1-boshlovchi: Salqin saharlarda bodom gulida
Download 17.25 Kb.
|
SSENARIY
1-boshlovchi: Salqin saharlarda bodom gulida Binafsha labida qirlarda bahor. Qushlarning ovozi, yellarning nozi, Baxmal vodiylarda qirlarda bahor. 2-boshlovchi: Yana bahor keldi yana olamga, Ajib bir go`zallik ajib bir bayot. Men seni qutlayman shu ulug` damda Ulug` yelkadoshim muzaffar hayot. -Assalomu alaykum qalbi qaynoq mehri buloq, so`zlari dur bo`lgan o`qituvchi, ustozlar va bilimga chanqoq o`quvchi yoshlar. 1-boshlovchi: Qish qahratonidan bezillagan qalblar-u, go`zallikka tashna ko`zlar , mag`rur qorli tog`lar boshidan sizayotgan sho`x jilg`alar, ko`ngillar torini betakror ifori ila mayin chertayotgan pushtirang bodom gullari, moviy osmon-u undagi qatot-qator turnalarning mahzun nolalari zumrad bahordan darak bermoqda. 2-boshlovchi: Ha, bahor uyg`onish, yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavq-u shavqqa oshufta bo`ladi. Bahor bayramlar, shodiyonalar fasli. 1-boshlovchi: Ajib nafosatda uyg`ondi olam, Tabiat labida xandon tabassum. Yam-yashil qirlarda Navro`z jilvasi, Go`dak kulgusidek quvnoq va mas`um. 2-boshlovchi: Jilg`alar qiqirlar, toydek irg`ishlar. Boshin ko`taradi maysalar hayron. Ajib bir chiroyni baxsh etmish olam Bu kun o`lkamizda Navro`z hukmron. 1-boshlovchi: Hayotimizning go`zal onlarini bahor fasliga qiyos etamiz. Negaki, bahor ham yoshlik, ham go`zallik timsoli. Ko`hna maskan, ko`hna bir diyor, Nafosatda tengi yo`q saroy. Unda hamon yashar bir ruxsor, Seplari mo`l fusunkor bahor. 2-boshlovchi: Bahor yangilanish, yasharish fasli, o`lkam bo`ylab qanot qoq. Sening tashrifing, qalblarda, dillarda bir olam orzularni olib kelsin. Bahor bir sen, quvonch bir sen, Qalbim ruhi tashrifisan sen. Qiyosingdir g`uncha misoli Haroratdir o`tli visoli. 1-boshlovchi: Bugun baxtdan sarmast chehralarda, shukronalik duolarida, sho`x-shodon yallalarda Navro`z shukuhi. Bugun butun dunyoda go`zal va betakror bo`lgan milliy bayramimiz Navro`z keng va tantanali nishonlanayotgan bir paytda maktabimizda ham bu tadbirning debochasi sifatida “Har tuning qadr o`libon, har kuning o`lsin Navro`z” deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e`lon qilamiz. 1-boshlovchi: Yana tenglashibdi kecha va kunduz, Ko`kda nur taratar yarqirab yulduz. Lablarda tabassum, aytib shirin so`z Assalom yangi kun, assalom Navro`z! Yurtimizga biz orziqib kutgan borliqdagi uyg`onish va yangilanish timsoli bo`lgan Navro`zi olam kirib keldi. Bu betakror ayyomni har bir xonadon, har bir oilada bag`rimizni keng ochib “Xush kelibsan o`lkamga Navro`zi olam, qadaming qutlug` bo`lsin, yurtimizga tinchlik-omonlik olib kel” deb qarshi olish azaliy odatimizga aylanib qolgan. Navro`z ayyomi bilan qutlash uchun so`z navbatini maktabimiz MMIBDO` Yodgorova O.S.ga beramiz. 2-boshlovchi: Shu an`anaga sodiq qolgan holda TEXNIKUM o`qituvchi va o`quvchilari bugungi tadbirda milly urf-odatlarimizga bir nazar solish maqsadida kuy-raqs, qo`shiq,milliy laparlar, milliy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi dastur tayyorlaganlar. Bu dasturimizda o`quvchilarimiz o`rtasida milly taomlar va sahna ko`rinishlari bo`yicha bellashuvlar o`tkaziladi. Bu bellashuvni baholab boradigan hakamlar bilan tanishing. 1-boshlovchi: Bahorning ko`klami sozi muborak, Qirlarning chiroyi nozi muborak. Yangi kun, yangi yil, yangi tilaklar, Olib kirgan Navro`zi olam muborak. 1-boshlovchi: Navro`z kelsa sumanbar malak, Ikki qo`llab tutar sumalak. 2-boshlovchi: -Navro`z yashnash, yasharish bayrami tabiatning uyg`onishi bilan bog`liq yangi kunning boshlanishidir. 1-boshlovchi: Qirlarning to`shida eriyotir qor, Termulib qor kabi eriydir ko`zim, Horimay, sog`-omon keldingmi, bahor. Keldingmi, qadami qutlug` Navro`zim! Navro`zoy kirib keladi. 1-boshlovchi: Bokiralik timsoli bahor, Bu go`zallik, yasharish asli. Tuhfa etar qalbga beg`ubor, Sog`inchlarni muhabbat fasli. 2-boshlovchi: Quyosh tegrasida aylanib falak Tabiat bezanib, misli kelinchak Bugun yuz ochibdi turfa xil chechak. Assalom yangi kun, Assalom Navro`z! 1-boshlovchi: Atlas kiygan qizlar ko`zga ko`rinar go`zal, Go`yo atlas yaxshi kuyday e`zozda azal. Navbatni adrasu atlaslar makoni Marg`ilon joylashgan Andijon milliy ohanglari 1-boshlovchi: Navro`z bilan keladi shodlik, Navro`z bilan elda obodlik. Navro`z kelsa gullaydi bog`lar. Navro`z kelgach yashnaydi tog`lar. Endi yigit-qizlar aytishuviga navbat beramiz. 2-boshlovchi: Milliy taomlar va chiqishlarni baholash uchun so`z navbatini hakamlar hay`ati a`zolariga beramiz. 1-boshlovchi: Marhamat, hakamlar hay`ati a`zosiga beramiz 2-boshlovchi: Kelinglar azizlar, har birimiz xalqimizni eng go`zal va eng ulug` ayyomi Navro`zi olam bilan qutlab, dasturimizga yakun yasaylik. 1-boshlovchi: Poyi qadamlari, qutlug` mehmonim. Navro`zing muborak, O`zbekistonim! ************************************** Download 17.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling