1-boshlovchi: Assalom ey olam, feruza osmon, Aziz ustozlar-u aziz mehmonlar. Kamtarin davrada bugun mehmonsiz, Sizga ehtirom-la egikdir boshlar. 2-boshlovchi
Download 22.05 Kb.
|
14-yanvar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
1-boshlovchi: Assalom ey olam, feruza osmon, Aziz ustozlar-u aziz mehmonlar. Kamtarin davrada bugun mehmonsiz, Sizga ehtirom-la egikdir boshlar. 2-boshlovchi: Assalom azizlar, do’st-u yoronlar Ma’rifat ziyosin nurga taratgan. Oltin boshingizda Humo qush ko’rdik, Ulug’ anjumanda sizni hush ko’rdik. 1-boshlovchi: Assalomu aleykum aziz va muhtarama ustozlar,hurmatli universitetimiz talabalari. Sizlarmi bugungi “Mardlar qo’riqlaydi Vatanni” mavzusidagi adabiy-badiiy kechamizda ko’rib turganimizdan benihoya xursandmiz. Xush kelibsizlar! 2-boshlovchi: 1992-yil 14-yanvarida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O’zbekiston Respublikasi hududidagi joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida”gi qarori asosida O’zbekistonning o’z Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29-dekabrdagi “ Vatan himoyachilari kunini belgilash to’g’risida”gi qonuniga binoan, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. 1-boshlovchi: Mustaqillik yillari yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan harbiy islohotlar jarayonida qisqa muddat ichida O’zbekistonda mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir bo’lgan zamonaviy, eng yangi qurol-yarog’lar va harbiy texnika bilan ta’minlangan mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi. 2-boshlovchi: Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida shakllangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning Vatanga bo’lgan muhabbati va yurtga bo’lgan sadoqati mujassamdir. Biz milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. 1-boshlovchi: Bugungi qutlug’ ayyom bilan tabriklash uchun ilk tabrik so’zini ________________________________________________ ga beramiz. Marhamat ustoz. (Davlat madhiyasi yangraydi) 1-boshlovchi: Ko’pchilik harbiy bo’lishni orzu qiladi. Ular, albatta, jismonan chiniqqan, baquvvat bo’lishlari shart. Buning uchun yigitlar yoshlikdan sport bilan shug’ullanishlari lozim. Download 22.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling