1-boshlovchi.
Assalomu alaykum,ey nuri ziyolarim,
Alpomish,Barchinoy-u,Rustam-u dostonlarim.
Yurtimning kelajagi,ey bag'ri osmonlarim.
Davralarda o'zbekcha so'zligingiz muborak,
O'zbekona lutfingiz,o'zligingiz muborak.
2-boshlovchi.
Shukrona aytamiz, qutlug' kunlarga,
Ma'no-yu mazmunga to'liq kunlarga.
Farovon,nurafshon ulug' kunlarga
Ey ozod diyorim,O'zbekistonim!
Ey obod diyorim,O'zbekistonim!
1-boshlovchi._Assalomu_alaykum,aziz_ustozlar!Hurmatli_tengdoshlar,maktabdoshlar_2-boshlovchi.'>1-boshlovchi.
Assalomu alaykum,aziz ustozlar!Hurmatli tengdoshlar,maktabdoshlar
2-boshlovchi.
Assalomu alaykum,tadbirimizni tomosha qilgani tashrif buyurgan mehmonlar!
1-boshlovchi.
Ayolini asragan,ulug'lagan xalq-buyuk xalq.Ayollari baxtli elning farzandlari esa barkamol,kelajagi nurafshondir.
2-boshlovchi.
O'zingiz umrning avvali-boshi
Farzandlar qalbining porloq quyoshi
Jannat chamanining mohir naqqoshi
Yolg'iz siz o'zingiz,aziz ayollar!
1-boshlovchi.
Bahor asli sizning ko'nglingizdadur,
Sadoqat va vafo yo'lingizdadur.
Dunyoning beshigi qo'lingizdadur,
O'zingiz azizsiz,aziz ayollar.
2-boshlovchi.
Biz bejizga so'zimizni ayollar ta'rifidan boshlamadik."Nafa-qat o'z she'rlari,balki butun hayoti bilan o'zbek ayolining ma'naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qa-
toriga qo'shgan bo'lardim.Uning jahon minbarlaridan yangragan she'rlari Sharq ayolining aql-u zakosi,fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she'riyat muxlislariga odamiylik,muhabbat va sadoqatdan saboq bergan,desak,mubolag'a bo'lmaydi"degan edi hurmatli Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov
1-boshlovchi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 31-oktabrdagi "O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini
nishonlash to'g'risida" gi qarorini xalqimiz,keng jamoatchilik ayol zotiga,adabiyotimiz hamda ajdodlarimizga
yuksak ehtirom namunasi sifatida kutib oldi.
2-boshlovchi.
Bugun mamlakatimiz ahli har bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishni an'anaga aylantirdi.Shoira kitoblarini yurtimizdagi ko'plab oilaviy kutubxonalar javonida ko'rish mumkin.Prezidentimizning 1999-yil 10-iyundagi qaroridan so'ng har yili yurtimizdagi iste'dodli qizlardan bir guruhi
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanmoqda.
1-boshlovchi.
Bizning maktabimizda ham o'zining a'lo o'qishlari,ijodkorligi,iste'dod va qobiliyatlari bilan Zulfiyaxonim qizlaridan qolishmaydigan o'quvchi qizlarimiz
ta'lim oladilar.Zulfiya,tavalludining 100 yilligiga bag'ishlab
mana shu qizlarimiz o'rtasida belllashuv tashkil etganmiz.
2-boshlovchi.
Bellashuvimiz shartlari bilan tanishtirib o'tamiz.Birinchi shart-tanishtiruv sharti bo'lib,bu shartda qizlarimiz o'z jamoalarini tanishtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |