1-бошловчи
Download 159 Kb.
|
Amir Temur ssenariylar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
2-boshlobchi: Ulug` Amir Temur tengsiz kurashlar, o`tkir aql va tadbirkorlik bilan tiklagan saltanatini adolat bilan boshqarishga hamda imkon boricha ezgu ishlar qilishga hamisha intilganlar.
Amir Temur: .... Bolalarim, unutmangki, davlat ishida, Har qanday yumushning ham o`z o`rni bordir. Minglab xufya xizmat qilar bizga, masalan, Ammo ular tanishmagay bir-birlarini. Xabarlarni shoshilmasdan tinglab, o`rganib, Barchasidan chiqargaymiz zarur xulosa. Yurish qilish lozim bo`lsa yiroq ellarga, Tadorigin ko`rmoq kerak uch-to`rt yil avval. Siz, chunonchi, sarhadlarda yaylov tayyorlang, Yilqilarni ko`paytiring o`sha joylarda. Toki sizning horg`in otlar yetib borgan payt, Tulpor bo`lib, kishnab tursin minglab toychoqlar. Yov qo`shinin tahlikaga solmoqlik uchun, Tunda uning atrofiga gulxanlar yoqing. Necha yuzlab miltillagan cho`g`larni ko`rgach, Yog`iy sizning lashkarlarni ko`p deb o`ylagay. Shabxun deya ataladi tungi hujumlar, To`rtta otning biqiniga shox-shabbalardan, Oddiygina supurgini bog`lab qo`ysangiz- Chunon to`zon ko`tarilgay, deysiz qiyomat! O`rni kelsa to`rt suvoriy ming otliqning, Vahimasin yaratadi qiyqiriq bilan. Bayrog`ingiz egilmasin maydonda sira, Jangda yolg`iz qolsang ham bayroq tik bo`lsin. Hujum qilish arafasi: “Allohu akbar!”-deb, Nido aylang, Parvardigor kuch ato etgay. “Suring!”-degan na`ra esa bosqinga da`vat, Bizning oddiy: “Ur-ho-ur”dan yov juda qo`rqar. Endi jahon yaxshi bilar qudratimizni, Pinhon joyi qolmagandir hiylalarning ham. Biroq Temur firiblarin adog`i yo`qdir, Endi ruxsat, mashvaratning mehmonlariga.... Sahna ko`rinishi tugagach maktabning eng bilimdon o`quvchilari o`rtasida “Intellektual ring” o`yini o`tkazildi. Unda 11 nafar o`quvchi ishtirok etadi.Savollar boshlovchi tomonidan beriladi. O`yin oxirigacha to`g`ri javob bergan o`quvchi g`olib hisoblanadi. 1-boshlovchi: Amir Temur hamisha el g`amini o`ylab, yovlar oyog`i ostida toptalgan o`lkani dunyoning eng qudratli saltanatiga aylantirgan edi. Keling aziz do`stlar, barchamiz yakdil bo`lib, halol nehnatimiz, aqlu zakovatimiz, Vatanga muhabbatimiz bilan O`zbekistonni jahon havas qiladigan buyuk davlatga aylantirishga xizmat qilaylik. 2-boshlovchi: Jahonga Amir Temurdek buyuk dahoni bergan xalq mangu yashasin, baxtu saodati ziyoda bo`lsin. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi Download 159 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling