1. Boloniya jarayonining ta’liming integrasiyalashuvidagi ahamiyati


Download 54.24 Kb.
bet2/4
Sana27.03.2023
Hajmi54.24 Kb.
#1300792
1   2   3   4
Modulning eng asosiy ta’riflari:

  1. Mustaqil yaxlit birlik

  2. O’ziga xos mohiyati

  3. O’ziga xos uslublari, instruksiyaliring mavjudligi

O’quv moduli – nisbatan mustaqil, mantiqiy yakunga ega bo’lgan o’quv kursining bo’lagidir. U o’quv-metodik ta’minot, nazariy va amaliy qismlar, topshiriqlar va joriy hamda yakuniy nazoratlar kabi qismlardan iborat. Modulli texnologiyalar mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, ko’nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o’z-o’zini boshqarish va nazorat qilish, o’zlashtirish bo’yicha samarali natijani ta’minlashga qaratilgan eng samarali ta’lim yondashuvlardan biri bo’lib qolmoqda. Modul bu shunday maqsadga yo’naltirilgan bog’lamki, u o’zida o’rganiladigan mazmunni va uni o’zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi6.
Modul” tushunchasiga tegishli bo’lgan xususiyatlar:

  • Mustaqil birlik;

  • Turli xil turdagi o’quv faoliyati integrasiyasi;

  • Uslubiy ta’minot (prezentasiya, eksperimentlagi jihozlar va reaktivlar, qo’shimcha tarqatma materiallar va boshq.);

  • Mustaqil rivojlanish (mustaqil ishlash uchun topshiriqlar. Va o’z – o’zini tekshirish savollar, masalalar);

  • Ta’lim jarayonidagi talabaning mustaqilligi;

  • Nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish;

Modulli o’qitishning mohiyati - ta’lim oluvchi o’ziga taqdim etilgan individual o’quv dasturi asosida mustaqil tayyorgarlik ko’radi. Bu o’quv dasturini bajarish uchun harakatlar rejasi, axborotlar majmuasi, o’qitish natijalariga erishish bo’yicha aniq metodik tavsiyanomalar bo’lishi zarur.
Modulli o’qitishning asosiy talablari jumlasiga quyidagilar kiradi7:

  • har bir modulning mazmuniga barcha materialni o’zlashtirib olish bo’yicha maqsad belgilashni;

  • modul bir va bir necha didaktik maqsadga erishishni ta’minlashga qaratilishi;

  • modullar mazmuni mustaqil fikrlash, mantiqiy o’ylash va amaliy faoliyatga yo’naltirilgan bo’lishi;

  • kasbiy-ijodiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida modulning o’quv materiali mazmuni muammoli tarzda berilishiga erishish shular jumlasidandir.

  • Modulli o’qitishda ta’lim oluvchilarning bilim, malaka, ko’nikmasi qat’iy ravishda nazoratning reyting tizimida baholanishini zaruriyat qilib qo’yadi.

  • Har bir modul bo’yicha tayyorlanadigan o’quv materiallari o’z ichiga o’qish davrini to’liq qamrab olgan modulli dastur, har bir modul bo’yicha nazariy materiallar (ma’ruza), o’quv-uslubiy tarqatma materiallar, har bir modul bo’yicha individual topshiriqlar, o’quv ilmiy adabiyotlar ro’yxati, har bir modul bo’yicha mustaqil ishlar uchun topshiriqlar va har bir modul bo’yicha nazorat topshiriqlarini qamrab oladi8.

  • Talabaning ta’lim olishdagi shaxsiy trayektoriyasi

Modul texnologiya bo’yicha o’qitishi ta’lim standartlar bo’yicha o’qitilishga nisbatan yutug’i:

-O’qitish jarayoni samaraliroq bo’ladi


-Modulda sitemali assesment qo’llaniladi va u baho va darajalardan farqlanadi
-Talabalar modulni ishlab chiqarish jarayonida ham o’rganish mumkin:
-Talabalar majburlash deyarli bo’lmaydi
- Modullar ancha egiluvchan
-Modul qiziquvchan talabalarning saviyasi va qiziqishlarini yanada ham oshiradi: mos
-O’rganuvchilarga va o’rgatuvchilarga katta javobgarligini yuklaydi
-Hozirgi zamon ta’lim makonida modulda maxsus imkoniyatlarga ega.
Kamchiliklari
-Modulli o’qitish o’qituvchidan katta kuch va ko’p vaqtni talab etadi
-Faqat qiziquvchan va (yetuk) talabalar uchun mos
-Kichik auditoriyalarni talab etadi.
-Biologiyaning professional faoliyatida ishtirok etmaydiganlarda amaliy ko’nikmalarni egallash qiyinroq9



Download 54.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling