Afinada katta qurilish- larga e’tibor berilib, Akropoldagi….qurilgan edi.

  1. Beshyuzlar kengashining binosi

  2. Parfenon-iloha Afina ibodatxonasi

  3. uning bahaybat maqbarasi

  4. Kolizey amfiteatri




  1. Perikl Afina shahrini xavf-xatardan asrash uchun qanday buyruqni bergan edi?

  1. Tungi soqchilikni joriy etish to’g’risida

  2. yollanma qo’shinni tashkil etish to’g’risida

  3. Afinadan to Pirey dengiz bandargohigacha mudofaa devorlari qurish to’g’risida

  4. soqchilik minoralarini qurish to’g’risida




  1. Yunon fors urushlari ……qadar davom etgan.

  1. mil.avv. 480-yildan boshlab 439-yilgacha

  2. mil.avv. 490-yildan boshlanib 449-yilgacha

  3. mil.avv. 470-yildan 423-yilgacha

  4. mil.avv. 485-yildan 416-yilgacha




  1. Yunonistonning qaysi shahriga kelgan fors elchilarini shaharliklar ularni chuqur quduqqa tashlab yuborgan va zaxarxanda bilan “Yetarlicha yerni ham suvni ham quduq tubidan topasizda” deyishgan ekan?

A) Afinaga B) Spartaga C) Salaminga D) Mikenga



  1. Qaysi asrlarga kelib Fors shohlari Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarini bosib oldilar?

  1. mil.avv. VII asr o’rtalarida

  2. mil.avv VI asr boshlarida

  3. mil.avv. VI asr oxirida

  4. mil.avv. V asr o’rtalarida




  1. Forslar va yunonlarning Marafon jangi ….bo’lib, yunonlar g’alabasi bilan tugagan.

A) mil.avv. 490-yilda B) mil.avv. 480-yilda
C) mil.avv. 473-yilda D) mil.avv. 449-yilda



  1. Fermopil jangi qachon bo’lib o’tgan?

A) mil.avv. 490-yilda B) mil.avv. 485-yilda
C) mil.avv. 480-yilda D) mil.avv. 475-yilda

  1. Fermopil yonidagi jangda yunon qo’shinlariga kim boshchilik qildi?

A) Miltiad B) Diosiy C) Perikl D) Leonid



  1. Femistoklning maslahati bilan yunonlar nechta harbiy kema triyera qurishdi?

A)100 ta B) 160 ta C) 200 ta D) 240 ta



  1. Leonid boshchiligidagi 300 nafar jangchi Fermopil darasidagi jangda qahramonlarcha halok bo’ldi. Ushbu voqea tarixda qanday nom bilan mashhur bo’lgan?

A) ”Yunon jangchilarining qahramonlari” B)”Uch yuz spartaliklar jasorati”

  1. ”Uch yuz yunon jangchilarining jasorati”

  2. ”Afinaning uch yuz qahramoni”




  1. Yunonlar bilan forslarning hal qiluvchi dengiz jangi……….tor Salamin bo’g’ozida bo’lib o’tdi.

A) mil.avv. 490-yilda B) mil.avv. 480-yilda
C) mil.avv. 470-yilda D) mil.avv. 460-yilda



  1. Yunonlarning birlashgan qo’shinlari mil.avv. 479-yilda qayerda fors qoshinlarini tor-mor etdi?

A) Fermopil yaqinida B)Salamin bo’g’ozida
C) Gelleponst bo’g’ozida D)Plateya shahri yaqinida



  1. Necha yildan ko’proq davom etgan yunon-fors urushlari yunonlarning to’liq g’alabasi bilan yakunlandi?

A)20 yildan B)25 yildan C)30 yildan D)40-yildan



  1. Makedoniya podshosi Filipp II qayerni bosib olish maqsadida jang taktikasini takomillashtirdi va qo’shin yig’di?

A) Xeroniyani B) Elladani C) Afinani D) Spartani



  1. Qaysi mashhur notiq Ellada shaharlarini kezib, ularning aholisini birlashish va makedonlarga qarshi Afina shaharlari ittifoqiga qo’shildi, xolos

A) Femistak B) Gerakl C) Demosfen D) Arastu



  1. Qaysi shahar aholisi Filipp II qo’shinlariga qarshi Afina shaharlari ittifoqiga qo’shiladi?

A) Fiva B) Sparta C) Plateya D) Xeroniya



  1. Qachon yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari Xeroniya shahri yaqinidagi Beotiyada to’qnashadilar?

  1. mil.avv. 340-yil 10-mayda

  2. mil.avv. 339-yil 10-martda C)mil.avv. 338-yil 2-avgustda

D) mil.avv. 337-yil 12-aprelda



  1. Makedoniyaliklarni piyodalarining 16 qator zich joylashuvi ………deyilgan.

A) saflanish B) qo’shilma C) goplit D) falanga

  1. Makedoniya Yunonistonni qachon Xeroniya yaqinidagi jangda yunonlarning mag’lubiyatidan so’ng bosib oladi?

A) mil.avv. 339-yilda B) mil.avv. 338-yilda
C) mil.avv. 337-yilda D) mil.avv. 336-yilda

  1. Miloddan avvalgi 337-yilda Spartadan tashqari barcha yunon shahar davlatlarining vakillari qayerda yig’ildilar va Makedoniya hokimyati ostida yunon davlatlari ittifoqini tuzdilar?

A) Kornifda B) Elladada C) Afinada D) Fivada



  1. Filipp II Fors davlatini bosib olish uchun re’jalashtirgan qo’shinlarning asosini yunonlarning lashkari tashkil etishi lozim edi. Yunonlarni qanoatlantirgan urush uchun bahona……

  1. yunon lashkarboshlariga Fors davlati hududidan yer berishi

  2. yunon askarlarini oylik bilan ta’minlashi

  3. yunon-fors urushlari davrida yetkazilgan zarar uchun qasos olish va shoh Kserks Eronga olib ketgan yunon xudolari haykallarini aisrlikdan qutqarish

  4. forslarni katta kemalarga egalik qilish huquqini berilishi

  1. Bolalikdan yunonlar miyasiga …. singdirilar edi.

  1. dushmanga shafqatsiz bo’lish

  2. jamoat ishlari shaxsiy yumushlardan ustuvor ekanligi to’g’risidagi dunyoqarash

  3. orqaga bir qadam ham chekinmaslik

  4. Vatan tuyg’usi har narsadan ustun ekanligi




  1. Qadimgi yunon haykaltaroshi Geraklni nega libossiz tasvirlagan?

  1. dushman bilan jangda uning kiyimi halaqit

bermasligi uchun

  1. uning kuch qudratini ko’rsatish maqsadida

  2. qadimiy haykallarda libos bo’lmagan.

  3. haykalni chiroyli chiqishi uchun




  1. Yunonlarda umumiy ta’limdan tashqari o’g’il bolalar ikki yillik harbiy xizmatni ham o’tashi shart bo’lgan. Birinchi yili ular……….

  1. uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo’lishni o’rganishardi.

  2. Attika chegara qabilalarida harbiy xizmatni o’tashardi.

  3. Pirey portida dengizchilik san’ati asoslarini o’rganishar edi.

  4. safda yurish va qurol taqib yurishni hamda Attika chegaralarida soqchilik qilishardi.




  1. Yunonistonda mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelsa necha yoshdagi erkaklarning barchasi qurol-yaroqlar va harbiy kiyim kechaklari bilan ko’rikka yetib kelishi shart edi?

A) 20 yoshga to’lgan B) 25 yoshga to’lmagan
C) 30 yoshga to’lmagan D) 40 yoshgacha bo’lganlar



  1. Ilk Olimpiya o’yinlari qachondan qachongacha o’tkazilgan?

  1. mil.avv. 676-yildan milodiy 230-yilgacha

  2. mil.avv. 776-yildan milodiy 394-yilgacha

  3. mil.avv. 866-yildan mil.avv. 420-yilgacha

  4. mil.avv. 992-yildan mil.avv. 392-yilgacha

  1. Qachonga kelib olimpiya o’yinlari qayta tiklanib hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda?

A) 1776-yildan B) 1784-yildan
C) 1846-yildan D) 1896-yildan



  1. Qachonga kelib, nima sababdan qadimgi Olimpiya o’yinlari o’tkazilmasdan qoldi?

  1. 394-yilda ustma-ust sodir bo’lgan zilzilalar

oqibatida

  1. 376-yilda Geraklning vafoti sababli

  2. o’zaro urushlarning kuchayib ketishi

  3. yunon-fors urushlarinig kelib chiqishi tufayli




  1. Yunonistondagi Olimpiya o’yinlari qaysi xudo sharafiga bag’ishlanib o’tkazilgan?

A) Poseydon B) Zevs C) Demetra D) Femida



  1. Olimpiya o’yinlari g’oliblari nima bilan mukofotlangan?

  1. oltindan yasalgan medal bilan

  2. temirdan yasalgan kubok bilan

  3. muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to’qilgan gulchambar bilan

  4. bronzadan yasalgan belbog’ bilan




  1. Kimlar Olimp tog’ida o’z haykalini o’rnatishga haqli bo’lgan?

  1. urushda qahramonlik ko’rsatgan jangchi

  2. musoboqalarda uch karra g’alaba qozongan sportchi

  3. Olimpiya o’yinlarining mutloq g’olibi

  4. disk uloqtirish va nayza uloqtirishda g’olib bo’lganlar




  1. Olimpiya o’yinlarida kimlar qatnashishga haqli edi?

    1. Yunonistonning har bir fuqarosi

    2. qul bo’lmagan ozod fuqaro

    3. jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog’ tushmagan ozod yunon

    4. sport o’yinidan xabari bor fuqaro




  1. Olimpiya o’yinlarida Yunonistonning to’rt tarafidan kelgan sportchilar besh kurashda bellashar edilar. bular……..

  1. uzunlikka sakrash, tosh uloqtirish, yugurish, balandlikka sakrash, suzish

  2. uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurash

  3. kurash, suzish, disk uloqtirish, nayza uloqtirish,

balandlikka sakrash

  1. disk uloqtirish, kurash, suzish, balandlikka sakrash, arqon tortish

  1. Qachon yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilgan?

A) mil.avv. 1436-yilda B) mil.avv. 1346-yilda
C) mil.avv. 1300-yilda D) mil.avv. 1200-yilda



  1. Yunonlar qancha vaqt davomida Troyani behudaga qamal qilganlar?

A) 2 yil B) 16 yil C) 9 yil D) 6 yil

  1. ”Illiada” degan mashhur yunon dostonida yunonlarning Troyaga urushining nechanchi yili haqida hikoya qilinadi?

A)beshinchi B)yettinchi C)sakkizinchi D)o’ninchi

  1. ”Illiada” dostonining bosh qahramoni kim bo’lgan

A) Paris B) Axilles C) Sohibjamol Elena D) Spartak

  1. Mashhur yunon dostoni “Illiada” va “Odessiya” ning muallifi kim?

A) Sofokl B) Esxil C) Gomer D) Axilles



  1. Yunonlar Troyani istilo qilib qaytishlarida qaysi dengiz orqali uzoq va xatarli yo’llardan o’tishi kerak edi?

A) Qora dengiz B) Ilioniya dengizi
C) O’rtayer dengizi D) Egey dengizi



  1. Qaysi olim XIX asrning oxirida Gomer hikoyalarini tadqiq qilib, Troya joylashgan yerni hisoblab chiqdi?

  1. nemis olimi Genrix Shlimann

  2. nemis geografi Rextgofen

  3. fransuz olimi Jak-Fransuaz shampolyon

  4. rus olimi Bartold




  1. 1870-yilda olimlar tomonidan hozirgi qaysi davlat teritoriyasidan Troya shahri qoldiqlari topildi?

  1. Suriyaning Ioqoq mavzeyidan

  2. Turkiyaning Hisorlik tepaligidan

  3. Eronning Kirmonshoh yaqinidan

  4. Gretsiyaning Afina shahri yaqinidan




  1. ”Teatr” so’zini yunonchadan tarjima qilganda qanday ma’noni anglatadi?

A) ”echkilar qo’shig’i” B)”madaniyat o’chog’i”
C)”tomoshaxona” D)”kulgi maskani”



  1. Qadimgi Afina teatri qancha tomoshabinga mo’ljallangan?

A) 9 ming B)12 ming C)15 ming D)17 ming



  1. ”Shoh Edip” va “Antigona” singari eng mashhur tragediyalarni kim yozgan?

A) Aristofan B) Sofokl C) Esxil D) Antoniy



  1. Quyidagi pesalarning qaysi birlari komediyalar ustasi Aristofan ijodiga tegishli?

  1. ”Antigona”, “Arilar”,”Qushlar”

  2. ”Qushlar”, “Shoh Edip”, “Illiada”

  3. ”Arilar”,”Qushlar”,”Baqalar”

  4. ”Illiada”,”Baqalar”,”A ntigona”




  1. Qaysi asrlardan boshlab Yunonistonda ibodatxona va jamoat binolari toshdan barpo etila boshlandi?

A) mil.avv. IXasrdan B) mil.avv. VII asrdan С) mil.avv. VIII asrdan D) mil.avv. V asrdan



  1. Qadimiy davlatlarning qaysisida san’atkor haykaltaroshlar o’z zamondoshlari haykallarini yaratishgan?

A)Misr B)Urartu C)Ossuriya D)Yunoniston

  1. Qaysi shaharda haykallar haddan ziyod ko’pligi tufayli, tarixchilar unda tirik odamlarga qaraganda haykallar ko’proq deb yozishgan?

A)Spartada B)Afinada C)Kiropolda D)Troyada



  1. Yunonistonning eng buyuk haykaltaros hlaridan biri Fidiy………… boshchilik qilgan.

  1. ”Disk uloqtiruvchi” haykalni yasalishiga

  2. Spartada Olimpiyalik Zevs haykalini qurilishiga

  3. Afinada Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga

  4. Apollon haykalining Troyadagi qurilishiga




  1. Arxitektor va haykaltarosh Dedal qaysi podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan?

A) Shoh Edipga B) podsho Minosga
C) Shoh Odisseyga D) podsho Axillesga



  1. Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni

………sifatida bilishgan.

  1. bilimlar egasi

  2. insonlar tarbiyachisi

  3. donishmand, hayot murabbiylari

  4. dunyo siru asotirlarining bilimdoni




  1. Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yer yuzidagi hamma narsa nimadan kelib chiqqan deb uqtirar edi?

    1. suvdan B) tuproqdan

C) olovdan D) havodan



  1. Qaysi yunon faylasufi “insonda hech qanday ehtiyojlar bo’lmasligi shart” degan fikrni o’z ta’limotiga asos qilib oldi?

A) Geraklit B) Diogen C) Demokrit D) Fidiy



  1. Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e’tiroz bildirgan holda…….degan ma’nodagi fikrni bayon etgan?

  1. ”Insonda hech qanday e’tirozlar bo’lmasligi shart”

  2. ”Bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan, mayda-mayda zarralar atomlardan tashkil topgan”

  3. ”dunyodagi barcha narsalar olov, suv, tuproq va havodan tashkil topgan

  4. ”Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o’zgaruvchandir”.




  1. Tirikligidayoq “tarixning otasi” deb nom olgan Geradot qaysi davrlarda yashab o’tgan?

A) mil.avv. V asrda B) mil.avv. VI asrda C ) mil.avv. IV asrda D) mil.avv. VII asrda



  1. Makedoniyalik Aleksandr qaysi faylasufga “Senga qanday yordam berishim mumkin” deb so’raganda, u “Nariroq tursangchi, quyoshni to’sma!” deya kinoya qilgan edi?

A) Diogen B) Geraklit C) Geradot D) Demokrit

  1. Qaysi yunon faylasufi “Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o’zgaruvchandir”degan mashhur hikmatlarni yozib qoldirgan edi?

A) Platon B) Geraklit
C) Sofokl D) Fidiy



  1. ”Tarixning otasi” deb nom olgan Geradot qaysi asari bilan yurtdoshlarini tanishtirgandan so’ng birdaniga mashhur odamga aylandi?

  1. ”Buyuk Aleksandr tarixi”

  2. ”Aleksandrning harbiy yurishlari”

  3. ”Yunon-fors urushlari to’g’risidagi tarix”

  4. ”Yunonlarning harbiy yurishlari”.




  1. ”Menga tayanch nuqtasini topib beringlar. Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman!” degan mashhur ibora qaysi faylasufga tegishli?

A) Aristotelga B) Arximedga
C) Suqrotga D) Platonga



  1. Quyidagi iboralarning qaysi biri Afinalik mashhur faylasuf Suqrotga tegishli?

  1. ”Mening donishmandligim hech nimani bilmasligimni bilishimda”

  2. ”Xudo bizning o’zimizdir”

  3. ”Menga tayanch nuqtasini topib beringlar. Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman!”

  4. “Hamma narsa oqadi, hamma narsa

o’zgaruvchandir”



  1. Suqrotning “o’z-o’zingni anglagin va bilgin” degan sevimli hikmatlari qaysi ibodatxonadagi bitiklarda uchraydi?

A)Afina ibodatxonasidagi B)Delfiya ibodatxonasidagi C)Parfenon ibodatxonasidagi D)Olimpiya ibodatxonasidagi



  1. Yunon afsonalarida yarim qush , yarim ayollar bo’lgan afsonaviy mavjudotlar qanday nomlangan?

A) titanlar B) sirenalar C) sikloplar D) kentavrlar



  1. Qancha jasorati tufayli Gerakl Olimp to’g’idagi xudolar saltanatida faxrli o’ringa ega bo’lgan?

A) o’n olti B) o’n to’rt C) o’n ikki D) o’nta



  1. Yunon afsonasiga ko’ra peshonasida bitta ko’zi bo’lgan afsonaviy mavjudot qanday nomlangan?

A) kentavrlar B) titanlar C)sikloplar D) sirenalar



  1. Qadimgi yunonlarning qaysi xudolari olamga hukmronlik qilar edi?

A)Poseydon,Gelios,Gefest B)Zevs,Poseydon,Aid C)Gelios,Zevs,Apollon D)Aid,Demetra,Zevs



  1. Yunonlarda o’rmonlar, daryolar va tog’larda yashagan xudolari ham mavjud bo’lib, ular qanday atalgan?

A) Aris va Gefest B) Germes va Gelios
C) Satirlar va Nimfalar D) Geya va Femida

  1. Yunonlarning adliya, muhabbat va go’zalik ilohalari qanday nomlangan?

A) Ares va Germes B) Afrodita va Gefest
C) Femida va Afrodita D) Demetra va Gelios



  1. Quyidagi qaysi xudo Zevsning o’g’li bo’lib yorug’lik, musiqa va she’riyat xudosi hisoblangan?

A) Poseydon B)Femida C)Germes D) Apollon



  1. Yunonlarning e’tiqodicha , xudolar Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi Yunoniston viloyatlari- dan biri……….. Olimp tog’ida joylashgan.

  1. Spartada B) Elidada C) Korinfda D) Fivada




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling