1 Boshlangich sinflarda matematika oqitishda kompotentsiyaviy yondashuv


Boshlangich sinfda matematika oqitish metodlari.Induksiya deduksiya va analogiya metodlari


Download 312.31 Kb.
bet2/13
Sana19.06.2023
Hajmi312.31 Kb.
#1608204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
12 talik mavzu 7

2 Boshlangich sinfda matematika oqitish metodlari.Induksiya deduksiya va analogiya metodlari

Mavzuning dolzarbligi va ilmiyligi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida boshlang`ich sinf o’quvchilarining matematika darslarida egallashi zarur bo‘lgan nazariy bilimlar va umumiy tushunchalar haqida fikrlar berilgan.
Ishda berilgan metodlar orqali matematika darslari o`qitilgan boshlang`ich sinf o`quvchilarida ilmiy tushunchalar shakllanadi.
Darslarga tayyorlanish jarayonida o`qitishning induktiv, deduktiv kabi usullarini tanlash zaruriyati ham tug`iladi. Keyingi yillarda deduktiv o`qitishga talab va e’tibor kuchaydi. Tafakkurning induktiv usullarini shakllantirmay turib faqat umummehnat xarakteridagi tajribalar orqaligina muvofaqqiyatga erishib bo`lmaydi. Induktiv yoki deduktiv usularni qo`llash o`rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o`tishni tanlashni anglatadi. Shu sababdan bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “Boshlang`ich sinflarda induksiya, deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo‘llari” deb nomladik.
O`rta ta’lim muassasalari shu jumladan, boshlang`ich ta’lim maktablari ham Davlat ta’lim standarti talablarini amalga oshiradilar.
“Ta’lim to`g`risida’’gi Qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek, “Davlat ta’lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir’’.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standarti to`g`risidagi Nizom’’ga binoan boshlang`ich ta’lim bosqichi uchun ham davlat ta’lim standarti talablari va me’yoriy ko`rsatkichlari belgilab qo`yilgan.
Boshlang`ich ta`lim davlat standarti o`quv predmetlari bo`yicha emas, balki ta’lim sohalari bo`yicha belgilanadi. Ta’lim sohalari bo`yicha standart ko`rsatkichlari 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta’lim mazmunining miqdoriga asoslanib aniqlanadi.
Boshlang`ich ta’lim davlat ta’lim standartining qo`llanishi shu bosqichda ta’lim mazmuni ko`lamini chegaralash, ta’lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. Davlat ta’lim standartini qo`llash boshlang`ich ta’lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan yangilash)ni ko`zda tutadi.
Davlat ta’lim standarti boshlang`ich ta’lim jarayoni oldiga qo`yilgan ijtimoiy talabga asoslangan holda o`quvchilar egallashlari lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarga qo`yiladigan talablarni belgilab beradi. Bu esa o`z navbatida, o`quvchilarning egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini baholash me’zonlarini belgilashga imkon beradi. Boshlang`ich ta’lim standartining asosini davlat va jamiyatning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda ayni shu boshlang`ich sinf o`quvchilarida ko`nikma va malaka hosil qilishga qaratilgan ta’lim sohalarining mujassamlashgan parametrlari tashkil qiladi.
Boshlang`ich ta’lim standarti mazkur ta’lim bosqichining har bir ta’lim sohasi uchun belgilangan standart parametrlari, mazkur ta’lim sohasining hozirgi zamon talablariga moslashtirilishi, shu mazmunning tarkibiy qismlari, ta’lim jarayonining vosita va metodlari hamda umumpedagogik, psixologik, texnalogik tizimi va darajasini aniqlab berishga xizmat qiladi. Bunda butun e’tibor boshlang`ich ta’lim berishning maqsadi yuzasidan butunlik, uzviylik, tadrijiylik va to`laqonlilikni saqlab qolishga qaratiladi.
Boshlang`ich ta’lim bosqichiga davlat va jamiyat tomonidan qo`yiladigan talabda ta’lim sohalari bo`yicha o`zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg`unlik to’la ta’minlanmog`i kerak. Shu jihatdan boshlang`ich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibi va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang`ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo`llash imkonini beradi. Quyidagi pedagogik omillar ta’lim jarayonida yangi texnologiyalarni qo`llash uchun asos yarata oladi;
- boshlang`ich ta’lim jarayoniga kiritilgan har bir ta’lim sohasi bo`yicha belgilanadigan ta’lim mazmuniga mos tarzda o`quv materialining tadrijiy tarzda berilishini ta’minlash;
- ta’lim jarayonini ta’lim sohalarining maqsadiga bo`ysundirish va ta’limning sohalararo maqsadlar mutanosibligini ta’minlash;
- har bir ta’lim sohasi bo`yicha boshlang`ich sinf o`quvchilarida hosil bo`ladigan bilim, ko’nikma va malakalarning aniq darajalari hamda ta’lim natijasini baholash me’zoniga qo`yiladigan talablarni boshlang`ich ta’lim standartining asosiy predmetlari bo`yicha ishlab chiqish .
Boshlang`ich ta’lim standarti ta’lim sohalariga qo`yilgan standart ko`rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning me’zon va parametrlarini ta’lim sohalarida belgilab qo`yilgan ta’lim standartining ko`rsatkichlari tashkil etadi. Ta’lim sohalari bo`yicha ta’lim natijasining sifati xuddi mana shu ko`rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o`rinda, belgilab qo`yilgan ko`rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o`lchov birliklarida ifodalanadi.
Boshlang`ich ta’lim davlat ta’lim standarti talablarini amalga oshirish uchun boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini, shu jumladan, masalalarni yechishni o`rgatish metodikasini rivojlantirish va samaradorligini oshirish har doim dolzarb masala bo`lib qolaveradi.
Davlat ta’lim standarti o`quv fani bo`yicha o`quv –metodik majmualarni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o`quv fanlararo bog`lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyillari asosida o`quv fanlarining o`zaro bog`liqligi va fanlararo bog`lanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang`ich matematika fani, bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang`ich bilimlar yagona majmuyini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metadologik tasavvurlarni va fikrlarning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo`naltirilgan bo`ladi.
Matematikada boshlang`ich ta’lim – tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o`qitish nazariyasini o`z ichiga oladi.
Boshlang`ich sinfda bolalarning aqliy rivojlanishiga asos solinishi sababli boshlang`ich sinf o`qituvchisi uchun o`quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasi va imkoniyatlarini bilish hamda hisobga olish muhimdir.
Boshlang`ich ta’lim metodikasi o`qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o`yinlar, mantiq ilmi va matematika nuqtayi nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o`yinlardan foydalaniladi va o`rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Bolalarni 6-7 yoshdan o`qitishning mazmunida muammolar yuzaga keladi. Bu bog`cha - maktablarda o`qitish orqali hal etiladi.
Sanoqni o`ganish, qo`shish va ko`paytirishni birinchi bosqichda o`rgatish boshlang`ich ta’limning asosiy vazifasi bo`lib kelgan. Biroq bu vazifa yagona bo`lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o`ganishga yanada kengroq imkoniyatlar yaratdi. Bolalarni matematikani o`ganishga yanada kengroq ва har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi ikkita asosiy yo`l bilan belgilanadi:
1) pedagogik yo`l, ya’ni bolalar fikrlashini qo`llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash;
2) matematika yo`li, ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni va eng avvalo, natural son hamda geometrik shakl tushunchalarini o`rganishga tayyorlash.
So`ngi yillarda mamalakatimizda maktabda o`qitish, ayniqsa, boshlang`ich ta’lim tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgarishlar amalga oshirildi.
Masalan, 1997-yil 29-avgustdagi “Ta’lim to`g`risida’’gi qonunning 12-moddasi I-IV sinflarni o`qitishga bag`ishlangan. O`zbekiston Respublikasida “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ning 3.3.1-bandi uzluksiz ta’limni rivojlantirishni, I-IV sinflarda o`qitishni tashkil qilishning rejalari ko`rsatilgan.

Download 312.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling